Hamroev Saidjon Sanoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston xalqining milliy yuksalishida adolatparvarlikni qaror toptirishning ijtimoiy qonuniyatlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 –Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal816.
Ilmiy rahbar (maslahatchi)ning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor; Bekmurodova Gulshod Hayitovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy yuksalish sharoitida adolatparvarlikni qaror toptirish qonuniyatlarining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adolatparvarlikka oid konsepsiyalarning ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish, manfaatlarni himoya qilish va muvozanatni ta’minlash, huquq va erkinliklarni himoyalash, g‘oya va mafkuraga oid ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari, qonun ustuvorligi, ijtimoiy taqsimot, erkinlik, ta’lim, salomatlik, madaniy rivojlanish kabi mexanizmlari va zamonaviy jamiyatda teng imkoniyat, ehtiyoj, ijtimoiy kafolat, mutanosiblik, rag‘batlantirish kabi namoyon bo‘lish me’yorlari ochib berilgan;
Sharq va G‘arb ijtimoiy-ma’naviy merosida adolat va adolatparvarlikka oid g‘oya va qarashlarning demokratik plyuralizm va yakdillik, sotsium manfaatlari va umumsivilizatsiyaviy qadriyatlar ustuvorligiga oid nazariy-metodologik ahamiyati, inson hayotida subordinatsion va ierarxik, boshqaruvda axloqiy-ma’naviy me’yorlarga rioya etish va konsensusga erishuv kabi namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda spiritualistik, istorisizm, ratsionalistik va gumanistik rivojlanish bosqichlari aniqlashtirilgan;
ijtimoiy davlat va fuqarolik jamiyati sharoitida adolatparvarlikning bandlikni ta’minlash, moddiy boyliklarni byudjet asosida muvozanatlash va ijtimoiy faoliyatni olib boorish kabi ustuvor yo‘nalishlari, yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish, aholi daromadlarini oshirish, tug‘ilish va umr koʻrish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ijtimoiy adolat bilan olib borish dolzarbligi, kambag‘allikni kamaytirish, aholi turmush darajasini oshirish va ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish kabi ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish zarurati asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlatni barpo etishda adolatparvarlik tamoyillarining “ikkinchi avlod inson huquqlari” (ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy) ta’minlash kabi funksional xususiyatlari, ularni amalga oshirishning ijtimoiy ta’minot, daromadlarni taqsimlash, turmush darajasining minimumini belgilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi mexanizmlari hamda xalq farovonligini ta’minlash, ijtimoiy himoyalanganlik to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va erkinlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston xalqining milliy yuksalishida adolatparvarlikni qaror toptirishning ijtimoiy qonuniyatlarini tadqiq etish doirasida ishlab chiqilgan xulosalar asosida:
adolatparvarlikka oid konsepsiyalarning ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish, manfaatlarni himoya qilish va muvozanatni ta’minlash, huquq va erkinliklarni himoyalash, g‘oya va mafkuraga oid ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari, qonun ustuvorligi, ijtimoiy taqsimot, erkinlik, ta’lim, salomatlik, madaniy rivojlanish kabi mexanizmlari va zamonaviy jamiyatda teng imkoniyat, ehtiyoj, ijtimoiy kafolat, mutanosiblik, rag‘batlantirish kabi namoyon bo‘lish me’yorlariga oid nazariy umumlashma va xulosalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan PZ-202005236-raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” (2021-2022 yy) mavzusidagi innovasion-tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023 yil 24 maydagi 01-04/01/1243-son ma’lumotnomasi) Natijada, oilada farzand tarbiyasini, yoshlarda adolatparvarlik tamoyillarini qadrlash, ularga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan;
Sharq va G‘arb ijtimoiy-ma’naviy merosida adolat va adolatparvarlikka oid g‘oya va qarashlarning demokratik plyuralizm va yakdillik, sotsium manfaatlari va umumsivilizatsiyaviy qadriyatlar ustuvorligiga oid nazariy-metodologik ahamiyati, inson hayotida subordinatsion va ierarxik, boshqaruvda axloqiy-ma’naviy me’yorlarga rioya etish va konsensusga erishuv kabi namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda spiritualistik, istorisizm, ratsionalistik va gumanistik rivojlanish bosqichlariga doir xulosalar va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturining II. “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari” yuzasidan “Uchinchi Renessans – ma’rifatli jamiyat sari” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 23 maydagi 02-11/471-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirishga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali etkazish, “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishga xizmat qilgan;
ijtimoiy davlat va fuqarolik jamiyati sharoitida adolatparvarlikning bandlikni ta’minlash, moddiy boyliklarni byudjet asosida muvozanatlash va ijtimoiy faoliyatni olib boorish kabi ustuvor yo‘nalishlari, yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish, aholi daromadlarini oshirish, tug‘ilish va umr koʻrish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ijtimoiy adolat bilan olib borish dolzarbligi, kambag‘allikni kamaytirish, aholi turmush darajasini oshirish va ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish kabi ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ustav va dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jumladan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yil 1 noyabrdagi VI S’ezdida tasdiqlangan Dasturining II. “Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari” bandi, IV. “Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustuvor yo‘nalishlari” bandi hamda VI. “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar” bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2023 yil 29 maydagi 02/02-29-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarni belgilash, partiya tizimidagi hodimlarning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirishda nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlatni barpo etishda adolatparvarlik tamoyillarining “ikkinchi avlod inson huquqlari” (ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy) ta’minlash kabi funksional xususiyatlari, ularni amalga oshirishning ijtimoiy ta’minot, daromadlarni taqsimlash, turmush darajasining minimumini belgilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi mexanizmlari hamda xalq farovonligini ta’minlash, ijtimoiy himoyalanganlik to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va erkinlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlariga oid ilmiy xulosa va amaliy takliflardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yilda efirga uzatilgan “Assalom Buxoro” va “Sakkizinchi moʻjiza” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda va tadqiqotchi bilan suhbat olib borishda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023 yil 23 maydagi 02-09-134-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlatni barpo etishda adolatparvarlik tamoyillari, ijtimoiy davlat va fuqarolik jamiyati sharoitida adolatparvarlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari va yoshlarni adolatparvarlik ruhida tarbiyalashning vazifalariga oid xulosalar teleko‘rsatuvlar mazmuni boyishiga, ularning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish