Abduvaxabova Dilnoza Nurmaxamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy tarjima matnlarida emotivlik kategoriyasining ifodalanishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. (ingliz tili, filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil833.
Ilmiy rahbar: Tuxtaxodjaeva Nargiza Akmalovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘htasinov Ilxom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tilidagi badiiy asarlar tarjimalarida emotivlik kategoriyasiga oid til birliklarning namoyon bo‘lish usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy matnlardagi his-tuyg‘uni ifodalovchi leksemalarning turli til sathlarida namoyon bo‘lish usullari, ularning leksik-semantik tuzilishi hamda ingliz va o‘zbek tillari tarjima aspektidagi muqobillik darajasiga asoslangan lingvostilistik xususiyatlari aniqlangan;
badiiy matnning pragmatik qiymatini tarjimada qayta yaratishda lingvo-semantik va kommunikativ omillarning ustuvorligi badiiy matn va undagi emotiv so‘zlarning pragmatik-kommunikativ jihatlari hamda muallifning pragmatik intensiyasini ochib berish orqali asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi emotiv vositalarning frazeologik birliklar orqali namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlash orqali ularning tarjimasida so‘zma-so‘z tarjima, analog tarjima, tasviriy va muqobil tarjima usullaridan foydalanish adekvat tarjimaning yuzaga keltirishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida his-hayajonni ifodalovchi emotiv lisoniy birliklarning badiiy matnlarda metafora, o‘xshatish, mubolag‘a kabi stilistik vositalar orqali namoyon bo‘lishi xususiyatlarining ikki tildagi tarjimada berilish usullari va strategiyalari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy tarjima matnlarida emotivlik kategoriyasining ifodalanishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar yuzasidan:
badiiy matnlardagi his-tuyg‘uni ifodalovchi leksemalarning turli til sathlarida namoyon bo‘lish usullari, ularning leksik-semantik tuzilishi hamda ingliz va o‘zbek tillari tarjima aspektidagi lingvostilistik xususiyatlari natijalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining PZ-20190602 raqamli “O‘zbek tilidagi matnli axborotlarni tahlil qilish va tasniflash tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 89-03-5211-son ma’lumotnomasi). Natijada tahliliy xulosalar emotivlik kategoriyasiga oid so‘zlarning leksikologiya va stilistika sohasininig tadqiqot ko‘lamini kengaytirgan hamda loyiha doirasida yaratilgan o‘quv-metodik majmualar va ularning elektron nusxalarini boyitishga xizmat qilgan;
badiiy matnning pragmatik qiymatini tarjimada qayta yaratishda lingvo-semantik va kommunikativ omillarning ustuvorligi badiiy matn va undagi emotiv so‘zlarning pragmatik-kommunikativ jihatlarini muallifning pragmatik intensiyasiga oid natijalaridan JEJU National University (Koreya)da bajarilgan No.2017-0-00526 raqamli “The Development of a Truthful Human Face Defection System from Media based on the hidden relationships between Verbal and Non-verbal Cues” fundamental loyihasida foydalanilgan (JEJU milliy universiteti, Koreya, 2020 yil 22 dekabrdagi 2017-0-00526-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ishning tahliliy umumlashmalari loyiha doirasida yaratilgan materiallarning lisoniy, semantik, lingvokul'turologik, lingvopragmatik jihatdan takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi emotiv vositalarning frazeologik birliklar orqali namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlash orqali ularning tarjimasida so‘zma-so‘z tarjima, analog tarjima, tasviriy va muqobil tarjima usullari hamda emotivlik kategoriyasiga oid so‘z va frazeologik birliklarning ingliz tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimalariga oid xulosalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining PZ-20190602 raqamli “O‘zbek tilidagi matnli axborotlarni tahlil qilish va tasniflash tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 89-03-5211-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan o‘quv-metodik majmualarning elektron nusxalarini boyitishga xizmat qilgan.