Safarov Ulugbek Bobomuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi  haqida e’lon

I. Umumiy  ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artritni erta tashxislashda nurli vizualizatsiya usullarining axamiyati» 14.00.05–Ichki kasalliklar va 14.00.19-Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD.Tib.1330.
Ilmiy rahbalari: Toirov Erkin Sanatovich, tibbiyot fanlari doktori; Axmedov Ya.O., tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Nurboev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).    Xodjibaeva Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Tojikiston davlat tibbiyot universiteti  Abu Ali Ibn Sino nomidagi (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik-immunologik va nurli diagnostika usullarini solishtirma o‘rganish asosida revmatoid artritning erta tashxislash usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erta revmatoid artrit bemorlarda rivojlangan RA ga qaraganda qo‘l panja bo‘g‘imlarining artralgiyasi, ertalabki bo‘g‘im qotishlarining qisqa davomiyligi, faollashgan B-limfotsitlar, IL-2, IL-6, IL-10, TNF-α subpopulyasiyalarining qonida ko‘payishi, CD3, CD4 va revmatoid omilning qondagi past darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
klinik va laboratoriya faoliyati ko‘rsatkichlari (HAQ, DAS28, SRO), shuningdek, 12 oylik kuzatuvdan so‘ng eroziya soni, distruktiv o‘zgarishlar bilan faollashtirilgan T-limfotsitlar, IL-1β, IL-6, TNF-α, revmatoid omil va antitanalarning siklik sitrullin peptidli antitanalari o‘rtasidagi munosabatlar o‘rnatilib,  natijada RA kechishining progressiv prognostik omillarni aniqlash  imkoni  mavjudligi  isbotlangan.
revmatoid artrit juda erta va erta boskichi bilan og‘rigan bemorlarning qonida IL-6, TNF-α, revmatoid omil, antikeratin antitanalari va siklik sitrullin peptidli antitanalarning kech faollashuv belgilarining subpopulyasiyasi darajasining oshishi; nurli tekshirish usullari yordamida eroziv artrit, suyak iligi shishi, tenosinovit va sinovial membrananing gipervaskulyarizatsiyasi rivojlanishi aniqlangan.
 juda erta va erta revmatoid artritni tashxislash uchun ishlab chiqilgan algoritm yuqori sezuvchanlik va differensiallashmagan artrit bilan og‘rigan bemorlarda erta revmatoid artritni tekshirish uchun o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining  2023 yil 16 martdagi 23-Z/005-son xulosasiga ko‘ra:
erta revmatoid artrit bilan kasallangan bo‘g‘imlarda  yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlarning yallig‘lanish jarayoni va davomiyligini farqlash mezonlaridan foydalanish, yallig‘lanish jarayonining generalizatsiyalanishining rivojlanishini tashhislash va erta revmatoid artritni davolash usulini aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.06.2020 yildagi hamda Navoiy shahar 1-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 12.07.2021 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy  etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan baholashning takomillashtirilgan usulidan foydalanish, erta revmatoid artirit bilan kasallangan  bemorlarni tashxislash va davolash sifati  yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jarohat infeksiyasi tajribaviy modellari bo‘lgan erta revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlarning yallig‘lanish jarayoni va davomiyligini farqlash mezonlaridan foydalanish, bemorlarni davolash amaliyotida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yallig‘lanish jarayonining generalizatsiyalanishining rivojlanishini tashhislash va erta revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarni davolash usulini optimallashtirish orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarini 675 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: revmatoid omillari  bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlarning yallig‘lanish jarayoni va davomiyligini farqlash mezonlarini ishlab chiqilishining bemorlarni davolash amaliyotiga joriy etilishi erta revmatoid artritni davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldindan bashoratlash hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 675 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 370 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
revmatoid artrit kasalligi erta bosqichlariida nurli diagnostika usullari ul`tratovush va magnitli rezonans tomografiyaning ustuvor tomonlarini isbotlashga,kasallikda bo‘g‘im asoratlarini oldini olishga va erta  bosqichlaridanoq kasallikni samarali davolash orqali bemor xayot sifatini yaxshilashga imkon berganligi bilan isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.06.2020 yildagi hamda Navoiy shahar 1-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 12.07.2021 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy  etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: revmatoid artrit  bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan bo‘g‘imlarni davolash natijalarini baholashning ishlab chiqilgan usuli. Davolash natijalarini hamda patologik jarayonning kechishini obektiv lashtirishi, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni mahalliy davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini  bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan bo‘g‘im patalogiyasini davolash natijalarini baholashning ishlab chiqilgan usuli davolash natijalarini hamda patologik jarayonning kechishini obektivlashtirishi usuli: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqar tirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 510 ming so‘mgacha kamaytirgan (NVKTTMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170.000 so‘mni tashkil qiladi);shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha140 000 so‘m dorivositalari sarflanadi); Xulosa: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan bo‘g‘imlarni davolash natijalarini baholashning ishlab chiqilgan usuli  davolash natijalarini hamda patologik jarayonning kechishini obektivlashtirishining taklif qilingan usuli, bemorlarning nisbatan yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini oshirish, qoniqarsiz davolash natijalarini kamaytirish va kasallikning hayotga xavf tug‘diradigan asoratlarining rivojlanishini oldini olish imkonini bergan.
revmatoid artrit kasalligi erta bosqichlariida nurli diagnostika usullari ul`tratovush va magnitli rezonans tomografiyadagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda yangi yo‘naltirilgan yondashuvlar orqali bo‘g‘im zararlanishlarini erta tashxislashga imkon beruvchi usullarni ishlab chiqish, shuningdek revmatoid artritda  kasallik kechishishni erta davrlarda bashoratlash bilan aniqlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p  tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.06.2020 yildagi hamda Navoiy shahar 1-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 12.07.2021 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy  etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi bilan asoratlangan jarohat jarayonining bosqichini tashhislash uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan usulni qo‘llanilishi jarohat jarayonining bosqichini tashhislash, jarohat tomonidan rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida davolashning ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 510 ming so‘mgacha kamaytirgan (NVKTTMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170.000so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 140 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davolanish davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan poliklinikada) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi bilan asoratlangan jarohat jarayonining bosqichini tashhislash uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan usulining amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 675 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 370 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
revmatoid artrit kasalligi erta bosqichlariida nurli diagnostika usullari UTT va MRT dagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda yangi yo‘naltirilgan yondashuvlar orqali bo‘g‘im zararlanishlarini erta tashxislashga imkon beruvchi usullarni ishlab chiqish,shuningdek revmatoid artritda  kasallik kechishishini erta davrlarda bashoratlash bilan aniqlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.06.2020 yildagi hamda Navoiy shahar 1-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 12.07.2021 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy  etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi bilan asoratlangan jarohat jarayonining bosqichini tashhislash uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan usulni qo‘llanilishi jarohat jarayonining bosqichini tashhislash, jarohat tomonidan rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan, bu o‘znavbatida davolashning ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga yondashib o‘tkazilgan tahlillar natijalari, tadqiqotlarning sezgirligi va spesifikligi mezonlarini asoslab bergan, bu o‘z navbatida operatsiyadan keyingi asoratlarni bashorat qilishda yanada samarali natijadorlikka erishishga ko‘maklashgan. Mahalliy davolashning takomillashtirilgan usuli asosida ishlab chiqilgan algoritmning amaliyotda qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilash imkonini berib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 675 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 370 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi bilan asoratlangan jarohatini infeksiyasini mahalliy davolash uchun ishlab chiqilgan yangi davolash-tashhisot algoritmidan foydalanish yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini mos ravishda 20,5% va 35,8% ga oshirish imkonini bergan. Shuningdek, qoniqarsiz davolanish natijalari kuzatilgan holatlar soni 28,1% ga kamaydi va bemorlarning asosiy guruhida o‘limga olib keladigan holatlarni oldi olingan. Safarov Ulug‘bek Bobomuratovichning «Revmatoid artritni erta tashxislashda nurli vizualizatsiya usullarining ahamiyati » mavzusida dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 yil 29 maydagi  №23-z/029-sonli xulosasi taqdim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 126 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 84,2 mln. so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 43,4 mln. so‘m iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish