Tursunbaeva Feruza Fazilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda markaziy asab tizimini perinatal jarohatlanishida neyrospesifik omillarning klinik-tashxisiy ahamiyati», 14.00.09– Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib561.
Ilmiy rahbar: Nasirova Umida Feruzovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shaira Abdusalyamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xalmatova Barno Turdixodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda neyrospesifik omillarning markaziy asab tizimi perinatal shikastlanishi (MATPSh) shakllanishida klinik-tashxisiy ahamiyatini o‘rganish va ularni erta tashxisini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollarda antenatal davrida arterial gipertenziya, kamqonlik, egizak homilalik, fetoplatsentar etishmovchilik, infeksion-yallig‘lanish patologiyasi va preeklampsiya bo‘lgan holatlarda, muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlar tug‘ilishining yuqori nisbiy xavf darajasi kuzatilishi isbotlangan;
tug‘ruqdan keyingi beshinchi daqiqada chaqaloqning fiziologik holatini baholovchi Apgar shkalasi va markaziy asab tizimi shikastlanishining og‘irlik darajasini baholovchi Tompson shkalasining o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan, bu markaziy asab tizimi perinatal shikastlanishi og‘ir darajasi rivojlanish ehtimolligi yuqori va Tompson shkalasi bilan bosh miya tarkibiy qismlarni neyrovizual ko‘rinishida bevosita bog‘liqlik isbotlangan;
elektroensefalografiya tekshiruv usulida aniqlangan  PTӨ va STOP tranzitor to‘lqinlarni  34-36 xaftali bo‘lgan muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda saqlanishi nevrologik buzilishlarning ko‘rsatkichi bo‘lib uzoq davrda yuzaga kelishi mumkin, 32-33 xaftali bo‘lgan muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘tkir frontal to‘lqinlarning paydo bo‘lishi bosh miyaning elektr aktivligi patologik tus olganidan dalolat beradi, hamda muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda NSG ma’lumotlariga ko‘ra miya shikastlanishining xarakteri elektroensefalografiya tipiga nisbatan kuchli bevosita korrelyasion bog‘liqlik aniqlanishi isbotlangan;
gestatsiya yoshi 32-33 xaftali muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda MATPSh rivojlanishida ma’lumot beruvchi biokimyoviy marker vakuloendotelial omil (VEGF) past ko‘rsatkichlari, neyrospesifik enolaza (NSE) va neyrotrofik miya omili (BDNF)  yuqori ko‘rsatkichlar fonida, gestatsiya yoshi 34-36 xafta bo‘lgan chaqaloqlarga nisbatan nomoyon bo‘ldi, hamda NSE, BDNF, VEGF ko‘rsatkichlari va Tompson shkalasi o‘rtasidagi korrelyasiya bog‘liqlik markaziy asab tizimi  jarohatlanishini og‘ir darajasida yuqoriligi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 2 maydagi 03/858-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 11 noyabrdagi 03/2362-sonli xati yuborilgan.):
birinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda antenatal davrida arterial gipertenziya, kamqonlik, egizak homilalik, fetoplatsentar etishmovchilik, infeksion-yallig‘lanish patologiyasi va preeklampsiya bo‘lgan holatlarda, muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlar tug‘ilishining yuqori nisbiy xavf darajasi kuzatilishi Buxoro viloyati Vobkent tumani tibbiyot birlashmasining (tug‘ruq-chaqaloqlar bo‘limi) bo‘yicha 11.102022 yildagi № 63-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasining (tug‘ruq-chaqaloqlar bo‘limi) bo‘yicha  11.10.2022 yildagi № 47-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: og‘irlashgan akusherlik anamnezi kuzatilgan homiladorlarda antenatal omillarni erta bartaraf etish homilaga ta’sir etuvchi xavf omillarni kamaytirgan, shifo jarayonini tezlashtirgan va yotoq kunini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador ayollarda antenatal davrida kuzatilgan havf omillari umumiy amaliyot shifokori tomonidan birlamchi bo‘g‘imda o‘z vaqtida davo muolajalarni olib borish, muddatiga etmay tug‘iladigan chaqaloqlarni tug‘ruqdan keyin statsionarda davolanish uchun har bir bemorga sarflanadigan 63 000 so‘m, 60 nafar bemorga 3 780 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: homilador ayollarda antenatal davrida kuzatilgan havf omillarini erta tashxislash va tegishli davo choralarini o‘tkazilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 63 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tug‘ruqdan keyingi beshinchi daqiqada chaqaloqning fiziologik holatini baholovchi Apgar shkalasi va markaziy asab tizimi shikastlanishining og‘irlik darajasini baholovchi Tompson shkalasining o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan, bu markaziy asab tizimi perinatal shikastlanishi og‘ir darajasi rivojlanish ehtimolligi yuqori va Tompson shkalasi bilan bosh miya tarkibiy qismlarni neyrovizual ko‘rinishida bevosita bog‘liqlikni izohlab berilishi Buxoro viloyati Vobkent tumani tibbiyot birlashmasining (tug‘ruq-chaqaloqlar bo‘limi) bo‘yicha 11.102022 yildagi № 63-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasining (tug‘ruq-chaqaloqlar bo‘limi) bo‘yicha  11.10.2022 yildagi № 47-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda markaziy asab tizimi shikastlanishini baholovchi Tompson shkalasi tug‘ruqdan keyin qisqa vaqt ichida, bemor yotog‘ni o‘zida olib borilgan; • Tompson shkalasi yordamida yig‘ilgan ballar asosida markaziy asab tizimi og‘irlik darajasini aniqlanib bemorlarda samarali davolash taktikasini belgilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy  samaradorligi quyidagilardan iborat: • muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda markaziy asab tizimi shikastlanishini baholovchi Tompson shkalasi boshqa diagnostika usullariga nisbatan qisqa muddatni egallaydigan, kam harajat talab etadigan usul; • bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 26 kundan 17 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan  567 000 so‘mga kamaytirgan, shifoxonada bo‘lish davrining 9 kunga qisqrtirilishi hisobiga 60 ta chaqaloqni davolanishdan 34 020 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda markaziy asab tizimi shikastlanishini baholovchi Tompson shkalasini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 63 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik elektroensefalografiya tekshiruv usulida aniqlangan  PTӨ va STOP tranzitor to‘lqinlarni  34-36 xaftali bo‘lgan muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda saqlanishi nevrologik buzilishlarning ko‘rsatkichi bo‘lib uzoq davrda yuzaga kelishi mumkin, 32-33 xaftali bo‘lgan muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘tkir frontal to‘lqinlarning paydo bo‘lishi bosh miyaning elektr aktivligi patologik tus olganidan dalolat beradi, hamda muddatiga etmay tug‘ilgan  chaqaloqlarda NSG ma’lumotlariga ko‘ra miya shikastlanishining xarakteri elektroensefalografiya tipiga nisbatan kuchli bevosita korrelyasion bog‘liqlik aniqlanish usulini Buxoro viloyati Vobkent tumani tibbiyot birlashmasining (tug‘ruq-chaqaloqlar bo‘limi) bo‘yicha 11.102022 yildagi № 63-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasining (tug‘ruq-chaqaloqlar bo‘limi) bo‘yicha  11.10.2022 yildagi № 47-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda elektroensefalografiya tekshiruvini tug‘ruqdan keyin erta neonatal davrda o‘tkazilishi bosh miya etilishining buzilishini erta aniqladi; • taklif etilgan tekshiruv usuli muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda erta tashxislashda ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda bosh miya funksional holatini aniqlaydigan elektroensefalografiya usulini erta qo‘llash boshqa tekshiruv usullarga nisbatan (kam invaziv, xavfsiz, uyqu vaqtida olib boriladigan) samarali, erta davolash imkonini yaratgan (1 nafar bemor uchun 1 kunlik harajat 63 000 so‘mni tashkil etadi), elektroensefalografiya usulini qo‘llash, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash hisobiga 567 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi. Xulosa: muddatiga etmay tug‘ilgan   chaqaloqlarda bosh miya funksional holatini aniqlaydigan elektroensefalografiya usuli bilan tashxislash usulini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 63 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gestatsiya yoshi 32-33 xaftali muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda MATPSh rivojlanishida ma’lumot beruvchi biokimyoviy marker vakuloendotelial omil (VEGF) past ko‘rsatkichlari, neyrospesifik enolaza (NSE) va neyrotrofik miya omili (BDNF)  yuqori ko‘rsatkichlar fonida, gestatsiya yoshi 34-36 xafta bo‘lgan chaqaloqlarga nisbatan nomoyon bo‘ldi, hamda NSE, BDNF, VEGF ko‘rsatkichlari va Tompson shkalasi o‘rtasidagi korrelyasiya bog‘liqlik markaziy asab tizimi  jarohatlanishini og‘ir darajasida yuqoriligi isbotlangan usuli Buxoro viloyati Vobkent tumani tibbiyot birlashmasining (tug‘ruq-chaqaloqlar bo‘limi) bo‘yicha 11.102022 yildagi № 63-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasining (tug‘ruq-chaqaloqlar bo‘limi) bo‘yicha  11.10.2022 yildagi № 47-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda neyrospesifik oqsillarni immunoferment usulida aniqlanishi boshqa usullardan farq qilib o‘zining qisqa vaqt ichida diagnostik mezonlarini aniq ifodalagan va markaziy asab tizimi perinatal shikastlanishi rivojlangan chaqaloqlarda qo‘pol asoratlar rivojlanishini erta tashxislash, samarali davolash taktikasini belgilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: neyrospesifik oqsillarni immunoferment analizi usuli orkali tug‘ilgandan so‘ng aniqlanishi boshqa tekshiruv usullarga nisbatan samarali va bezarar usullardan bo‘lib qisqa muddatni egallashi  hisoblanib, erta davolashni belgilash imkonini yaratgan ( 1 nafar bemorning klinikada bir kunlik harajati o‘rtacha 63 000 so‘mni tashkil etadi), immunoferment analiz tekshirish usulini qo‘llash, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash hisobiga 3 780 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi. Xulosa:  muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda markaziy asab tizimi perinatal shikastlanishi rivojlanishini immunoferment analizi usuli bilan tashxislash usulini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 63 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish