Inayatov Jaxongir G‘apirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonda fotografiya san’ati: shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)” 07.00.01– O‘zbekiston tarixi, 07.00.02 – Fan va texnologiyalar tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1221.
Ilmiy rahbar: Mavlanov O‘ktam Maxmasabirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Saidboboeva Gulzora Ne’matjonovna, dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Turkistonda fotografiya san’atining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya Imperiyasi Turkiston o‘lkasi uchun yangi soha hisoblangan fotografiya sohasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor bermaganligi, fotografiyani hududda paydo bo‘lishi va rivojlanishida moddiy manfaatdorlik sababli shaxsiy tashabbuslarning o‘rni katta bo‘lganligi dalillangan;
XX asr boshlaridan O‘rta Osiyoga e’tibor kuchayishi natijasida fotografiya sohasi ham rivojlanib borganligi ortidan mahalliy fotograflar etishib chiqqanligi, Turkiston hududiga fotografiyaning kirib kelishi bevosita harbiy-siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan fotograflar bilan bog‘liq bo‘lganligi isbotlangan;
Rossiya imperiyasi ma’murlari O‘rta Osiyoda fotografiyaning rivojlanishiga xayrihoh bo‘lgan bo‘lsalar-da, xavfsizlik nuqtai nazaridan havaskor fotograflarni qat’iy nazoratga olib turganliklari va hatto maxsus ruxsatnomasi bo‘lmagan fotograflarga strategik muhim obektlar, chegara hududlarida suratga olishlarini qat’iyan man etganligi aniqlangan;
Turkiston o‘lkasiga kelgan xorijlik fotograflar va ular tomonidan yaratilgan albomlarda XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy holat xolis ko‘rsatib berilganligi, O‘rta Osiyo xonliklarini harbiy va ilmiy jihatdan o‘rganishga yuborilgan ekspedisiya a’zolari o‘lkaning strategik muhim va diqqatga sazavor joylarini fotosuratga tushirganliklari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda fotografiya san’ati tarixini o‘rganish davomida ishlab chiqilgan xulosa va takliflardan:
fotografiya fan va texnikaning rivojlanib borishi bilan bosqichma-bosqich taraqqiy qilib borganligi, har bir davrning xususiyati va jamiyatlarning talabi bo‘yicha o‘zgarib borganligi, Turkiston o‘lkasiga kelgan xorijlik fotograflar va ular tomonidan yaratilgan albomlarda XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy holat xolis ko‘rsatilganligi, Rossiya imperiyasi o‘lkani ilmiy o‘rganishni kuchaytirgandan so‘ng fotografiya faoliyati va vazifalariga katta e’tibor qaratganligi natijasida dastlabki mahalliy fotograflarning paydo bo‘lganligi kabi natijalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 – 2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 14-sentyabrdagi 265-son dalolatnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi mustaqillik sharoitida yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda fotografiyaning rolini ko‘rsatishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston hududiga fotografiyaning kirib kelish bevosita Rossiya imperiyasi istilosi bilan bog‘liq bo‘lib, O‘rta Osiyo xonliklarini harbiy va ilmiy jihatdan o‘rganishga yuborilgan ekspedisiya a’zolari o‘lkaning strategik muhim va diqqatga sazovor joylarini fotosuratga tushirganliklari, O‘rta Osiyo xususan O‘zbekistondagi tarixiy obidalarning professional va havaskor fotograflar tomonidan suratga tushirilib, ular dastlab Moskva, Sankt-Peterburg, keyinroq Parij va Vena shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etilishi, evropalik fotograf va tadqiqotchilarni o‘lkaga qiziqishlari oshishiga sabab bo‘lganligi, Rossiya imperiyasi ma’murlari O‘rta Osiyoda fotografiyaning rivojlanishiga xayrixoh bo‘lgan bo‘lsalar-da, ammo ba’zida fotograflarni qat’iy nazoratga olib turganliklari va hatto maxsus ruxsatnomasi bo‘lmagan fotograflarga strategik muhim obektlar, chegara hududlarida suratga olishlarini qat’iyan man etganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining 2021 – 2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining 2022-yil 16-noyabrdagi 01-05/08-1980 raqamli dalolatnomasi). Bu yosh avlodni milliy madaniy merosni e’zozlash ruhida tarbiyalashga hamda aholi ma’naviy, axloqiy, madaniy darajasini yanada oshirishga xizmat qilgan;
Rossiya imperiyasining o‘lkada hukmronligining dastlabki yillarida fotografiya ishlarini rivojlantirishga e’tibor bermaganligi, saqlangan fototasvirlarda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot aks etganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 12-oktyabrdagi 433-545-434-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasidagi fotografiya san’ati tarixi bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lgan;
O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekistondagi tarixiy obidalarning professional va havaskor fotograflar tomonidan suratga tushirilib, ular dastlab Moskva, Sankt-Peterburg, keyinroq Parij va Vena shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etilishi, evropalik fotograf va tadqiqotchilarni o‘lkaga qiziqishlari oshishiga sabab bo‘lganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining konferensiya, seminar, davra suhbatlari, ko‘rgazmalar hamda turli tashviqot-targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022-yil 21-oktyabrdagi 14-07-1832-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar talaba-yoshlarning Turkiston o‘lkasida faoliyat olib borgan soha fidoyilar xizmatlarini chuqur anglashiga yordam bergan.