Akramova Gulbahor Renatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish asosida ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Ped36.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy maslahatchi: Safarova Roxatoy Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ro‘zieva Dilnoza Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurini rivojlantirish asosida ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni aniqlash va ularni nazariy jihatdan asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish va ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash imkoniyatlari ijtimoiy holatni xolis baholash, intellektual salohiyatni oshirish, o‘zaro munosabatlar amaliyligiga yo‘naltirilgan zamonaviy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda standart va nostandart vaziyatlarda pedagogik muammolarning ratsional echimini topishga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;
o‘quvchilarning ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etish qobiliyati ijodiy, tanqidiy va mantiqiy fikrlash imkoniyatlarini kuzatuv natijasida aniqlash, yangi vaziyatlarga tez moslashish, mantiqiy-asosli xulosalar chiqarish hamda global rivojlanish talablariga to‘g‘ri adaptatsiya bo‘lish imkoniyatlarini adekvat baholash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish jarayoni hamkorlikda ijtimoiy-ijodiy faoliyat yuritishga ustuvorlik berish hamda fikrlash strategiyalari samaradorligini bosqichma-bosqich aniqlash va tanqidiy mushohada ko‘nikmalarini faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash mezonlari ijodiy fikrlash jarayonini maqsadli o‘rganish, o‘z fikrini asosli va batafsil ifodalash, fuqarolik pozisiyasini aniq belgilash hamda hissiyotlarni analitik-tahliliy xulosalash va real voqelikka adekvat moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish samaradorligi hayotiy qarorlar qabul qilish, dalillarni qiyosiy tekshirish, ijtimoiy vaziyatlarni boshqarish, o‘z-o‘zini anglash, empatiya, sog‘lom munosabat hamda mantiqiy xulosalar chiqarish hamda intellektual nutqiy bahs-munozarada faollik ko‘rsatish va nizolarni konstruktiv bartaraf etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish asosida ularni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash tizimini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish va ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash imkoniyatlari ijtimoiy holatni xolis baholash, intellektual salohiyatni oshirish, o‘zaro munosabatlar amaliyligiga yo‘naltirilgan zamonaviy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda standart va nostandart vaziyatlarda pedagogik muammolarning ratsional echimini topishga ustuvorlik berish asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 2-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-33 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish asosida ularni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash tizimi ilmiy-nazariy yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilishga erishilgan;
o‘quvchilarning ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etish qobiliyati ijodiy, tanqidiy va mantiqiy fikrlash imkoniyatlarini kuzatuv natijasida aniqlash, yangi vaziyatlarga tez moslashish, mantiqiy-asosli xulosalar chiqarish hamda global rivojlanish talablariga to‘g‘ri adaptatsiya bo‘lish imkoniyatlarini adekvat baholash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan singdirildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 2-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-33 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish asosida ularni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash strategiyalari, zamonaviy texnologiyalari takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish jarayoni hamkorlikda ijtimoiy-ijodiy faoliyat yuritishga ustuvorlik berish hamda fikrlash strategiyalari samaradorligini bosqichma-bosqich aniqlash va tanqidiy mushohada ko‘nikmalarini faollashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 2-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-33 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish asosida ularni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash tizimini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
o‘quvchilarni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash mezonlari ijodiy fikrlash jarayonini maqsadli o‘rganish, o‘z fikrini asosli va batafsil ifodalash, fuqarolik pozisiyasini aniq belgilash hamda hissiyotlarni analitik-tahliliy xulosalash va real voqelikka adekvat moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 2-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-33 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish asosida ularni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash tizimi samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish samaradorligi hayotiy qarorlar qabul qilish, dalillarni qiyosiy tekshirish, ijtimoiy vaziyatlarni boshqarish, o‘z-o‘zini anglash, empatiya, sog‘lom munosabat hamda mantiqiy xulosalar chiqarish hamda intellektual nutqiy bahs-munozarada faollik ko‘rsatish va nizolarni konstruktiv bartaraf etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 2-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-33 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish imkoniyatini samarali aniqlashga erishilgan.