Yunusova Bahora Axtamjonovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili tizimining kombinator xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil11731.
Ilmiy rahbar: Urinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
        Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tilning kombinator xususiyatlari, ijtimoiy, leksikologik, ta’limiy va boshqa sohalardagi ahamiyati, kombinator tilshunoslik tarixi, o‘zbek tilining kombinator lug‘atini yaratishning lingvistik asoslarini ishlab chiqish hamda lingvistik qimmatini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek kombinator tilshunosligining zamonaviy rus, ingliz, turk tilshunosligidagi so‘zlarning bog‘lanishi, munosabatga kirishishi, boshqa birliklar bilan kombinatsiya hosil qilishidagi so‘z miqdori hamda lingvistik tahlilning grammatik, semantik, stilistik kabi farqli tomonlari aniqlangan;
o‘zbek tilshunosligida tilning assimilyasiya, dissimilyasiya, metateza, proteza kabi fonetik kombinator o‘zgarishlari, baland, haqir, zaxalamoq, to‘ramoq, do‘nmoq singari leksik birliklarning boshqa so‘zlar bilan kombinatsiya hosil qilishdagi emotsional hamda uslubiy ma’no ottenkalari dalillangan;
ko‘zlaringga suv to‘lsin, ko‘zlariga loyqa to‘lguncha, ko‘zlaridan nur-ma’no qochgan edi kabi frazeologik birliklarning leksik hamda grammatik kabi ichki, shakl va mazmun kabi tashqi kombinatsion xususiyatlari ochib berilgan;
o‘zbek tilining qisqacha izohli kombinator lug‘atini yaratish orqali amaliy o‘zbek leksikografiyasida lug‘at tuzishning faollik, alfavit tartibida tizimlilik, faol (passiv emas), universal (ixtisoslashtirilmagan), so‘zlar orasidagi paradigmatik, sintagmatik, leksik aloqadorlik kabi ensiklopedik tamoyillarining inobatga olinishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek kombinator tilshunosligida so‘zlarning bog‘lanishi, munosabatga kirishishi, so‘z miqdori va lingvistik tahlil imkoniyatlarini tadqiq etish asosida:
o‘zbek tilshunosligida tilning assimilyasiya, dissimilyasiya, metateza, proteza kabi fonetik kombinator o‘zgarishlari, baland, haqir, zaxalamoq, to‘ramoq, do‘nmoq singari leksik birliklarning boshqa so'zlar bilan kombinatsiya hosil qilishdagi emotsional hamda uslubiy ma’no ottenkalariga oid xulosalardan  O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillar bajarilgan FA-F1-1005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 7-fevraldagi 17.01/238-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek tilining qisqacha izohli kombinator lug‘atini yaratish orqali amaliy o‘zbek leksikografiyasida lug‘at tuzishning faollik, alfavit tartibida tizimlilik, faol (passiv emas), universal (ixtisoslashtirilmagan), so‘zlar orasidagi paradigmatik, sintagmatik, leksik aloqadorlik inobatga olinishi kabi ensiklopedik tamoyillariga oid xulosalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 5-oktyabrdagi 264-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atlardagi tartiblilik, tizimlilik, imlo va alfavitlardagi so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashgadagi natijalarga erishilgan;
o‘zbek kombinator tilshunosligining zamonaviy rus, ingliz, turk tilshunosligidagi so‘zlarning bog‘lanishi, munosabatga kirishishi, boshqa birliklar bilan kombinatsiya hosil qilishidagi farqli tomonlari so‘z miqdoriga oid mulohazalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Samarqand”, “Ta’lim va taraqqiyot” kabi o‘quv-ma’rifiy hamda ilmiy-ommaviy teleko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 29-sentyabrdagi 01-12/337-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirish va ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyigan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish