Xodjimurotov Sherzod Abdakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Professional futbolchilar mehnat shartnomalarining huquqiy ahamiyati”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu742.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rustambekov Islombek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar doktori, dosent; Zaynobiddinova Farangiz Baxtiyorovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professional futbolchilar mehnat shartnomalarini huquqiy tartibga solish, professional futbolchilar mehnat shartnomalarining iqtisodiy va huquqiy ahamiyati borasida huquqiy ongni oshirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan, shuningdek, milliy futbol assosiasiyasining ichki qaror qabul qiluvchi organlarida futbol bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqishni FIFAning nizolarni hal qilish tizimini qo‘lash orqali takomillashtirishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solinishining hamda sportchilar, murabbiylar bilan mehnat shartnomalarini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari asoslantirilgan;
sportchi va murabbiyning vaqtinchalik boshqa ish beruvchiga o‘tkazilishi (transferlar) haqidagi yaʼni professional futbolchilarning “mavsumlar oralig‘ida” vaqtinchalik transferlari (futbolchilar ijarasi) va boshqa ish beruvchilarga (klublarga) doimiy o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalar, shuningdek sportchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning sportchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzilishida va bekor bo‘lishidagi huquqiy ahamiyati asoslab berilgan;
mamlakatda futbolni rivojlantirishga to‘sqinlik qilib kelayotgan tizimli muammolar va ularning futbolning xolisligi va yaxlitligiga ta’sir etuvchi xavflari asoslab berilgan;
oliy ta’lim muassasalarida futbol klublari, sport ta’lim muassasalari uchun sport huquqshunosi yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yilishi va uning sport huquqiy munosabatlardagi roli va ahamiyati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Legal significance of employment contracts of professional football plaers” (Professional futbolchilar mehnat shartnomalarining huquqiy ahamiyati) mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
professional sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi taklifdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va 2021-yil 14-oktyabrda Senatga yuborilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 503-moddasi 1-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 9-martdagi 9-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi professional sport sohasidagi xodimlar mehnatini o‘ziga xos jixatlarini o‘zlashtirishga va huquqiy tartibga solinishini takomillashtirishga xizmat qilgan;
sportchi va murabbiyning vaqtinchalik boshqa ish beruvchiga o‘tkazilishi (transferlar) haqidagi taklifdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va 2021-yil 14-oktyabrda Senatga yuborilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 503-moddasi ettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi, o‘ninchi, o‘n birinchi, o‘n ikkinchi, o‘n uchinchi qismining xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 9-martdagi 9-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi sportchi va murabbiyning vaqtinchalik boshqa ish beruvchiga o‘tkazilishi (transferlar) tartibini belgilab berishga hamda amaliyotdagi muammolarni hal qilishning aniq asoslantirilgan mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mamlakatda futbolni rivojlantirishga to‘sqinlik qilib kelayotgan tizimli muammolar haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 4-dekabrda imzolangan “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi boskichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5887-son Farmonning 2-bobi 14-qismi o‘n birinchi, o‘n to‘rtinchi hamda o‘n beshinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 16-sentyabrdagi 01/00-03/19-8344-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga to‘sqinlik qilib kelayotgan bir qancha tizimli muammolarni aniqlanishiga hamda ularga qarshi kurashish uchun kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga xizmat qilgan;
tegishli ta’lim muassasalarida futbol klublari, sport ta’lim muassasalari uchun sport shifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqshunosi va sport dietologi yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 4-dekabrda imzolangan “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5887-son Farmonning 4-bandi ettinchi xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 16-sentyabrdagi 01/00-03/19-8344-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi O‘zbekistonda ilk bor Toshkent davlat yuridik universitetida “sport huquqi” bo‘yicha magistratura yo‘nalishini tashkil etilishiga hamda sport huquqshunosligi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash va ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish