Ibotova Nasiba Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ibrohim Mo‘minov ilmiy-falsafiy merosining umuminsoniy ahamiyati”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal890.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yunusova Gulandom Samievna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Xandamova Ma’rifat Akramovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ibrohim Mo‘minov ma’naviy merosining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlar taraqqiyotidagi o‘rni va umumbashariy ahamiyatini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibrohim Mo‘minov tug‘ilib-o‘sgan, voyaga etgan ziyolilar muhiti davr kontekstida o‘rganilib, alloma dunyoqarashining shakllanishida Ahmad Donishning roli katta ekanligi argumentlash asosida isbotlangan hamda shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimini tartibga solishda akademik olimning ijtimoiy-falsafiy, axloqiy qarashlari umuminsoniy xarakterga egaligi aniqlangan;
Ibrohim Mo‘minovning ilmiy-falsafiy merosida Mirzo Abdulqodir Bedil va Abu Rayhon Beruniy ijodining umumestetik va fan hodisasi sifatida o‘zbek falsafasidagi ahamiyati asoslangan;
Ibrohim Mo‘minov ma’naviy merosida ilgari surilgan ijtimoiy faollik, milliy o‘zlikni anglash, tarix haqiqati kabi gumanistik g‘oyalari Amir Temur shaxsiyati va Ali Qushchi ilmiy merosi misolida yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini yanada rivojlantirishga qaratilganligi mantiqiy asoslangan;
Ibrohim Mo‘minovning ma’naviy-axloqiy, ilmiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-falsafiy, siyosiy qarashlari zamonaviy ta’lim-tarbiyani shakllantirishda konstruktiv, ya’ni samaraviy va o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi muhim omil ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ibrohim Mo‘minov ilmiy-falsafiy merosining umuminsoniy ahamiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Ibrohim Mo‘minov tug‘ilib-o‘sgan, voyaga etgan ziyolilar muhiti davr kontekstida o‘rganilib, alloma dunyoqarashining shakllanishida Ahmad Donishning roli katta ekanligi argumentlash asosida isbotlangan hamda shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimini tartibga solishda akademik olimning ijtimoiy-falsafiy, axloqiy qarashlari umuminsoniy xarakterga egaligiga doir xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining yoshlarning ajdodlar merosini o‘rganish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir tadbirlarida, xususan, muntazam o‘tkazilib kelinayotgan “Zakovat” va “Munozara” kabi intellektual o‘yinlarining savollarini hamda ko‘rik-tanlov, loyiha va targ‘ibot tadbirlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 17-martdagi 3-13-21-692-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozisiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish, notiqlik mahoratini yanada shakllantirishga xizmat qilgan;
Ibrohim Mo‘minovning ilmiy-falsafiy merosida Mirzo Abdulqodir Bedil va Abu Rayhon Beruniy ijodining umumestetik va fan hodisasi sifatida o‘zbek falsafasida birinchi marta ilmiy ahamiyatiga oid ilmiy-nazariy fikr-mulohazalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 2020-2022-yillarda imom-xatiblar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining islom tarixi, bag‘rikenglik va uning dinlardagi mohiyati kabi mavzularda o‘quv mashg‘ulotlari materiallari mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 26-yanvardagi 02/37-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi davrda yuksak insoniy g‘oyalar va muqaddas qadriyatlarni o‘zida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, yoshlarning ruhiy-ma’naviy muhit va betakror meros asosida bilim va tajriba, kasb malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni amalga oshirish, kataloglar, albomlar, ilmiy-metodik manbalar bazasini boyitishga xizmat qilgan;
Ibrohim Mo‘minov ma’naviy merosida ilgari surilgan ijtimoiy faollik, milliy o‘zlikni anglash, tarix haqiqati kabi gumanistik g‘oyalari Amir Temur shaxsiyati va Ali Qushchi ilmiy merosi misolida yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini yanada rivojlantirishga qaratilganligiga doir yangiliklar va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-FI-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 yy) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 7-apreldagi 159/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibrohim Mo‘minovning falsafiy qarashlarida islohotchilik g‘oyalarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati va ijtimoiy hayotda yosh avlod kamolotiga bo‘lgan munosabat natijalari falsafiy nuqtayi nazardan rivojlantirishga xizmat qilgan;
Ibrohim Mo‘minovning ma’naviy-axloqiy, ilmiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-falsafiy, siyosiy qarashlari zamonaviy ta’lim-tarbiyani shakllantirishda konstruktiv, ya’ni samaraviy va o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi muhim omil ekanligiga oid taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yilda efirga uzatilgan “Assalom, Buxoro”, “Yonimizdagilar”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlari hamda “Qadriyatlar – qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-martdagi 02-09-64-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibrohim Mo‘minov ma’naviy merosida ilgari surilgan ijtimoiy faollik, milliy o‘zlikni anglash, tarix haqiqati kabi gumanistik g‘oyalar, Amir Temur shaxsiyati va Ali Qushchi ilmiy merosi misolida yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini yanada rivojlantirishga qaratilganligi to‘g‘risidagi ilmiy fikrlar teleko‘rsatuvlar va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvlarning ilmiy ommabopligi ta’minlanishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish