Karimov Shoxjaxon Dusmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili antroponimiyasida apellyativlar konversiyasi: funksional, leksik-semantik, morfologik tadqiqi”  10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2384.
Ilmiy rahbar: Eltazarov Jo‘liboy Danaboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili antroponimlarining konversiya usulida yasalishi, hamda mustaqil va boshqa so‘z turkumlariga mansub apellyativlarning  antroponimlashuvi hodisasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilda lisoniy o‘zgarishlar tizimini ifodalovchi transformatsiologiyaning xususiy holi sifatida lingvistik konversiyasi hamda Tursun, To‘xta, To‘xtasin, O‘lmas kabi onomastik konversiya usuli uning tasniflash, qiyoslash, leksik-semantik, derivatsion, nominatsion-motivatsion lisoniy belgi-xususiyatlari ochib berilgan;
mustaqil hamda alohida so‘z turkumlariga mansub ot, sifat, fe’l va boshqa apellyativlar antroponimlashuvining konversion, transformatsion lisoniy mexanizmlari, antroponimlarning til tizimida shaklanishining intralingvistik va ekstralingvistik shart-sharoitlari ochib berilgan;
antroponimlashgan mustaqil va alohida so‘z turkumlariga mansub so‘zlarning mavzu guruhlari, bu guruhlarga oid so‘zlarning geneologiyasi, etimologiyasi hamda ular o‘rtasidagi xalq mentaliteti, dunyo haqidagi tasavvurlari, eʼtiqodi kabi etnolingvistik tarixiy-lisoniy aloqalar dalillangan;
o‘zbek tilidagi mustaqil ot, sifat, fe’l, son, olmosh va boshqa so‘z turkumlariga mansub apellyativlar Yulduz, Botir, Qo‘ysin, Oltiboy, Kimsan, Go‘yoxon singari antroponimlashuv hodisasining nominatsion-motivatsion jihatlari asoslab berilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili antroponimlarining konversiya usulida yasalishini tadqiq etish asosida:
tilda lisoniy o‘zgarishlar tizimini ifodalovchi transformatsiologiyaning xususiy holi sifatida lingvistik konversiyasi hamda Tursun, To‘xta, To‘xtasin, O‘lmas kabi onomastik konversiya usuli uning tasniflash, qiyoslash, leksik-semantik, derivatsion, nominatsion-motivatsion lisoniy belgi-xususiyatlari ochib berilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” nomli fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021-yil 7-dekabrdagi 17.01/165-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalar, badiiy matn va nutq haqidagi olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan, natijada mazkur ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan darslik va lug‘atlarning takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
antroponimlashgan mustaqil va alohida so‘z turkumlariga mansub so‘zlarning mavzu guruhlari, bu guruhlarga oid so‘zlarning geneologiyasi, etimologiyasi hamda ular o‘rtasidagi xalq mentaliteti, dunyo haqidagi tasavvurlari, eʼtiqodi kabi etnolingvistik tarixiy-lisoniy aloqalar dalillangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” nomli fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021-yil 7-dekabrdagi 17.01/218-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan darslik va lug‘atlarning takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
antroponimlashgan mustaqil va alohida so‘z turkumlariga mansub so‘zlarning mavzuiy guruhlari, bu guruhlarga oid so‘zlarning geneologiyasi, etimologiyasi hamda ular o‘rtasidagi tarixiy-lisoniy aloqalarning o‘rni va ahamiyatidan ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalaridan Evropa Ittifoqining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan Erasmus + dasturi doirasida amalga oshirilgan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy taʼlim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 8-apreldagi 931/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash maqsadida tayyorlangan ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar hamda tarjima nazariyasi haqidagi olib borilgan tadqiqotlarni boyitishga xizmat qilgan;
o‘zbek tilidagi mustaqil ot, sifat, fe'l, son, olmosh va boshqa so'z turkumlariga mansub apellyativlar antroponimlashuvining nominasion-motivasion jihatlariga doir nazariy fikr-mulohazalariga doir ilmiy natija va xulosalaridan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, yangi kun”, “Adabiyot va hayot”, “Jarayon”, “Nazm va navo”, “O'zbek adabiyoti” vedioeshittirishlarining senariylarini yozishda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil, 19-oktyabrda bergan  № 01-02/159-son ma’lumotnomasi). Teleradiodasturlarda berilgan mazkur eshittirishlar o‘zbek tilidagi gazeta, jurnal, axborotnoma va boshqa davriy materiallarni boyitishga hamda ularning nomlanish xususiyatlarini o‘rganishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish