Alimov Jurabek Ibodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bez tugunli hosilalarida davolash va diagnostik taktikani optimallashtirish»14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.1.PhD/Tib3068.
Ilmiy rahbar: Babajanov Axmadjon Sultanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: A.I. Evdokimova nomidagi Moskva Davlat tibbiy-stomatologiya universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tugunli buqoq va qalqonsimon bez perinodulyar to‘qimalarining morfologik shakliga qarab jarrohlik aralashuv usulini tanlashni optimallashtirish va shu orqali tugunli buqoq bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qalqonsimon bezning tugunli o‘zgarishiga va amalga oshirilgan jarrohlik aralashuv hajmiga nisbatan buqoqning takrorlanish chastotasi o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlik isbotlangan;
ingichka ignali puknsiyali aspiratsion biopsiya va intraoperatsion ekspress diagnostikadan bosqichma-bosqich foydalangan holda buqoq va perinodulyar to‘qimalardagi patogistologik o‘zgarishlarning verifikatsiya darajasi yaxshilanishi isbotlangan;
organsaqlaydigan qalqonsimon bez rezeksiyalar residivning rivojlanishiga olib keladigan radikal bo‘lmagan operatsiyalar ekanligi isbotlangan va shuning uchun tiroidektomiya va qalqonsimon bezning subtotal rezeksiya, ayniqsa, ko‘p tugunli kolloid buqoq bo‘lgan bemorlarda etarli radikal aralashuv aniqlangan;
qalqonsimon bez tugunli xosilalarining bosqichma-bosqich morfologik tadqiqotlari va operatsiyaning optimal hajmini tanlashga asoslangan tavsiya etilgan diagnostika va davolash algoritmi davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qalqonsimon bez tugunli xosilalari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
qalqonsimon bezning tugunli o‘zgarishiga va amalga oshirilgan jarrohlik aralashuv hajmiga nisbatan buqoqning takrorlanish chastotasi o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlik isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi uchun “Tugunli buqoq xirurgiyasi” uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2023 yil 06 yanvardagi 8n-r/10 ma’lumotnomasi) va Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti klinikasi bo‘yicha 20.12.2022 yildagi 18-sonli buyruq hamda Samarqand Shahar Tibbiyot Birlashmasi bo‘yicha 25.10.2022 yildagi 16-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Qalqonsimon bez tugunlarini asosiy guruhdagi bemorlarni jarrohlik davolashda differensial yondashuv bilan qalqonsimon bez tugunli hosilalarining morfologik tuzilishi va uning natijasiga qarab jarrohlik aralashuvi hajmi kabi davolash natijalariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar hisobga olingan. Shundan kelib chiqqan holda, davolash natijalariga ta’sir ko‘rsatgan faktorlarni hisobga olgan holda, qalqonsimon bez tugunlarini davolashda kriteriyalar tizimi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qalqonsimon bez tugunli hosilalari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolashning zamonaviy yondashuvlarini ishlab chiqishga, qalqonsimon bezning tugunli transformatsiyasi gistologik shakldan takroriy buqoq rivojlanishi o‘rtasidagi patogenetik munosabatlarni farqlash orqali perinodulyar to‘qimalar holatining morfologik xususiyatlarini aniqlashga katta hissa qo‘shishi bilan asoslangan. Xulosa: Qalqonsimon bez tugunli xosilalari bilan bemorlarni jarrohlik davolash natijalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, buqoqning qaytalanishi rivojlanishining asosiy sababi adenomatoz o‘choqlari bo‘lgan tugunli kolloid buqoqda gemitiroidektomiya yoki qisman rezeksiya miqdorida organ saqlovchi operatsiyalarni o‘tkazish (retsidiv miqdori - 25,8%) va har xil turdagi adenomalarning ko‘p tugunli kolloid buqoq bilan turli darajadagi proliferatsiyaning kombinatsiyasi (retsidiv miqdori - 13,7%). Kuzatish davrining davomiyligi bilan residivlarning umumiy sonining ko‘payishi va aksincha operatsiya hajmining oshishi bilan retsidiv chastotasining kamayishi aniqlandi va bu orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 625000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 225000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Alimov Jurabek Ibodullayevichnaning «Qalqonsimon bez tugunli hosilalarida davolash va diagnostik taktikani optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni Saqlash Vazirligiga Samarkand Davlat Tibbiyot Universitetining 2022-yil 7-oktyabrdagi 3398-sonli xati yuborilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:“Qalqonsimon bez tugunli hosilalarida davolash va diagnostik taktikani optimallashtirish ” mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yilning 06 yanvarda №8 n-r/10 tasdig‘i.
tugunli buqoqning gistologik shaklini va qalqonsimon bez perinodulyar to‘qimalardagi o‘zgarishlarning tabiatini yakuniy tekshirish uchun bosqichma-bosqich morfologik tadqiqotlarning informativlik darajasi aniqlandi, bu esa jarrohlik taktikasini tanlashni optimallashtirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti klinikasi bo‘yicha 20.12.2022 yildagi 18-sonli buyruq hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 25.10.2022 yildagi 16-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Turli darajadagi tibbiy muassasalarda qalqonsimon bez tugunli hosilalari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolashda foydalanish mumkin va optimal jarrohlik taktikasini tanlash uchun taklif qilingan dastur va algoritm operatsiyalar natijalari yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Morfologik tadqiqotlar algoritmi, shuningdek, qalqonsimon bez to‘qimalarining intraoperatsion ekspress biopsiyasini o‘z ichiga olgan. Operatsiyaning optimal hajmini tanlash maqsadida "muzlatilgan" (kriostat) kesmalari operatsiya davomida 73,1% bemordan olingan. Tadqiqotda ushbu tekshirish quyidagi holatlarda o‘tkazilgan: informativ bo‘lmagan ingichka ignali punsion aspiratsion biopsiya materiali bo‘lganda; tez o‘sayotgan qalqonsimon tugunda; tugunning xavfli o‘smaga shubhali holatlarda. Asosiy guruhdagi tekshirilgan bemorlarning 95,4% da ekspress biopsiya va yakuniy gistologik tadqiqotlar natijalari o‘zaro mos kelgan. IIPAB kombinatsiyasi va ekspress biopsiya natijalari bilan informativlik darajasi 98,4% gacha ko‘tarilgan. Xulosa: Yod tanqisligi bo‘lgan mintaqada yashovchi bemorlarda tugunli kolloid buqoq butun qalqonsimon bezning kasalligidir, chunki tugunli hosilalar atrofida joylashgan to‘qimalar buqoq o‘zgarishlaridan butunlay ta’sirlanadi. Shuning uchun 10 yil oldin operatsiya qilingan ko‘p tugunli kolloid buqoq bilan og‘rigan bemorlarda gemitireoidektomiya yoki qisman rezeksiya miqdorida maksimal retsidiv darajasi tasdiqlangan. Natijada operativ aralashuvdan keyin asoratlarning oldini oladi degan xulosaga kelish mumkin, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 740000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 225000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:“Qalqonsimon bez tugunli hosilalarida davolash va diagnostik taktikani optimallashtirish” mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yilning 06 yanvarda №8 n-r/10 tasdig‘i.
gemitiroidektomiya va qalqonsimon bezning qisman rezeksiya kabi organ saqlovchi aralashuvlar radikal operatsiyalarga nisbatan retsidiv darajasi ancha yuqori ekanligi va shu bilan birga, tireoidektomiya va subtotal rezeksiya bir xil minimal retsidivlar soni bilan ijobiy natijalarga erishishni ta’minlagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti klinikasi bo‘yicha 20.12.2022 yildagi 18-sonli buyruq hamda Samarqand Shahar Tibbiyot Birlashmasi bo‘yicha 25.10.2022 yildagi 16-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tireoidektomiya va subtotal rezeksiya yod tanqisligi bo‘lgan hududda yashovchi qalqonsimon bez tugunli hosilalari bilan og‘rigan bemorlarda adekvat radikal aralashuvdir, chunki perinodular to‘qimalar buqoq o‘zgarishiga ta’sir qilishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qalqonsimon bez tugunli hosilalari bilan bemorlarni operatsiyadan keyingi asoratlarning chastotasi 10% dan 2,2% gacha kamaygan. Qon ketishi, qaytuvchi hiqildoq nervining parezi, gipoparatireoz kabi asoratlar kamroq sodir bo‘la boshladi, qaytuvchi hiqildoq nervining doimiy falaji va asfiksiya kabi og‘ir asoratlar kuzatilmagan. Statsionarda davolanish muddati 2 barobarga qisqardi 10,2±1,2 dan 5,9±0,3 kungacha. shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirib shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 125 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Qalqonsimon bez tugunli hosilalarida davolash va diagnostik taktikani optimallashtirish asoratlaring oldi olinib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 740 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 225000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:“Qalqonsimon bez tugunli hosilalarida davolash va diagnostik taktikani optimallashtirish” mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yilning 06 yanvarda №8 n-r/10 tasdig‘i.
tugunli buqoq bilan bemorlarni davolashda, jarrohlik usulini tanlashda tavsiya etilgan differensial yondashuv operatsiyadan keyingi yaqin davrdagi asoratlar va buqoq retsidivining kamayishi bilan o‘z samaradorligini isbotlagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti klinikasi bo‘yicha 20.12.2022 yildagi 18-sonli buyruq hamda Samarqand Shahar Tibbiyot Birlashmasi bo‘yicha 25.10.2022 yildagi 16-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bosqichma-bosqich morfologik tadqiqotlar asosida tugunli buqoq bilan bemorlarni jarrohlik aralashuvni tanlashning ishlab chiqilgan davolash va diagnostik algoritmi operatsiyadan keyingi erta asoratlarni 10% dan 2,2% gacha va kasallikning retsidivini 18,5% dan 2,6% gacha kamaytirishi sababli, davolash natijalari yaxshilandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,5 kundan 5 kungacha qisqartirtirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 125 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlari kamaygan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 72.000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: gemitiroidektomiya va qalqonsimon bezning qisman rezeksiya kabi organ saqlovchi aralashuvlar radikal operatsiyalarga nisbatan residiv darajasi ancha yuqori ekanligi va shu bilan birga, tireoidektomiya va subtotal rezeksiya bir xil minimal retsidivlar soni bilan ijobiy natijalarga erishishni ta’minlagan; tugunli buqoq bilan bemorlarni davolashda, jarrohlik usulini tanlashda tavsiya etilgan differensial yondashuv operatsiyadan keyingi yaqin davrdagi asoratlar va buqoq retsidivining kamayishi bilan o‘z samaradorligini isbotlagan, bu esa 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 113750000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 4095000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:“Qalqonsimon bez tugunli hosilalarida davolash va diagnostik taktikani optimallashtirish” mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yilning 6 yanvarda №8 n-r/10 tasdig‘i.