Teshaboev Muhammadyahyo G‘ulomqodirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz va bo‘yinda kuyikdan keyingi bemorlarni jarrohlik davolashda differensial yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib439.
Ilmiy maslahatchi: Madazimov Madamin Mo‘minovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanova Zarema Vaxaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shomurodov Kaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xodjimatov Gulomiddin Minxodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Volgabo‘yi tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: tashrixdan keyingi asoratlar rivojlanishining profilaktik jihatlarini takomillashtirish hamda plastikaning yangi usullarini ishlab chiqish orqali yuz va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalari oqibatlarini xirurgik davolashning funksional va estetik natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nuqson rekonstrusiyasi turi, laxtakni tayyorlash, namuna olish va implantatsiya qilishning taktik-texnik jihatlari xamda reabilitatsiya dasturiga uslubiy yondashuvlarning xususiyatlariga bog‘liq holda yuz va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiq deformatsiyalari plastikasining qoniqarsiz funksional va kosmetik natijalari rivojlanishining patogenetik jihatlari aniqlangan;
donor maydonini oshirish uchun yumshoq to‘qimalarni intraoperativ cho‘zish terining ul`trastrukturasi va umumiy arxitektonikisida patologik o‘zgarishlarga olib kelmasligi, barcha qatlamlarning mikrorel`efi va mikrotuzilmalarining yaxlitligini buzmasligi isbotlangan;
kuyishdan keyingi cheklangan chandiqli nuqsonni almashtirishni rejalashtirish maqsadida to‘qimalarni intraoperativ cho‘zish, avvaldan dermotenziya bilan taqqoslanganda, donor sohasining teng xajmlarda o‘sishi va kislorod kuchlanishi mahalliy ko‘rsatkichining etarli darajada tiklanishi bilan tavsiflanishi aniqlangan;
kimyoviy ta’sir natijasida epidermisning qisman yoki to‘liq ajralish xavfini kamaytirishni, shuningdek terining derma qavatiga zarar etkazmasdan laxtakni bir tekis kesilishini ta’minlaydigan to‘liq qatlamli teri autotransplantatini olish usuli takomillashtirilgan;
yuz va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalari bo‘lgan bemorlarni uzoq muddatli profilaktik reabilitatsiya qilishning kompleks dasturining modifikatsiyalangan taktik-texnik jihatlari terining yanada mustahkam tiklanishini, qo‘shni to‘qimalarga nisbatan elastiklik va harakatchanlikni oshishini, shuningdek retraksiya xavfini kamaytirishni ta’minlashi isbotlangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 31 maydagi 06/3-son xulosasiga ko‘ra:
yuz va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiq deformatsiyalarining plastikasidan keyin o‘ziga xos asoratlar rivojlanishining kompleks profilaktikasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, shu jumladan rekonstruktiv aralashuvlarning taktik va texnik jihatlari va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya dasturini optimallashtirish usullari aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  RShTYoIM Farg‘ona filiali 23.01.2023 y; 1-sonli buyrug‘i, Andijon viloyat kup tarmoqli tibbiyot markazi 14.02.2023 y. 1-003-01/2023-sonli buyrug‘i bilan  amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi yuz va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiq deformatsiyalari plastikadan keyingi reabilitatsiya dasturi mahalliy holatning xususiyatlariga (lokalizatsiya, maydon, nuqsonning tabiati va funksional buzilishlar darajasi), shuningdek profilaktik taktik va texnik jihatlarga asoslanishi kerak, xususan, operatsiyalarning an’anaviy usullaridan so‘ng, qoniqarsiz funksional natijalarning chastotasi 12,2% va kosmetik - 18,8% ni tashkil etdi, bu laxtaklarni tayyorlash, namuna olish va implantatsiya qilishning ikkalamchi omilining ta’siri va qabul qilingan reabilitatsiya choralarining sifati bilan bog‘liq. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yuz va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiq deformatsiyalari kayta tiklashda reabilitatsiya dasturini ishlab chiqishda chandiqlarni xususiyatlariga egallagan joyiga, maydonga, nuqsonning tabiatiga va funksional buzilishlar darajasiga bog‘lik bo‘lib, profilaktik taktik va texnik jihatlarga asoslangan, xususan, operatsiyalarning an’anaviy usullaridan keyingi qoniqarsiz funksional hamda kosmetik natijalar yaxshilanadi, bu laxtaklarni tayyorlashda, namuna olishda va implantatsiya qilishda ikkalamchi omilining ta’sirini 14-29% gacha kamaytirish orqali reabilitatsiya choralarining sifati oshiriladi. Xulosa: sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida yuz va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiq deformatsiyalari kayta tiklashda reabilitatsiya dasturini ishlab chiqishni kompleks tashxisoti byudjet hisobidan bir nafar bemor uchun 280 000 so‘m va byudjetdan tashqari 320 000 so‘mni tejashga imkon berdi. Teshaboev Muhammadyahyo G‘ulomqodirovichning “Yuz va bo‘yinda kuyikdan keyingi bemorlarni jarrohlik davolashda tabaqalashtirilgan yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi №8N-g/198  xulosasi.
chandiqlarni bartaraf etishda donor sohaning maydonini oshirish muxim ahamiyatga ega xisoblanadi, bunda yumshoq to‘qimalarning intraoperativ cho‘zilishi amaliyoti bajariladi, amaliyot davosiyligi 30 daqiqati tashkil etib, terining ul`trastrukturasi va umumiy arxitekturasidasi patologik o‘zgarishlar kuzatilmasligi, hamda mikrorelef va barcha qatlamlarning mikro tuzilmalarining yaxlitligini buzmasligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  RShTYoIM Farg‘ona filiali 23.01.2023 y; 1-sonli buyrug‘i, Andijon viloyat kup tarmoqli tibbiyot markazi 14.02.2023 y. 1-003-01/2023-sonli buyrug‘i bilan  amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kuyishdan keyingi kichik o‘lchamlardagi chandiqlarni bartaraf etishda intraoperatsion balllon to‘qima jo‘zish amaliyotini aniq belgilangan tavsiya orqali bajarilishi to‘qima o‘sishining ekvivalent hajmlarini, bir vaqtning o‘zida cho‘zish paytida to‘qimalarda kislorod tarangligi darajasiga ta’sir etmaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  yuz va bo‘yin kuyishdan keyingi cheklangan chandiq nuqsonini bartaraf etishni rejalashtirishda intraoperatsion ballon to‘qima cho‘zish amaliyotini  texnikasi to‘qima o‘sishining ekvivalent hajmlari bilan tavsiflanadi, bu 70,9 yuzda 3,7% va bo‘ynida 71,2 6,4% ni tashkil etadi, bu intraoperatsion ballon to‘qima cho‘zish paytidagi ko‘rsatkichlarda to‘qimalarda kislorodga bo‘lgan extiyojini kayta tiklanishiga olib keladi. Xulosa: yuz va bo‘yin kuyishdan keyingi cheklangan chandiq nuqsonini bartaraf etishda intraoperatsion ballon to‘qima cho‘zish amaliyotini joriy etilishi byudjet tomondan 1 nafar bemor uchun 660 000 so‘m va byudjetdan tashqari   810 000 so‘mni tejalishiga imkon beradi. Teshaboev Muhammadyahyo G‘ulomqodirovichning “Yuz va bo‘yinda kuyikdan keyingi bemorlarni jarrohlik davolashda tabaqalashtirilgan yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi №8N-g/198  xulosasi.
chandiqlarni bartaraf etishda ularni o‘lchamlariga karab jarrohlik amaliyotlarini tanlash asosiy xavf omillari bo‘lgan to‘qimani  cho‘zishda asoratlar rivojlanishi, bemor hayoti prognozida ularning ahamiyati aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  RShTYoIM Farg‘ona filiali 23.01.2023 y; 1-sonli buyrug‘i, Andijon viloyat kup tarmoqli tibbiyot markazi 14.02.2023 y. 1-003-01/2023-sonli buyrug‘i bilan  amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kuyishdan keyingi chandiqlarni turli o‘lchamlar intraoperatsion va rejalashtirilgan balllon to‘qima jo‘zish amaliyotini bajarilishi to‘qima o‘sishining ekvivalent hajmlarini, bir vaqtning o‘zida cho‘zish paytida to‘qimalarda kislorod tarangligi darajasiga ta’sir etmaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  kuyishdan keyingi turli o‘lchamlardagi chandiqlarni bartaraf etishda intraoperatsion va rejalashtirilgan ballon to‘qima cho‘zish amaliyotini  texnikasi yuzda 87,9% dan 97,3% gacha va bo‘ynida 86,2% dan 97,6% gacha, ham kosmetik, ham funksional nuksonlar bartaraf etiladi. Xulosa: yuz va bo‘yin kuyishdan keyingi cheklangan chandiq nuqsonini bartaraf etishda intraoperatsion va rejalashtirilgan ballon to‘qima cho‘zish amaliyotini joriy etilishi byudjet tomondan 1 nafar bemor uchun 260 000 so‘m va byudjetdan tashqari 990 000 so‘mni tejalishiga imkon beradi. Teshaboev Muhammadyahyo G‘ulomqodirovichning “Yuz va bo‘yinda kuyikdan keyingi bemorlarni jarrohlik davolashda tabaqalashtirilgan yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi №8N-g/198  xulosasi.
katta o‘lchamlardagi va atrofida sog‘ to‘qimalar bo‘lmagan chandiqlarni bartaraf etishda to‘liq qatlamli laxtaklardan foydalaniladi, laxtaklarni ko‘chirishda donor jarohatga “Siteal” eritmasi yordamida ishlov berilganda, epidermisning qisman yoki to‘liq ajralishi xavfini kamaytiradi, bundan tashqari lahtakni terining dermal qatlamiga zarar bermaslik maqsadida marlili valikdan foydalanish  laxtakni bir tekis kesish imkoniyatini yaratadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  RShTYoIM Farg‘ona filiali 23.01.2023 y; 1-sonli buyrug‘i, Andijon viloyat kup tarmoqli tibbiyot markazi 14.02.2023 y. 1-003-01/2023-sonli buyrug‘i bilan  amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: to‘liq qatlamli laxtaklardan foydalanish jarrohlik amaliyotidan keyingi yaqin va olis muddatlarda epidermisning qisman yoki to‘liq ajralishi, olis muddatlardi transplantatni korayishi, bujmayishi va ikkilamchi retratsiyasi xavfini kamaytiradi, o‘z navbatida bemorning statsionar va poliklinikalarga murojaatini 80%gacha qisqartirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kuyik asoratlaridan aziyat chekayotgan aholi orasida teri ko‘chirib o‘tkazish amaliyotidan so‘ngi davrlarda transplantatni korayishi, bujmayishi jumladan, ikkilamchi retratsiyasi xavfini kamaytiradi. Shu bilan birga, kasalxonada (statsionarda) davolanish muddatining  6,7 kundan 2,5 kunga qisqarishi, kasalxonada (statsionarda) davolanish uchun to‘lov miqdorining   680 000 so‘mga kamayishi (preyskurantga ko‘ra, 1 kunlik joy 150 000 so‘mni tashkil qiladi) kasalxonada (statsionarda) davolanish muddatining  qisqarishi hisobiga dori vositalaridan foydalanish (1 150 000 so‘mga) ham kamaygan. Xulosa: yuz va bo‘yin sohalari kuyikdan keyingi asoratlarini differensiyalangan yondashuv ixtisoslashtirilgan kasalxonalarga ta’sir ko‘rsatmay, birlamchi bo‘g‘inlarda davolash – profilaktik tadbirlarni oldindan rejalashtirish, bu bemorlar chandiqlarni usishini nazorat qilish kasallikni og‘ir shakliga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik, kasalxonaga yotishdan bosh tortish, kasalxonada yotish  joy miqdorini kamaytirishga imkon beradi, bu esa byudjet tomondan 1 kishi uchun 250 000 so‘m va  byudjetdan tashqari 230 000 so‘mni tejashga erishildi. Teshaboev Muhammadyahyo G‘ulomqodirovichning “Yuz va bo‘yinda kuyikdan keyingi bemorlarni jarrohlik davolashda tabaqalashtirilgan yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi №8N-g/198  xulosasi.
yuz va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiq deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiya qilish dasturi optimallashtirildi, bu plastik jarrohlikning funksional va kosmetik natijalarining yomonlashishi xavfini kamaytirish uchun mahalliy ta’sir qilishning tibbiy va jismoniy usullaridan foydalanishni optimallashtirishga qaratilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  RShTYoIM Farg‘ona filiali 23.01.2023 y; 1-sonli buyrug‘i, Andijon viloyat kup tarmoqli tibbiyot markazi 14.02.2023 y. 1-003-01/2023-sonli buyrug‘i bilan  amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzoq muddatli profilaktik reabilitatsiya dasturini takomillashtirilgan plastik jarrohlik usullari bilan birgalikda qo‘llash uzoq muddatli yaxshi funksional va kosmetik natijalar ulushining oshishiga yordam berganligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar asosida turli xil plastik jarrohlik usullarining taktik va texnik jihatlari optimallashtirildi, yuz va bo‘yinning kuyishdan keyingi keng va chuqur chandiq deformatsiyalari bo‘yicha operatsiyalarning tayyorgarlik va rekonstruktiv bosqichlarining xususiyatlari aniqlandi, terining yuqori sifatli tiklanishini ta’minlaydi, maxsus jihozlarni talab qilmaydi, oddiy bajarilishi bilan tavsiflanadi, bu operatsiyadan keyingi asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytirishga imkon berdi, uzoq muddatli profilaktik reabilitatsiya dasturidan takomillashtirilgan plastik jarrohlik usullari bilan birgalikda foydalanish uzoq muddatli yaxshi funksional va kosmetik natijalar ulushining oshishiga yordam berdi. Xulosa: kuyikdan keyingi chandiqlarni bartaraf etishda erkin but teri laxtakdan foydalanish kombinatsiyalashgan usul orqali davoldanayotgan bemorlarning byudjet tomondan 1 nafar bemor uchun 528 000 so‘m va byudjetdan tashqari 690 000 so‘mni tejalishiga imkon beradi. Teshaboev Muhammadyahyo G‘ulomqodirovichning “Yuz va bo‘yinda kuyikdan keyingi bemorlarni jarrohlik davolashda tabaqalashtirilgan yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi №8N-g/198  xulosasi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish