Husenova Aziza Sharipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/Ped2610.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot:  Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirish metodikasiga oid pedagogik-psixologik xususiyatlari (kognitiv, hissiy, dunyoqarash va xulq-atvorga doir) fanga oid kompetensiyalar (o‘qib tushunish, tinglab tushunish), ijtimoiy o‘zaro tajriba aloqadorligi empirik baholash asosida aniqlashtirilgan;
ona tili va o‘qish darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirishning moslashuv bosqichlari (hissiy-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion) “o‘quv faoliyati=o‘qituvchi faoliyati+o‘quvchi faoliyati+ta’lim vositalari+ta’lim natijasi” kabi faoliyat tuzilmasi bilan internal (ichki) darajalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarini integratsiyalashda kreativ, faollik, reflektiv, empatik hamda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni bosqichma-bosqich shakllantirishning integrativ modeli o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirish mazmuni va shakli interfaol yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan;
ona tili va o‘qish darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirish metodikasining “muammoli vaziyat”, “pinbord”, “paradoks” va “loyihalash” kabi muammoli ta’lim texno¬logiyalari o‘quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantiruvchi motivatsion, kognitiv, refleksiya, “feed back” enerdjayzerlar hamda tafakkurni o‘stirishga undovchi usullar orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirish metodikasiga oid pedagogik-psixologik xususiyatlari (kognitiv, hissiy, dunyoqarash va xulq-atvorga doir) fanga oid kompetensiyalar (o‘qib tushunish, tinglab tushunish), ijtimoiy o‘zaro tajriba aloqadorligi empirik baholash aniqlashtirishga doir xulosalardan Buxoro davlat universitetining “PZ-202005236-raqamli Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” (2021-2022-y.y.) mavzusidagi innovatsion-tadqiqot loyihasini “Loyihaviy ta’lim vositasida ona tili darslarida ta’lim subektlari faoliyatini modellashtirishni takomillashtirishning ijtimoiy­psixologik omillari” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 23-maydagi 01/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili va o‘qish darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirishga erishilgan;
ona tili va o‘qish darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirishning moslashuv bosqichlari (hissiy-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion) “o‘quv faoliyati=o‘qituvchi faoliyati+o‘quvchi faoliyati+ta’lim vositalari+ta’lim natijasi” kabi faoliyat tuzilmasi bilan internal (ichki) darajalash asosida takomillashtirishga oid nazariyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi (Savod o‘ragatish metodikasi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyul sanasidagi 233-son buyrug‘i, 233-0353 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari shakllantirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirish mazmuni va shakli interfaol yondashuv asosida kreativ, faollik, reflektiv, empatik hamda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni bosqichma-bosqich shakllantirishning integrativ modelini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi (Savod o‘ragatish metodikasi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyul sanasidagi 233-son buyrug‘i, 233-0353 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, ona tili darslarida o‘qituvchi-o‘quvchi faoliyatini modellashtirish orqali o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalari rivojlantirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish