Ro‘ziev Feruz G‘iyosovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet fonida kechuvchi ishemik insul`tning erta reabilitatsiya xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib.1543
Ilmiy rahbar: Po‘latov Sadriddin Sayfullaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSs.04/30.04.2022.Tib.93.02  
Rasmiy opponentlar: O‘rinov Muso Boltaevich - tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Buxoro davlat tibbiyot instituti); Tolibov Dilshod Sirojovich - tibbiyot fanlari  doktori, dotsent (Toshkent tibbiyot akademiyasi).
Yetakchi tashkilot: Asfendiyarov nomidagi qozoq milliy tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet fonida rivojlangan ishemik insul`tning
o‘tkir davridagi o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, erta reabilitatsiya tadbirlarini shakllantirish, samaradorligini baholash, vertikalizatsiya algoritmini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishemik insul`tning qandli diabet fonida kechishida klinik–nevrologik, laborator-instrumental va neyrovizualizatsiya tekshiruv natijalari asosida erta reabilitatsiya tadbirlarini boshlash mezonlari aniqlangan;
ishemik insul`tning qandli diabet fonida kechishida bemorlarda vertikalizatsiyani o‘tkazish mezon va tartiblari ishlab chiqilgan va shu asosda  vertikalizatsiya aylanma stollaridan erta reabilitatsiya jarayonida foydalanish takomillashtirilgan;
qandli diabet bilan kechadigan ishemik insul`tda bemorlarda erta reabilitatsiya jarayonini kompleks tartibda o‘tkazishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan muolajalar turlari   aniqlangan;
ishemik insul`t bilan og‘rigan qandli diabeti bor bemorlarda o‘tkazilgan kompleks erta reabilitatsiya muolajalari natijalarining samaradorligi va ishonchliligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining  2023 yil 16 martdagi 23-Z/005-son xulosasiga ko‘ra:
ishemik insul`tning qandli diabet fonida kechishida klinik–nevrologik, laborator-instrumental va neyrovizualizatsiya tekshiruv natijalari  erta reabilitatsiya jarayonini  amalga oshirishda va kerakli shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsata oladigan muassasalarga yuborilgan, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:   Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 13.05.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi 19.05.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi   26.05.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Shofirkon tibbiyot birlashmasi 03.06.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Peshku tuman tibbiyot birlashmasi 14.06.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Jondor tuman tibbiyot birlashmasi 22.06.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritm va  kompleks yondashuvdan foydalanish, qandli diabet fonida rivojlangan ishemik insul`tni tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishemik insul`t qandli diabet bilan kechishida erta muddatlarda boshlash hisobidan davolanish kunlari qisqarishi natijasida dori darmon va davolanish kunlari qisqarishi natijasida  ortiqcha sarf xarajatlar bilan    iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa:   Ishemik insul`t bilan   bir kunlik davolanish statsionar harajatlari dori darmonlardan tashqari 105421.80 so‘mni tashkil etadi.  Har  1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini sutkasiga 105421.80  iqtisod qilish imkonini bergan.
ishemik insul`tning qandli diabet fonida kechishida bemorlarda vertikalizatsiyani o‘tkazish mezon va tartiblari erta tashxislash va davolash muassasasiga shoshilinch tartibda maksimal ravishda somatik foniga zarar etkazmasdan olib borshda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olgan holda etkazib berilsa, vertikalizatsiya aylanma stollaridan erta reabilitatsiya jarayonida foydalanish insul`tdan keyingi davrni silliq o‘tishi, yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 13.05.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi 19.05.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi   26.05.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Shofirkon tibbiyot birlashmasi 03.06.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Peshku tuman tibbiyot birlashmasi 14.06.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Jondor tuman tibbiyot birlashmasi 22.06.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qandli diabet fonida yuzaga kelgan ishemik insul`t o‘tkazgan  bemorlarda harakat, sezgi, nutq va psixoemotsional buzilishlar qandli diabetsiz yuzaga kelgan ishemik insul`tga nisbatan kuchliroq namoyon bo‘lishi qondagi qand, mochevina va kreatinin miqdorining yuqoriligi sabab ushbu bemorlarda makro- va mikroangopatiya (100 foiz), diabetik retinopatiya (40 foiz), II-III darajali polinevropatiya (85-15 foiz), nefropatiya (45 foiz) kabi asoratlar kuzatiladi va ishemik insul`tning kechishini yanada og‘irlashtirish  o‘rganilib asoratlarni oldini olishga erishilgan; bosqichma-bosqich vertikalizatsiya qilishda taklif etilgan algoritm va  kompleks yondashuvdan foydalanish  davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishemik insul`t bilan davolangan bemorlarda tadqiqot davomidagi o‘rtacha davolanish kunlari bilan taqqoslanganda o‘rtacha davolanish kunlari nazorat guruhi kamayishini, 1,7 kunga  qisqarishini kuzatish mumkin. Hisoblash natijaslari ishemik insul`t bilan qandli diabet kuzatilmagan holda bir kunlik davolanish 105421.80 so‘m, dori darmonlar uchun 250983.51 so‘m va jami 356405,31so‘mni tashkil etadi.   Shifoxonada bo‘lish davrining   qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Ishemik insul`t bilan davolangan bemorlarda tadqiqot davomidagi o‘rtacha davolanish kunlari bilan taqqoslanganda o‘rtacha davolanish kunlari kamayishi,   1 nafar bemor uchun 1 kunlik hisobda davolanish kunlari va dori darmonlar hisobiga byudjet mablag‘larini   356405,31 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
qandli diabet bilan kechadigan ishemik insul`tda bemorlarda erta reabilitatsiya jarayonini kompleks tartibda o‘tkazishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan muolajalar turlari belgilab izohlab berilgan xavf omilini kamaytiradi, shifo jarayonini tezlashtiradiva yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 13.05.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi 19.05.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi   26.05.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Shofirkon tibbiyot birlashmasi 03.06.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Peshku tuman tibbiyot birlashmasi 14.06.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Jondor tuman tibbiyot birlashmasi 22.06.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:        Ishemik insul`t qandli diabet fonida kechayotgan bemorlarda erta reabilitatsiya tadbirlari qarshi ko‘rsatmalarni hisobga olgan holda, kompleks tartibda tavsiya etiladi.  Erta reabilitatsiya  tartib bilan va bosqichma bosqich amalga oshirish har ikkala guruhda sog‘lomlashtirish darajasining oshishi va asoratlarning kamayishiga sabab bo‘ladi.    Qandli diabet fonida kechuvchi ishemik insul`tlarda yurak qon tomir tizimi faoliyati buzilishlari nazorat guruhiga nisbatan ko‘p uchrashi va davomli bo‘lishi  aktiv passiv va aktiv vertikalizatsiya jarayonlari, erta reabilitatsiya tadbirlarini 3-4 kunga kechikishiga va ba’zi uslublardan foydanmaslikka sabab bo‘ladi.   Yangi dastur yordamida ortostatik etishmovchiliklar, diabetik polineyropatiya va diabetik nefropatiyaning turli darajalarda namoyon bo‘lishi kabi asoratlar ta’sirini erta reabilitatsiya jarayonlarini uzoqroq davom etishi ta’siri nazoratga olishga yordam berib va samardorligi oshishiga sabab bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Ma’lumki qandli diabet ishemik insul`tning kechishini og‘irlashtirish bilan birgalikda insulinoterapiya va boshqa qo‘shimcha dori darmonlar uchun 35836,35 co‘m mablag‘ talab etib, qandli diabet fonida ishemik insul`t kuzatilaganda bir kunlik o‘tacha davolanish 35836,35 + 356405,3=392241,65 so‘mni tashkil qildi. 2)  Qandli diabet fonida rivojoangan ishemik insul`tlarda davolanish kunlari 1,4  kunga qisqartirilishi va  dori-darmon kam talab etilishi hisobiga byudjet mablag‘larini 1 sutka uchun 392241,65  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Ishemik insul`tning qandli diabet bilan kechishida bemordarda erta reabilitatsiya va vertikalizatsiya amaliyotini qo‘llash erta muddatlarda   qo‘llash chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 1 sutka uchun 392241,65  iqtisod qilish imkonini bergan.
ishemik insul`t bilan og‘rigan qandli diabeti bor bemorlarda o‘tkazilgan kompleks erta reabilitatsiya muolajalari natijalarining samaradorligi oshiradi sog‘lomlashtirish jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 13.05.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi 19.05.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi   26.05.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Shofirkon tibbiyot birlashmasi 03.06.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Peshku tuman tibbiyot birlashmasi 14.06.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi, Jondor tuman tibbiyot birlashmasi 22.06.2022 yildagi amaliyotga joriy etish dalolatnomasi asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qandli diabet fonida kechgan ishemik insul`tning o‘tkir davrida boshlangan kompleks erta reabilitatsiya (vertikalizatsiya, psixologik reabilitatsiya, fizioterapiya, davolovchi mashqlar)  hayot sifatini Bartel` shkalasi bo‘yicha 1,13 marta, NIHSS shkalasi bo‘yicha 1,17 marta yaxshilanishiga, Teylor shkalasi bo‘yicha xavotirlanish darajasini 2,6 marta kamayishiga, davolanish kunlarini esa 1,4 kunga qisqartirishga olib  kelib,  davolash  samaradorligi oshirishi o‘rganildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Ishemik insul`tning o‘tkir davrida boshlangan kompleks erta reabilitatsiya tadbirlari har bir bemorda sutkasiga 356405,31 so‘mga iqtisod qilish imkonini berib, davolanish kunlarini 1,7 kunga qisqartirishi     xisobiga sarf xarajatlarni 19.7% kamatirish imkonini bergan; 2) Ishemik insul`t bilan og‘rigan qandli diabeti bor bemorlarda o‘tkazilgan kompleks erta reabilitatsiya natijasida davolanish kunlari o‘rtacha 1,4 kunga kamayib sutkasi  392241,65  so‘mni iqtisod qilish va byudjet mablag‘lari hisobidan saraflanadiga xarajatlarni 16,1% kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: Qandli diabet bilan kechuvchi ishemik insul`tlarda   yuqorida keltirilgan kompleks erta reabilitatsiya usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 549 138,31 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ro‘ziev Feruz G‘iyosovichning “Qandli diabet fonida kechuvchi ishemik insul`tning erta reabilitatsiya xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotidagi 4 ta ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha  Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat  tibbiyot institutining 2022 yil 18 martgi 03/1181-sonli xati yuborilgan. Ilmiy yangiliklarining amaliyotga joriy etish natijasida, 2022 yil davomida 766 nafar bemor hisobida davlat byudjetidan  469, 45 mln  so‘m mablag‘ iqtisod qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish