Mamanov Jamoliddin Abduraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar ma’naviy madaniyatini shakllantirishda milliy mentalitetning o‘rni”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal192.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nasiba Bo‘ranovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor; Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarning ma’naviy madaniyatini shakllantirishga ta’sir etuvchi mikro va makro muhitning milliy mentalitet bilan mutanosibligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarning ma’naviy madaniyatida shaxsiy fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga makro va mikro muhitning ikkiyoqlama ta’siri natijasida o‘z o‘zini anglashi, ularning ijtimoiy faolligi, maqsadli faoliyatini tashkil etish, hayotning ma’nosini bilishi va milliy mentalitetida optimistik yoki pessimistik ruhni aks ettirishi asoslangan;
O‘zbekiston ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘zbek milliy mentalitetidagi globallashuv ta’sirida axborot iste’moli bilan bog‘liq salbiy va bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, hamjihatlik kabi ijobiy xususiyatlar yoshlar ma’naviy madaniyatiga ikki tomonlama ta’sirini asoslash orqali ularda shaxsiy pozisiyani shakllantirish lozimligi isbotlangan;
ma’lum geografik muhit sharoitida shakllangan ishlab chiqarish usuli milliy mentalitet vositasida ma’naviy madaniyat, shuningdek, milliy g‘oya, oila, mahalla orqali milliy mentalitet transformatsiyasi natijasida ishlab chiqarish usulining o‘zgarishiga pragmatik jihatdan ta’siri ochib berilgan;
yoshlarda milliy identiklikni saqlash, optimistik ruhni yuksaltirish va ularni turli zararli ta’sirlardan asrashning zururiyati hamda madaniy sohada faoliyat ko‘rsatayotgan va ma’naviy merosimizga hurmat ruhini shakllantirayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning globallashuv sharoitidagi an’anaviy va innovatsion usullari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar ma’naviy madaniyatini shakllantirishda milliy mentalitetning o‘rnini o‘rganishga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yoshlarning ma’naviy madaniyatida shaxsiy fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga makro va mikro muhitning ikkiyoqlama ta’siri natijasida o‘z o‘zini anglashi, ularning ijtimoiy faolligi, maqsadli faoliyatini tashkil etish, hayotning ma’nosini bilishi va milliy mentalitetida optimistik yoki pessimistik ruhni aks ettirishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” telekanalining “Sport vaqti” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” telekanalining 2023-yil
28-martdagi 01-02-206-son ma’lumotnomasi). Natijalar “Sport vaqti” ko‘rsatuvining yoshlar ma’naviy tarbiyasiga beradigan ijobiy ta’siri oshgan;
O‘zbekiston ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘zbek milliy mentalitetidagi globallashuv ta’sirida axborot iste’moli bilan bog‘liq salbiy va bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, hamjihatlik kabi ijobiy xususiyatlar yoshlar ma’naviy madaniyatiga ikki tomonlama ta’sirini asoslash orqali ularda shaxsiy pozisiyani shakllantirish lozimligi borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-yil rejasining 5-bob,
34-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 11-apreldagi 108-son ma’lumotnomasi). Natijalar ma’naviyat va ma’rifat markazining viloyat va tuman bo‘limlarida yoshlarning turli musobaqalarni tashkil etish va ularning bilimlardan foydalanish malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
ma’lum geografik muhit sharoitida shakllangan ishlab chiqarish usuli milliy mentalitet vositasida ma’naviy madaniyat, shuningdek, milliy g‘oya, oila, mahalla orqali milliy mentalitet transformatsiyasi natijasida ishlab chiqarish usulining o‘zgarishiga pragmatik jihatdan ta’sir etishiga oid amaliy takliflardan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bakalavr bosqichi talabalariga «Falsafa», «Sport sosiologiyasi» fanlarini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 03-12-02/3479-son ma’lumotnomasi). Natijalar talaba yoshlarning fanlarni o‘zlashtirish va egallangan bilimlardan ijtimoiy hayotda foydalanish malakalarini shakllanishiga xizmat qilgan.
yoshlarda milliy identiklikni saqlash, optimistik ruhni yuksaltirish va ularni turli zararli ta’sirlardan asrashning zururiyati hamda madaniy sohada faoliyat ko‘rsatayotgan va ma’naviy merosimizga hurmat ruhini shakllantirayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning globallashuv sharoitidagi an’anaviy va innovatsion usullari oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining  yoshlarning ma’naviy-madaniy ongini oshirish bo‘yicha loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 27-martdagi 4-13-21-765-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning ma’naviy madaniyatida milliy mentalitetning o‘ziga xos xususiyatlarining namoyon bo‘lishi va ularda dahldorlik tuyg‘usining shakllanishiga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish