Maksudova Muxayyo Mansurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Katta reproduktiv yoshdagi ayollarning EKU/ICSI jarayonidagi tuxumdon stimulyasiyasi», 14.00.01 – Akusherlik  va  ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib458.
Ilmiy rahbar: Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Niyazmetov Raxmatulla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: EKU/ICSI bayonnomalarida katta reproduktiv yoshdagi ayollarda tuxumdonlarni stimulyasiya qilish usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor katta reproduktiv yoshdagi ayollarda peshob gonadotropinlaridan foydalangan holda IVF/ICSI bayonnomalari rekombinant follikula stimullovchi gormon bilan taqqoslanganda ootsitlar rivojlanishining yuqori dinamikasi isbotlangan;
ilk bor katta reproduktiv yoshdagi ayollarda peshob gonadotropinlaridan foydalangan holda IVF/ICSI bayonnomalari embrion rivojlanishining 5 kunida bachadon bo‘shlig‘iga o‘tkazilishining yuqori darajasi, «morula» va «blastotsist» bosqichlarida kriokonservatsiya darajasi bilan tavsiflanganligi isbotlangan.
katta reproduktiv yoshdagi ayollarda IVF natijalari tubektomiya o‘tkazishdan oldin dastlabki ootsitlarni olish orqali sezilarli darajada oshishi, tubektomiyadan so‘ng ovarial zaxiraning jadal pasayishi, IVF/ICSI bayonnomalarida homiladorlik darajasi tuxumdonlar etishmovchiligi, surunkali salpingooforit va klomifen rezistentligi bo‘lmagan taqdirda ortishi ilk maratoba isbotlangan.
katta reproduktiv yoshdagi ayollarni tekshirishda IVF/IVF+ICSI bayonnomasi samaradorligini ballik baholash jadvali ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra 3 ballgacha bo‘lsa – xomiladorlik bo‘lish ehtimoli manfiy, 4 dan 6 ballgacha bo‘lsa – xomiladorlik bo‘lish extimoli o‘rtacha, 7-9 ball bo‘lsa – xomiladorlik bo‘lish extimoli yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 2 iyundagi 8-son xulosasiga ko‘ra:
katta reproduktiv yoshdagi ayollarda IVF/ICSI tuxumdon stimulyasiyasini peshob gonadotropinlari bilan amalga oshirish ootsitlar rivojlanishini yuqori darajada faollashuviga olib kelib, ko‘p miqdorda sifatli ootsitlar olishning imkonini yaratdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: katta reproduktiv yoshdagi ayollarning EKU/ICSI jarayonidagi tuxumdon stimulyasiyasini takomillashtirish natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxridagi «Sentr zdorov`ya jenshhin Laylon» va «Doctor DI» ihtisoslashtirilgan klinikalarida qo‘llanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 08-41744-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tuxumdonlarni stimulyasiya qilish davomiyligini 9,3±0,2 kundan 8,6±0,3 kungacha qisqartirdi; ootsitlar rivojlanishini yuqori darajada faollashuviga olib keldi; ko‘p miqdorda sifatli ootsitlar olish imkoniyatini berdi; qolgan ootsitlardan qayta foydalanish imkonini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: siydik gonadotropinlarini katta reproduktiv yoshdagi ayollarda tuxumdonlarni stimulyasiyasida foydalanish xisobiga 1 nafar ayol uchun sarf xarajatlar rekombinant gonadotropinlarga nisbatan 2,65 marotaba arzondir. Rekombinant gonadotropinlarni 9,3 kun kullanilganda sarf xarajat 8 974 500 sumni tashkil etsa, siydik gonadopropinlarda sarf xarajat 3 130 400 sumni tashkil kiladi. Iktisodiy samaradorlik 1 sikl uchun 5 844 100 sumni tashkil etadi. Xulosa: katta reproduktiv yoshdagi ayollarda tavsiya etilayotgan tuxumdon stimulyasiyasini joriy qilinishi bir nafar ayol hisobiga byudjet mablag‘larini 5 844 100 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Katta reproduktiv yoshdagi ayollarning EKU/ICSI jarayonidagi tuxumdon stimulyasiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIUIATM direktori tomonidan 2022 yil 8 sentyabrdagi 283-son xat yuborilgan.
katta yoshdagi ayollarda peshob gonadotropinlarini tuxumdon stimulyasiyasida qo‘llash ootsitlarni urug‘lantirilishining 3-kunida «Morula» bosqichi 17,1%, A sinfining embrionga mos blastomerlar o‘rtacha sonini 6,9±1,9 gacha oshirdi, embrionlarni bachadon bo‘shlig‘iga o‘tkazish 87,5% ga oshirish imkonini yaratdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: katta reproduktiv yoshdagi ayollarning EKU/ICSI jarayonidagi tuxumdon stimulyasiyasini takomillashtirish natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxridagi «Sentr zdorov`ya jenshhin Laylon» va «Doctor DI» ihtisoslashtirilgan klinikalarida qo‘llanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 08-41744-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  katta yoshdagi ayollarda faollashtiruvchi siklida ootsitlar urug‘lantirilishining 3-kunida «Morula» bosqichidagi embrionlar sonini 17,1%ga oshirdi; A sinfining embrionga mos blastomerlar o‘rtacha sonini 6,9±1,9 gacha ko‘paytirdi; embrionlarni bachadon bo‘shlig‘iga o‘tkazishni 87,5% ga ortishiga olib keldi; biokimyoviy xomiladorlikni 24-32,1% gacha, tug‘uruqni 10,6-12,5% gacha oshirish imkonini berdi; ayollarga ona bo‘lish baxtni berdi; ayollarni xayot sifati ko‘rsatkichini oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: katta yoshdagi ayol 1 sikl uchun sarf xarajatlarni 5 844 100 sumga kamaytirdi. Xulosa: katta reproduktiv yoshdagi ayollarda tavsiya etilayotgan tuxumdon stimulyasiyasini joriy qilinishi bir nafar ayol hisobiga byudjet mablag‘larini 5 844 100 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Katta reproduktiv yoshdagi ayollarning EKU/ICSI jarayonidagi tuxumdon stimulyasiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIUIATM direktori tomonidan 2022 yil 8 sentyabrdagi 283-son xat yuborilgan.
katta reproduktiv yoshdagi ayollar anamnezida reproduktiv tizim a’zolarida jarrohlik aralashuvlar, tuxumdonlar etishmovchiligi, klomifen rezistentligi bo‘lgan ayollarda EKU samaradorligi kamayishiga olib keladi, shu sababli shu sabali jarroxlik amaliyotidan avval tuxumdon stimulyasiyasi o‘tkazib ootsitlar ajratib olish va ularni kriokonservatsiyalash maqsadga muvofiq. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: katta reproduktiv yoshdagi ayollarning EKU/ICSI jarayonidagi tuxumdon stimulyasiyasini takomillashtirish natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxridagi «Sentr zdorov`ya jenshhin Laylon» va «Doctor DI» ihtisoslashtirilgan klinikalarida qo‘llanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 08-41744-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: katta reproduktiv yoshdagi ayollarda EKU/EKU+ICSI protokollarida salbiy natija xavfi (OR) >40 yosh ayollarda OR=5,9, yuqori darajadagi FSG ≥4,5 XB/l (2 d.m.s) - OR=5,25, tuxumdon funksiyasi etishmovchiligi bo‘lganida OR=4,7, anamnezdagi bir tomonlama tubektomiya bo‘lsa - OR=2,6 (r<0,05), ikki tomonlama tubektomiyada - OR=8,18 gacha oshadi; 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarda homiladorlik bo‘lish ehtimoli 93,1% bo‘lsa, 40 yoshdan oshganlarda 69,3% pasayadi; olingan natijalar ayollarni EKU/ICSIga tanlashda yuqoridagilarni xisobga olish zarurligini bildiradi; katta yoshdagi ayollarda tuxumdonda jarroxlik amaliyotiga extiyoj bo‘lsa, avval tuxumdon stimulyasiyasini o‘tkazib ootsitlarni ajratib olish va kriokonservatsiyalar zarur. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: katta yoshdagi ayollarni EKU/ICSIga tanlashda havf omillarini xisobga olish ortiqcha sarf xarajatlarni kamaytiradi va ayollarga to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini oshiradi. Xulosa: katta reproduktiv yoshdagi ayollarning EKU/ICSI jarayonidagi tuxumdon stimulyasiyasini qilishdan oldin havf omillarini xisobga olgan xolda o‘tkazilishini talab qiladi. Reproduktiv a’zolarda, ayniqsa tuxumdonlarda, jarroxlik amaliyoti o‘tkazish zarurati bo‘lgan ayollarda, avval stimulyasiya o‘tkazib ootsitlar ajratib olish va kriokonservatsiyalash, so‘ng jarrohlik amaliyoti o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bunda ootsitlar soni va sifati yuqori bo‘ladi va ayollarda xomiladorlik bo‘lish baxti oshadi, hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Katta reproduktiv yoshdagi ayollarning EKU/ICSI jarayonidagi tuxumdon stimulyasiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIUIATM direktori tomonidan 2022 yil 8 sentyabrdagi 283-son xat yuborilgan.
katta reproduktiv yoshdagi ayollarda EKU/EKU+ICSI bayonnomasining samaradorligini baholash uchun 7 parametrdan iborat ball shkalasi natijalarni bashoratlashda tekshirish uchun algoritm va IVF/IVF+ICSI bayonnomasi samaradorligini baholash jadvali ortiqcha sarf xarajatlani kamaytiradi, reproduktologga to‘g‘ri yo‘l tanlashni, hamda ayollarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: katta reproduktiv yoshdagi ayollarning EKU/ICSI jarayonidagi tuxumdon stimulyasiyasini takomillashtirish natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan,  Toshkent shaxridagi «Sentr zdorov`ya jenshhin Laylon» va «Doctor DI» ihtisoslashtirilgan klinikalarida qo‘llanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 08-41744-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: katta reproduktiv yoshdagi ayollarda EKU/ICSI muolajalarini o‘tkazishdan avval ularning bo‘lajak samaradorligini ball tizimda klinik-anamnestik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda xisoblash maqsadga muvofiq; 0-3 balgacha ootsitlar dotatsiyasi qilish tavsiya etiladi; 4-5 – antagonist+siydik gonadotropinlari bilan sikl o‘tkazish; 6 va undan yuqori – antagonist+ rekombinant yoki siydik gonadotropirlari bilan sikl o‘tkazish tavsiya etiladi; ballar ko‘rinishidagi jadval xomiladorlikni bashoratlash imkoni to‘g‘ri tahlil qilishga va samarali yo‘l tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: katta reproduktiv yoshdagi ayollarda EKU/EKU+ICSI bayonnomasining samaradorligini baholash uchun 7 parametrdan iborat ball shkalasi natijalarni bashoratlashda tekshirish algoritmi to‘g‘ri tanlash, sarf xarajatlarni kamaytirish, 0-3 ball olgan ayollarga tuxumdon stimulyasiyadan voz kechish va onalik bahtini boshqa yo‘llarini tanlash imkonini beradi. Xulosa: katta reproduktiv yoshdagi ayollarda EKU/ICSI jarayonidagi tuxumdon stimulyasiyasini qilishdan oldin taklif qilingan algoritm asosida samaradorlikni baholash reproduktologga to‘g‘ri yo‘l tanlash va tavsiyalar berish, sarf xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Katta reproduktiv yoshdagi ayollarning EKU/ICSI jarayonidagi tuxumdon stimulyasiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIUIATM direktori tomonidan 2022 yil 8 sentyabrdagi 283-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish