Babaxanova Aziza Muratdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bachadon homila yo‘ldosh tizimining og‘ir buzilishlari bilan asoratlangan gipertenziv holatlar kuzatilgan homiladorlarni olib borish rejasini ishlab chiqish”, 14.00.01 – Akusherlik  va  ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1115.
Ilmiy rahbar: Yusupbaev Rustam Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Usman Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Asrankulova Dilorom Baxtiyarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot hodimlarining kasbiy  malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali arterial gipertenziya kuzatilgan homilador ayollarda bachadon-homila qon oqimining og‘ir buzilishlarida homila shuntlarining holatiga qarab akusherlik taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali arterial   gipertenziya fonida bachadon-yo‘ldosh-homila  qon aylanishining og‘ir buzilishlari bilan asoratlangan homilador ayollarda prognostik ahamiyatga ega homila venoz kanali va yurak  chap qorinchasi izovolyumik relaksatsiya vaqti asosida, homiladorlikni olib borish taktikasi va optimal tug‘ruq vaqtlari aniqlangan;
surunkali arterial gipertenziya  fonida homilador ayollarda bachadon-yo‘ldosh-homila qon  aylanishi buzilishining rivojlanishi va zo‘rayishida  venoz kanal, homila yurak chap qorinchasining izovolyumik relaksatsiya vaqti bilan kompleks holatda KTG ning yukori 85% o‘ziga xosligi va sezuvchanligi aniqlangan;
ilk bor surunkali arterial gipertenziya kuzatilgan  homilador ayollarni olib borishda homilaning zahiraviy imkoniyatlarini nazorat qilish va homila uchun xavfli holatlarni o‘z vaqtida tashxislash imkoniyatini ko‘rsatuvchi venoz kanal buzilishining turlari va bosqichlari aniqlangan;
bachadon-yo‘ldosh-homila qon aylanish tizimi III darajasi buzilishlari bilan asoratlangan homiladorlarda fetal shuntlar funksional holatini baholash orqali homiladorlikni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 2 iyundagi 8-son xulosasiga ko‘ra:
homilaning  doppler ko‘rsatkichlarini (fetometriya, platsentometriya, kindik tomirlari, venoz kanal, homila yurak chap qorinchasining izovolyumik relaksatsiya vaqti) batafsilroq o‘rganish surunkali arterial gipertenziya va preeklampsiya kuzatilgan homilador ayollarda tug‘ruq muddatini aniqlashda mumkin bo‘lgan qo‘shimcha mezonlarni aniqlashga yordam beradi, bu esa homiladorlik muddatini maksimal 18 kungacha uzaytirish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2020 y.; № 8n-r/256) bilan markaz, Toshkent viloyati Qibray TTB va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus TTB klinik shifoxonalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • taklif etilgan algoritmdan foydalanish davolash va tekshiruv usullari  vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; • surunkali arterial gipertenziya va preeklampsiya kuzatilgan homilador ayollarni olib borishda xar bir holatga aloxida yondoshuv keyingi reabilitatsiya sifatini oshiradi; • perinatal asoratlar va o‘lim sonini kamaytirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Homiladorlik davrida arterial gipertenziya kuzatilishi bachadon-yo‘ldosh-homila   qon aylanishining og‘ir buzilishlari va homila o‘sishining sekinlashish sindromlari bilan asoratlanganda  ambulator sharoitda olib borish xisobiga iqtisod qilingan; homiladorlikni o‘rtacha 18 kunga ambulator sharoitda cho‘zish imkonini bergan va kasalxonaga yotmaslik hisobiga iqtisod qilingan: shifoxonada 1 kun qolish to‘lov miqdori – 223 500 so‘m; (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 4 023 000 so‘mni tashkil qildi); Xulosa: Bachadon-yo‘ldosh-homila qon aylanish tizimi III darajasi buzilishlari bilan asoratlangan homiladorlarda fetal shuntlar funksional holatini baholash orqali homiladorlikni olib borish algoritmidan foydalanishda bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 8 046 000 so‘mga va  byudjetdan tashqari mablag‘larni 4 023 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bachadon homila yo‘ldosh tizimining og‘ir buzilishlari bilan asoratlangan gipertenziv xolatlar kuzatilgan homiladorlarni olib borish rejasini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha “RIAGIATM” DM direktori tomonidan 2023 yil 17 apreldagi 01-06/345-son xat yuborilgan.  
surunkali arterial gipertenziya fonida homilada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishda  erta tug‘dirish xolati uchun ishlab chiqilgan usulning sezgirligi 85%, o‘ziga xosligi 56%ni tashkil etadi va homilaning zahiraviy imkoniyatlarini nazorat qilish va homila uchun xavfli sharoitlarni o‘z vaqtida tashxislash imkonini beradi, bu esa doimiy dopplerometriya tekshiruvlari sonini kamaytiradi va homilaning bachadonda etilish muddatlarini uzaytirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2020 y.; № 8n-r/256) bilan markaz, Toshkent viloyati Qibray TTB va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus TTB klinik shifoxonalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • homilaning homila-yo‘ldosh etishmovchiligi rivojlanishida homiladorlikni uzaytirish va akusherlik taktikasi uchun muhim bo‘lgan davolash va tekshiruv usullari  vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; • erta tug‘ilgan chaqaloqlarda keyingi reabilitatsiya sifatini oshiradi; • perinatal asoratlar va o‘lim sonini kamaytirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bachadon-yo‘ldosh-homila qon  aylanishi buzilishining og‘ir darajalari bilan asoratlangan homiladorlikda homilador ayollarni nazorat qilish dopplerometriya va KTG ko‘rsatkichlari bog‘liq holda amalga oshirilgan va homilaning etilishi imkoni oshgan. Shifoxonada qolgan davrda protokol asosida har kuni UTT va KTG tekshiri o‘tkazilishi kerak, bemorlarni ambulator sharoitda olib borilganida, ishlab chiqilgan markerlar asosida 3 kunda bir marta bu tekshiruv usullarini amalga oshirish natijasida iqtisod qilgan; shifoxonada 1 kun UTT va KTG tekshiruvlari uchun - 338 500 so‘m; (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 1 354 000 so‘mni tashkil qildi); Xulosa:  surunkali arterial   gipertenziya fonida bachadon-yo‘ldosh-homila  qon aylanishining og‘ir buzilishlari bilan asoratlangan homilador ayollarda prognostik ahamiyatga ega diagnostik markerlar asosida homiladorlikni olib borishda bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 690 000 so‘mga va  byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 354 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bachadon homila yo‘ldosh tizimining og‘ir buzilishlari bilan asoratlangan gipertenziv xolatlar kuzatilgan homiladorlarni olib borish rejasini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha “RIAGIATM” DM direktori tomonidan 2023 yil 17 apreldagi 01-06/345-son xat yuborilgan.  
bachadon yo‘ldosh homila qon aylanish tizimi III darajasi buzilishi bo‘lgan surunkali arterial gipertenziya kuzatilgan homilador ayolda homilaning fetal shunt ya’ni venoz kanalini o‘rganishda dinamik o‘zgarishlar aniqlandi, ulardan 1 turdagi venoz kanal aniqlanganda, homiladorlik muddatlari o‘rtacha 18 kungacha (14±3,1 kun), 2-tur venoz kanal aniqlangan homiladorlarda o‘rtacha 8 kungacha (5±2,3kun), 3-tur venoz kanal bilan homiladorlarda tug‘ruqqa tayyorlash bilan bir kungacha (1±0,3 kun) uzaytirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2020 y.; № 8n-r/256) bilan markaz, Toshkent viloyati Qibray TTB va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus TTB klinik shifoxonalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • bachadon yo‘ldosh homila qon aylanish tizimi og‘ir buzilishi bo‘lgan surunkali arterial gipertenziya kuzatilgan homilador ayollarda homiladorlikni optimal muddatgacha uzaytirishga yordam beradi; • perinatal kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytiradi; • homilaning zahiraviy imkoniyatlarini nazorat qilish va homila uchun xavfli sharoitlarni o‘z vaqtida tashxislash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kasalxonadan tashqari ambulator sharoitda bachadon-yo‘ldosh-homila qon aylanishining 3 darajali buzilishi kuzatilga homiladorlikni olib borishda harajatlar quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi. Tadqiqotga kiritilgan bachadon-yo‘ldosh-homila qon aylanishining 3 darajali buzilishi kuzatilganda tug‘ruq vaqtigacha, har bitta homilador ayol o‘rtacha 2 marotaba UTT, 4 marotaba homila dopplerometriya tekshiruvidan o‘tkazilgan va quydagicha iqtisod qilingan: UTT – 117 200 qayta ko‘rik vaqtida homila dopplerometriyasi  – 59 800 so‘m; (umumiy iqtisodiy samaradorlik bir nafar bemor uchun 472 000 so‘m tashkil qildi); Xulosa: bachadon-yo‘ldosh-homila qon aylanish tizimi III darajasi buzilishlari bilan asoratlangan homiladorlarda fetal shuntlar funksional holatini baholash orqali bir nafar bemor  hisobiga byudjet mablag‘larini 472 000 so‘mga va  byudjetdan tashqari mablag‘larni 960 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bachadon homila yo‘ldosh tizimining og‘ir buzilishlari bilan asoratlangan gipertenziv xolatlar kuzatilgan homiladorlarni olib borish rejasini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha “RIAGIATM” DM direktori tomonidan 2023 yil 17 apreldagi 01-06/345-son xat yuborilgan.  
homilaning  doppler ko‘rsatkichlarini (fetometriya, platsentometriya, kindik tomirlari, venoz kanal, homila yurak chap qorinchasining izovolyumik relaksatsiya vaqti) batafsilroq o‘rganish surunkali arterial gipertenziya va preeklampsiya kuzatilgan homilador ayollarda tug‘ruq muddatini aniqlashda mumkin bo‘lgan qo‘shimcha mezonlarni aniqlashga yordam beradi; homiladorlik davrining o‘rtacha 14±4,1 kunga uzaytirilishiga va perinatal asoratlarning 29,5%, shuningdek birinchi 6 sutka ichida chaqaloqlar o‘limini 3,3 barobar kamayishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2020 y.; № 8n-r/256) bilan markaz, Toshkent viloyati Qibray TTB va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus TTB klinik shifoxonalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • bachadon-yo‘ldosh-homila qon aylanish tizimi III darajasi buzilishlari bilan asoratlangan homiladorlarda tug‘ruq muddatini aniqlashga yordam beradi; • homiladorlik muddatini uzaytirishga va chaqaloqlar o‘limini kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali arterial gipertenziya fonida bachadon-yo‘ldosh-homila qon  aylanishi buzilishining og‘ir darajalari bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash bo‘limida shifoxonada qolish muddatini 22,3 kundan 12,3 kunga (10 kun) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 11 450 000 ming so‘mga kamaytirganligi hisobiga iqtisod qilingan (RIAGIATM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash bo‘limi  1 kun qolish 1 145 000so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon 15 000 000 so‘mga kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 1 500 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: surunkali arterial gipertenziya kuzatilgan  homilador ayollarni olib borishda homilaning zahiraviy imkoniyatlarini nazorat qilish va homila uchun xavfli holatlarni o‘z vaqtida tashxislash va amaliyotda qo‘llanilishida bir nafar chaqaloq hisobiga byudjet mablag‘larini 2 290 000 so‘mga va  byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 145 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bachadon homila yo‘ldosh tizimining og‘ir buzilishlari bilan asoratlangan gipertenziv holatlar kuzatilgan homiladorlarni olib borish rejasini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “RIAGIATM” DM direktori tomonidan 2023 yil 17 apreldagi 01-06/345-son xat yuborilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish