Qo‘ldasheva Shaxnoza Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarining shakllanishi va rivojlanishida divergent va konvergent belgilarining evolyutsiyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3161.
Ilmiy rahbar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Egamnazarova Durdona Shuxratillaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi german va turkiy tillarining shakllanishi jarayonida divergensiya va konvergensiya hodisalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til evolyutsiyasining sodir bo‘lishida ijobiy va salbiy qonuniyatlar, moddiy borliq bilan aloqa natijasida paydo bo‘ladigan har qanday analogiya, xususan tilning fonetik, grammatik, leksik sathlarida ro‘y bergan divergent va konvergent o‘zgarishlar mazkur tillarning boshqa tillardan farqlashga xizmat qiluvchi muhim omil ekanligi asoslangan;
tillararo divergensiya hodisasi tilning fonologik tizimida, til jamoasida turli unli va undosh tovushlar qo‘llanilishi natijasida tovushlar alternasiyasi sodir bo‘lishi, tilning bir sifat holatidan boshqa bir sifat bosqichiga o‘tishi, fonemik va morfemik o‘zgarishlar, til grammatik qurilishida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga maksimal darajaga ta’sir qilishi, shuningdek ekstralingvistik omillarga ko‘ra tilda so‘zlashuvchilar qanchalik ko‘p guruhlarni tashkil etsa, tilning divergensiyaga bo‘lgan potentsiali yuqori bo‘lishi asoslangan;
glottogonik va strukturaviy-diaxronik konvergensiya va divergensiya jihatlari, ularning kontakt, substrat, superstrat va adstrat turlari, muloqot jarayonida kuzatiladigan ko‘plab spontan (o‘z-o‘zidan, kutilmaganda sodir bo‘ladigan hodisa xaqida) o‘zgarishlar va shu tilda so‘zlashuvchi turli individlar tomonidan kiritilgan leksik va talaffuzga oid innovatsiyalar divergensiyaga sabab bo‘la olmasligi, balki tildagi divergensiyaga faqat til tizimi tomonidan asoslanib, til taraqqiyotining umumiy yo‘nalishiga mos keladigan o‘zgarishlargina sabab bo‘lishi isbotlangan;
konvergensiya bir martalik, divergensiya esa doimiy hodisalar sifatida avtonom xususiyatga ega ekanligi tilda divergensiya hodisasining sodir bo‘lishida muayyan bir tilda so‘zning okkazional ma’nosi uzual ma’noga, abstrakt sema konkret semaga aylanishi bir-birini sodir bo‘lishini taqozo etadigan hodisalar ekanligini ochib berish orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilining shakllanishi va rivojlanishida umumgerman divergent va konvergent belgilarining va o‘zbek tilining shakllanishi va rivojlanishida umumturkiy divergent va konvergent belgilarning evolyuesiyasini atroflicha tizim tarzida amalga oshirilgan tahlil davomida ishlab chiqilgan lingvogenetik takliflar asosida:
til evolyutsiyasining sodir bo‘lishida ijobiy va salbiy qonuniyatlar, moddiy borliq bilan aloqa natijasida paydo bo‘ladigan har qanday analogiya, xususan tilning fonetik, grammatik, leksik sathlarida ro‘y bergan divergent va konvergent o‘zgarishlar mazkur tillarning boshqa tillardan farqlashga xizmat qiluvchi muhim omil ekanligiga oid ilmiy xulosalardan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funktsional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar Fanlar Ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 30 martdagi 59/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tilning leksik va grammatik qatlamlarida ro‘y bergan har qanday o‘zgarish bir tilni ikkinchi tildan farqlash omili, konvergensiya hodisasi to‘g‘risidagi nazariy va amaliy fikr-mulohazalar qoraqalpoq tili so‘z yasalish tizimining shaklanishi va rivojlanishini o‘rganish jarayonida ilmiy manbalarni boyitishga xizmat qilgan;
tillararo divergensiya hodisasi tilning fonologik tizimida, til jamoasida turli unli va undosh tovushlar qo‘llanilishi natijasida tovushlar alternasiyasi sodir bo‘lishi, tilning bir sifat holatidan boshqa bir sifat bosqichiga o‘tishi, fonemik va morfemik o‘zgarishlar, til grammatik qurilishida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga maksimal darajaga ta’sir qilishiga oid xulosalardan F-1-FA-0-13229 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funktsional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 1-martdagi 73/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar loyixa doirasida dasturlar tuzishda hamda qo‘llanmalar tayyorlashda, mavjud dasturlar va qo‘llanmalarning takomillashuviga keng foydalanilgan;
glottogonik va strukturaviy-diaxronik konvergensiya va divergensiya jihatlari, ularning kontakt, substrat, superstrat va adstrat turlari, muloqot jarayonida kuzatiladigan ko‘plab spontan (o‘z-o‘zidan, kutilmaganda sodir bo‘ladigan hodisa xaqida) o‘zgarishlar va shu tilda so‘zlashuvchi turli individlar tomonidan kiritilgan leksik va talaffuzga oid innovatsiyalarga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 2020-2022 yillarda o‘tkazilgan “Erudit” innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining 2022 yil 3 martdagi 10/399-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar loyiha doirasida dasturlar tuzishda hamda (izohli) o‘quv lug‘atini yaratishda keng foydalanilgan;
konvergensiya bir martalik, divergensiya esa doimiy hodisalar sifatida avtonom xususiyatga ega ekanligi tilda divergensiya hodisasining sodir bo‘lishida muayyan bir tilda so‘zning okkazional ma’nosi uzual ma’noga, abstrakt sema konkret semaga aylanishiga doir taklif va xulosalardan F-1-FA-0-13229 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funktsional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 1-martdagi 73/1-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan materiallar undosh va unli tovushlar altnernatsiyasi (bir qolip asosida almashinish), tovushlar ko‘chishi, fonemalarda sifat va miqdor o‘zgarishi, morfemalar tarkibidagi o‘zgarishlar, so‘z o‘zak strukturasidagi o‘zgarishlar, so‘z birikmasi va gap strukturasidagi o‘zgarishlar ingliz va o‘zbek tillarini o‘rganish va o‘qitish jarayonida keng foydalanilgan.