Yarashova Nasiba Jumaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar adabiyoti tilining lingvokognitiv, lingvopsixologik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fil375.
Ilmiy maslahatchi: Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldasheva Dilafruz Maxamadalievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar adabiyoti tilining lingvokognitiv, lingvopsixologik xususiyatlari hamda bolalar adabiyoti vakillarining o‘zbek tili lisoniy imkoniyatidan foydalanish mahoratini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligida bolalar adabiyoti tili masalasiga doir lingvokognitiv, lingvopsixologik jihatlarni asoslash, qo‘llanish ko‘lami nisbatiga e’tibor berilganlik darajasi ilgari surilgan fonologik sistemalar orqali bola tomonidan uni egallashning to‘rt qonuni, bola nutqi takomilida oila, qarindosh-urug‘ kabi ichki va mahalla, maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab kabi tashqi ijtimoiy kuchlarning birinchi o‘rinda turishi, bolalar adabiyoti tili yuzasidan korpus tuzish kabi jihatlari ochib berilgan;
bolalar adabiyoti tilining lingvopsixologik jihatlarini yoritish orqali ona tilini o‘zlashtirishning turli bosqichlarida bola tomonidan ishlatiladigan til birliklarining bola ichki olamida, ruhiyatida yuz beradigan kechinmalar turfa xilligi hamda fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlarga ko‘ra yuzaga chiqishi isbotlangan;
bolalar adabiyoti tilida qo‘llanilgan leksik birliklar, noverbal vositalarning leksik qatlamga ta’siri, izohli lug‘atda leksik tarkibning funksional-semantik, kognitiv-diskursiv tavsifini takomillashtirish vazifalari, maqol va frazemalarning bolalarga xos matnlarda qo‘llanish darajasi aniqlangan;
noverbal vositalarning lug‘ati ishlab chiqilib, tilni ko‘rsatish, burunni ko‘rsatish, yanoqlarni shishirish, basharani buzish singari noverbal vositalar, uning ishorasi ifoda etayotgan mazmuni hamda bolalar adabiyoti matnlaridan olingan noverbal vositalarning ishlatilish imkoniyati, somatik xususiyatlari, ishlatilishiga ko‘ra dalillangan;
bolalar adabiyoti tilida olamni idrok etish va anglash jarayonini ifodalovchi lingvokognitiv hamda til qobiliyati, obrazli tafakkur, nutq rivojlanish davriyligini aks ettiruvchi lingvopsixologik xususiyatlarni yoritishda bolalar ruhiyatining tafakkur tarziga, lingvokreativ salohiyatga aloqador voqelanishiga ko‘ra ta’siri isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar adabiyoti tilining lingvokognitiv, lingvopsixologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalar adabiyoti tilining lingvopsixologik jihatlarini yoritish orqali ona tilini o‘zlashtirishning turli bosqichlarida bola tomonidan ishlatiladigan til birliklarining bola ichki olamida, ruhiyatida yuz beradigan kechinmalar turfa xilligi hamda fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlarga ko‘ra yuzaga chiqishi kabi masalalari 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 15-sentyabrdagi 17.01/221-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash loyiha doirasida insoniyatning badiiy tafakkuri mahsuli bo‘lgan xalq pedagogikasi, o‘zbek bolalar folklorini o‘rgatishda kognitiv bilimlardan foydalanish o‘quvchilarning ijodiy kompetentligini oshiruvchi vosita ekanligini aniqlash imkonini bergan;
bolalar adabiyoti asarlarida qo‘llanilgan turli til vositalari orqali qahramonlar nutqining bolalar va kattalarga xos jihatlari individuallashtirilgan, bola shaxsidagi fiziologik, psixologik va xulq-atvorga xos ruhiy holatlarni ochib berish kabi fikrlar asosidagi masalalari 2012–2016-yillarda bajarilgan FA-F1-GOO2-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 15-sentyabrdagi 17.01/222-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi bolalar adabiyoti asarlarida qo‘llanilgan turli til vositalari orqali qahramonlar nutqini individuallashtirish, to‘laqonli xarakterlar yaratish, bola shaxsi ruhiy holatini ochish, yozuvchi g‘oyaviy maqsadini ifodalash, davr manzarasini yorqin, bolalarni jonli tasvirlash, asarning milliy mentalitetini ta’minlash imkonini bergan;
bolalar adabiyoti tilida qo‘llanilgan leksik birliklar, noverbal vositalarning leksik qatlamga ta’siri, izohli lug‘atda leksik tarkibning funksional-semantik, kognitiv-diskursiv tavsifini takomillashtirish vazifalari, maqol va frazemalarning bolalarga xos matnlarda qo‘llanish darajasini aniqlash kabi masalalari                           2017–2020-yillarda bajarilgan F3-2016-09081165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 20-oktyabrdagi 384/1-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish bolalar adabiyoti asarlarida har bir leksik birlikning qanday o‘rin egallashini aniqlashga olib kelgan;
bolalar adabiyoti tilida olamni idrok etish va anglash jarayonini ifodalovchi lingvokognitiv hamda til qobiliyati, obrazli tafakkur, nutq rivojlanish davriyligini aks ettiruvchi lingvopsixologik xususiyatlarni yoritishda bolalar ruhiyatining tafakkur tarziga, lingvokreativ salohiyatga aloqador voqelanishiga doir tadqiqot va natijalaridan “Matn lingvistikasi” darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan                       233-0431 raqamli ruxsatnoma). Natijada darslikda matnning kognitiv-diskursiv imkoniyatlarini ochib berishga, matnning psixolingvistik xususiyatlarini aniqlash maqsadida tipologik jihatdan tasniflashga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi va umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining og‘zaki nutqini rivojlantirish, takomillashtirish, fikrni erkin va ravon ifodalashga o‘rgatish maqsadida “Tasviriy ifodalarning izohli-rasmli lug‘ati” (UO‘K: 81’374.3 KBK: 81.2-4. 74.102 Ya71 ISBN 978-9943-9181-7-7) yaratilib, tasviriy ifoda strukturasini tashkil etuvchi so‘zlarning bolalar nutqida noodatiy qo‘llanishlari bolalar adabiyoti tili misolida aniqlangan hamda bola kognitiv bilim darajasini yanada boyitish maqsadida izoh va rasmlari keltirilgan;
bolalar adabiyoti tilida, bolaning spontan nutqida qo‘llanilgan innovatsion leksemalarning ishlatilishiga ko‘ra tasnifini berish maqsadida “Bolalar nutqiy innovatsiyalarining izohli lug‘ati” (UO‘K: 81'271.1(038) KBK: 81.2-5v6. 74.102 Ya71 ISBN 978-9943-9181-8-4) yaratilib, bolalar nutqida kuzatiladigan g‘ayrioddiy leksemalarning bazasi hamda o‘zbek ontolingvistika sohasi uchun lingvistik ta’minot shakllantirilgan;
o‘zbek tilshunosligida bolalar adabiyoti tili masalasiga doir lingvokognitiv, lingvopsixologik jihatlarni asoslash, qo‘llanish ko‘lami nisbatiga e’tibor berilganlik darajasi ilgari surilgan fonologik sistemalar orqali bola tomonidan uni egallashning to‘rt qonuni, bola nutqi takomilida oila, qarindosh-urug‘ kabi ichki va mahalla, maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab kabi tashqi ijtimoiy kuchlarning birinchi o‘rinda turishi, bolalar adabiyoti tili yuzasidan korpus tuzish kabi jihatlaridan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Adabiyot va hayot”, “Jarayon” singari turkum ko‘rsatuvlarining tegishli sonlarida, “Assalom, yangi kun” tonggi dasturida, Navoiy viloyat radiosi orqali efirga uzatilgan “Nazm va navo”, “O‘zbek adabiyoti” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 18-maydagi 01-02/79-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish