Rajabov Alisher Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mirbobo Naqshbandiyning ijtimoiy va axloqiy qarashlari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal725.
Ilmiy rahbar (maslahatchi)ning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zoyirov Erkin Xalilovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Siddiqov Ilyosjon Baxromovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mirbobo Naqshbandiy ma’naviy merosidagi ijtimoiy-axloqiy g‘oyalarning yosh avlodni tarbiyalashdagi falsafiy ahamiyatini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mirbobo Naqshbandiyning “Mir’otus solikiyn” asaridagi insoniylik, bag‘rikenglik, ijtimoiy mas’uliyat, kasb-kor qilish g‘oyalarining “hind musulmon jamiyati”da ijtimoiy-madaniy jarayonlar beqarorligini keltirib chiqaruvchi antigumanistik, noadekvat tabaqalashuv, millatchilik illatlari ta’sirining oldini olishda hamda komil shaxs qiyofasini shakllantirishda substansional asosga ega ekanligi asoslangan;
“Mir’otus solikiyn” asarida ilgari surgan “sir zikri”, “ruh zikri” xususidagi g‘oyalarining botiniy va zohiriylik uyg‘unligi naqshbandiya tariqati tamoyillari va bugungi davr xarakteriga adekvat ekanligi dalillangan;
buzg‘unchi g‘oyalar va soxta salafiy oqimlar ta’sirida shakllanayotgan “axloqsizlik”, “radikalizm” xurujlariga qarshi ma’naviy immunitetni oshirishda  Mirbobo naqshbandiy “Mir’otus solikiyn” asarida ilgari surgan amaliy axloqqa oid tamoyillar, ijtimoiy-axloqiy qarashlar va ma’naviy-irfoniy tavsiyalardan foydalanish zaruriyati asoslangan;
Naqshbandiya tariqati namoyandasi Mirbobo Naqshbandiyning qalb ka’basi, insoniy munosabatlar, murosa va irfon falsafasi haqidagi qarashlarining jamiyat ma’naviy barqarorligi, tariqat rivojining g‘oyaviy evolyusiyasiga xos konstruktiv ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mirbobo Naqshbandiyning ijtimoiy va axloqiy qarashlarini tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Mirbobo Naqshbandiyning “Mir’otus solikiyn” asaridagi insoniylik, bag‘rikenglik, ijtimoiy mas’uliyat, kasb-kor qilish g‘oyalarining “hind musulmon jamiyati”da ijtimoiy-madaniy jarayonlar beqarorligini keltirib chiqaruvchi antigumanistik, noadekvat tabaqalashuv, millatchilik illatlari ta’sirining oldini olishda hamda komil shaxs qiyofasini shakllantirishda substansional asosga ega ekanligiga doir xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtma asosida tayyorlangan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli ensiklopedik kitobining mazmuniga singdirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2023 yil 26 maydagi 02/247-son ma’lumotnomasi). Natijada, ensiklopediya mavzularini yanada takomillashtirishga hamda keng jamoatchilikka Mirbobo Naqshbandiyning ilmiy merosining ijtimoiy-axloqiy qarashlarini har tomonlama tahlil qilish va uning ijtimoiy-axloqiy mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
“Mir’otus solikiyn” asarida ilgari surgan “sir zikri”, “ruh zikri” xususidagi g‘oyalarining botiniy va zohiriylik uyg‘unligi naqshbandiya tariqati tamoyillari va bugungi davr xarakteriga adekvat ekanligiga doir yangiliklar va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106 son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) mavzudagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 12-yanvardagi 04/11-136-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Mirbobo Naqshbandiyning ijtimoiy-axloqiy qarashlarida bauon qilingan tasavvufiy-falsafiy va irfoniy g‘oyalar, ularda keltirilgan axloqqa, insonga oid qarashlar, diniy bag‘rikenglik va insoniylik g‘oualagining bugungi kundagi o’rni va ularning yo‘nalishlariga doir umummetodologik qarashlarning tizimlashtirilishiga xizmat qilgan;
buzg‘unchi g‘oyalar va soxta salafiy oqimlar ta’sirida shakllanayotgan “axloqsizlik”, “radikalizm” xurujlariga qarshi ma’naviy immunitetni oshirishda  Mirbobo naqshbandiy “Mir’otus solikiyn” asarida ilgari surgan amaliy axloqqa oid tamoyillar, ijtimoiy-axloqiy qarashlar va ma’naviy-irfoniy tavsiyalardan foydalanish zaruriyatiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining VI. “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash” yuzasidan “Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy taqiqotlar institutining 2023 yil 22 maydagi 194-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mirbobo Naqshbandiyning olam va odam haqidagi g‘oyalari hamda ijtimoiy-axloqiy qarashlari asosida falsafa, dunyo dinlarini qiyosiy o‘rganish, ma’naviyatshunoslik, axloqshunoslik kabi fanlarni o‘qitish jarayonida foydalanish bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan;
Naqshbandiya tariqati namoyandasi Mirbobo Naqshbandiyning qalb ka’basi, insoniy munosabatlar, murosa va irfon falsafasi haqidagi qarashlarining jamiyat ma’naviy barqarorligi, tariqat rivojining g‘oyaviy evolyusiyasiga xos konstruktiv ahamiyatiga doir ilmiy xulosa va takliflardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022-2023 yillarda efirga uzatilgan “Assalom Buxoro”, “Yoshlar vaqti”, “Najot bilimda”, “Zamondosh” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda va tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 23-maydagi 02-09-134-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mirbobo Naqshbandiyning ijtimoiy va axloqiy qarashlarini yangicha nazariy-uslubiy yondashuylardan kelib chiqqan holda yoshlarni barkamol, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishda, teletomoshabinlar ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish