Erkabaeva Shaxnoza Ikromjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tadbirkorlik faoliyatida cheklangan sherikchilikning huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu540.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qambariddin Mehmonov, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Baxshillo Kamalovich, yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent; Bahramova Mohinur Bahramovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anglo-sakson va kontinental huquqining rivojlangan huquqiy tizimlarida cheklangan sherikchilik institutining huquqiy tabiatining doktrinaviy asoslarini, kommandit shirkatning huquqiy maqomini huquqiy takomillashtirishga va ushbu yuridik institutni O‘zbekiston Respublikasida venchur moliyalashtirishning huquqiy mexanizmi sifatida rivojlanishiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kommandit shirkat huquqiy asoslarining takomillashtirilishi natijasida paydo bo‘ladigan cheklangan sherikchilikning shartnoma asosida tashkil qilinadigan tadbirkorlik faoliyatining yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirish shakli sifatida belgilanishi lozimligi asoslantirilgan;
cheklangan sherikchilikning faoliyatini cheklangan sherikchilik shartnomasida nazarda tutilgan tartibda muntazam tashqi auditdan o‘tkazish zarurligi asoslab berilgan;
cheklangan sherikchilikning bosh sherigi tomonidan cheklanmagan tarzda cheklangan sherikchilikning bosh sherigi sifatida faoliyat olib borish huquqini belgilash lozimligi asoslantirilgan;
cheklangan sherikchilikning bosh sherigi tomonidan cheklangan sheriklarning kiritgan hissalarining alohida hisob raqamida hisobini yuritishi zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik faoliyatida milliy cheklangan sherikchilik instituti hisoblanmish kommandit shirkatdan foydalanish va uni O‘zbekiston Respublikasida rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari asosida:
kommandit shirkat huquqiy asoslarining takomillashtirilishi natijasida paydo bo‘ladigan cheklangan sherikchilikning shartnoma asosida tashkil qilinadigan tadbirkorlik faoliyatining yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirish shakli sifatida belgilanishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 414-sonli qarori bilan tasdiqlangan  “Investisiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida”gi Nizomning
24-bandini ishlab chiqishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 21-sentyabrdagi 12/21-69-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi tadbirkorlik faoliyati subektlarning munosabatlarini haddan tashqari tartibga solishni minimallashtirishga va sheriklar o‘rtasidagi kelishuvga binoan tadbirkorlik yoki investisiya faoliyatini amalga oshirish shartlarini belgilashga olib kelgan;
cheklangan sherikchilikning faoliyatini cheklangan sherikchilik shartnomasida nazarda tutilgan tartibda muntazam tashqi auditdan o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 414-sonli qarori bilan tasdiqlangan  “Investisiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandini ishlab chiqishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 21-sentyabrdagi 12/21-69-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi cheklangan sherikchilikning yuqori xavfli investision loyihalarni moliyalashtirishda, shuningdek venchur fondlarini tashkil qilishda investor va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilishni mustahkamlashga olib kelgan;
cheklangan sherikchilikning bosh sherigi tomonidan cheklanmagan tarzda cheklangan sherikchilikning bosh sherigi sifatida faoliyat olib borish huquqini o‘rnatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 414-sonli qarori bilan tasdiqlangan  “Investisiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandini ishlab chiqishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 21-sentyabrdagi 12/21-69-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi bosh sherik sifatida faoliyat yuritadigan boshqaruv kompaniyalar sonining ko‘payishiga, tijorat tashkilotlarida cheklangan sherikchilikning bosh sherigi sifatida faoliyat yuritishlariga manfaatdorlikning kuchaytirilishiga, professional bohsqaruvchilik faoliyatining rivojlanishiga, va buning natijasida cheklangan sherikchilik institutining amaliyotda ommalashuviga olib kelgan;
cheklangan sherikchilikning bosh sherigi tomonidan cheklangan sheriklarning kiritgan hissalarining alohida hisob raqamida hisobini yuritishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 414-sonli qarori bilan tasdiqlangan  “Investisiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida”gi Nizomning 13-bandlarini ishlab chiqishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 21-sentyabrdagi 12/21-69-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi cheklangan sheriklarning qo‘shgan hissalarining tegishli tartibda saqlanishini va bosh sherik kreditorlarining talablarining ushbu hissalarga ta’sir ko‘rsatilmasligini ta’minlashiga olib kelgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish