Tillabaeva Zilola Raxmatillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand shahri o‘zbek shevalarining leksik xususiyatlari (qarluq lahjasi misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1725.
Ilmiy rahbar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Murodova Nigora Qulievna filologiya fanlari doktori, professor; Ashirboev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Samarqand shahri qarluq lahjasi leksikasi bo‘yicha to‘plangan faktik materiallar asosida lug‘aviy birliklarning leksik-semantik xususiyatlari qiyoslanib, ularning boshqa o‘zbek shevalari, yozma yodgorliklar tili matniga munosabatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Samarqand shahri qarluq lahjasining boshqa o‘zbek shevalaridan fonetik, leksik jihatdan farq qiluvchi ma’no farqlamaydigan ikkinchi darajali cho‘ziqlik holati, oltita kelishikning to‘rt xil shaklda qo‘llanilishi, unli tovuslarning ettita bo‘lishi singari xususiyatlari aniqlangan;
mazkur hudud  qarluq lahjasi leksik birliklarining shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari (omonimlar, sinonimlar, antonimlar, paronimlar)ning o‘zbek adabiy tilidan qars, olus, ho‘qqi, do‘qqi kabi so‘zlarning farqli ma’nolari borligi ochib berilib, o‘zbek adabiy tilining rivojida Samarqand shahri qarluq lahjasiga doir to‘plangan faktik materiallar borligi dalillangan;
so‘zlashuv nutqiga xos o‘zbek va tojik tillari o‘rtasidagi bilingvizm hodisasi yoritilgan va shevaning leksik qatlamlari aniqlanib, o‘zbek adabiy tiliga qiyoslanib, iboralar, qo‘shma so‘zlar, so‘z birikmalarining yasalishiga xizmat qilishi kabi xususiyatlari ochib berilgan;
Samarqand shahri qarluq lahjasining Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro qarluq lahjasidagi so‘zlardan shakl va ma’no jihatidan farqlanishi ko‘rsatilib, shevadagi lug‘aviy birliklar o‘n to‘rtta mikroguruhlarga bo‘linganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand shahri qarluq lahjasining leksikasini qiyosiy-tavsifiy tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand shahri shevalariga doir so‘zlarning yasalish usullarining o‘ziga xosligi, Samarqand shahri qarluq lahjasini o‘rganishga lingvomadaniy yondashuv yoʻnalishi oldingi o‘ringa qo‘yilganligi haqidagi nazariy xulosalaridan  2012-2016-yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 7-oktyabrdagi 17.01/170-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning so‘z yasalishining har bir til va shevada o‘zgacha namoyon bo‘lishi haqidagi ilmiy qarashlar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
     Samarqand shahri qarluq lahjasi leksikasida uchraydigan xalq og‘zaki ijodiga xos janrlar, ya’ni erkalamalar, ovutmachoqlar haqidagi ilmiy-tahliliy xulosalardan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 7-oktyabrdagi 17.01/172-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning folklorshunoslik va adabiyotshunoslik janrlarining qardosh tillarda uchraydigan xalq og‘zaki ijodiga xos ilmiy tushunchalar bilan boyitilishiga erishilgan;
Samarqand shahri qarluq lahjasi orqali matbuot, radio, televidenie ta’siri natijasida yuz berayotgan lug‘aviy o‘zgarishlar shevalar lug‘at jamg‘armasida mavjud bo‘lgan so‘zlarni to‘plash saqlab qolish va ularni adabiy tilga kiritish zaruratini keltirib chiqarayotganligi haqidagi asosli ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagining mahorat darslarida Nazm va nasr Kengashi tomonidan o‘tkazilgan ijodiy seminarlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 26-avgustdagi 94-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyot ixlosmandlarida o‘zbek adabiy tilining shevalariga nisbatan faxrlanish hamda qiziqish tuyg‘usining oshishiga xizmat qilgan.
dialektal sharoitlarda kishilarda muloqot odobini shakllantirishga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan teleradiokompaniyaning Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Kun mavzusi” loyihasida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 21-sentyabrdagi 01-12/335-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishning mazmunan boy, qiziqarli va jonli bo‘lishiga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish