Xasanov Akrom Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim tashkiloti talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish (nemis tili misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3476.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari tafakkur tarzi, nutqning rivojlanganligi, harakat sur’ati, idrok etish imkoniyatini hisobga hisobga olish hamda shaxslararo munosabatlar madaniyatiga tizimli ta’sir ko‘rsatish darajasini va individual rivojlanish parametrlarini maqsadli aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tashkiliy-boshqaruv va ijodiy-muloqot kompetensiyasini ta’lim maqsadlariga mos rivojlantirish hamda verbal va noverbal muloqot shakllarining integratsiyalash imkonini beruvchi kommunikativ-yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalarini fan mazmuniga oddiydan murakkabga qarab integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari yangi ma’lumotlarni maqsadli va faol o‘zlashtirish, voqelik haqidagi yangi nazariy bilimlarni darajalash hamda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini oddiydan-murakkabga qarab shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi nazariy-lingvistik, ijtimoiy-madaniy, predmetli-kognitiv omillar yaxlitligini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda o‘z loyihalarini ishlab chiqish ko‘nikmasiga proporsional moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari tafakkur tarzi, nutqning rivojlanganligi, harakat sur’ati, idrok etish imkoniyatini hisobga hisobga olish hamda shaxslararo munosabatlar madaniyatiga tizimli ta’sir ko‘rsatish darajasini va individual rivojlanish parametrlarini maqsadli aniqlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar “Deusch” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitetining 2022-yil 25-fevraldagi 8-son buyrug‘iga asosan berilgan 492 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyarini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tashkiliy-boshqaruv va ijodiy-muloqot kompetensiyasini ta’lim maqsadlariga mos rivojlantirish hamda verbal va noverbal muloqot shakllarining integratsiyalash imkonini beruvchi kommunikativ-yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalarini fan mazmuniga oddiydan murakkabga qarab integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Deusch” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitetining 2022-yil 25-fevraldagi 8-son buyrug‘iga asosan berilgan 492 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishni rag‘batlantirishning tashkiliy-pedagogik shartlari aniqlangan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari yangi ma’lumotlarni maqsadli va faol o‘zlashtirish, voqelik haqidagi yangi nazariy bilimlarni darajalash hamda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini oddiydan-murakkabga qarab shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Deusch” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitetining 2022-yil 25-fevraldagi 8-son buyrug‘iga asosan berilgan 492 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish modelining mazmunini aniqlash imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi nazariy-lingvistik, ijtimoiy-madaniy, predmetli-kognitiv omillar yaxlitligini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda o‘z loyihalarini ishlab chiqish ko‘nikmasiga proporsional moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Deusch” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitetining 2022-yil 25-fevraldagi 8-son buyrug‘iga asosan berilgan 492 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tadqiqotchilik ko‘nikmalarining rivojlanganligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqish imkoni kengaytirilgan.