Mamatkulova Moxigul Djaxangirovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sigmoidal kolpopoez operatsiyasidan keyingi artifisial qin prolapsi profilaktikasi va xirurgik davoni optimallashtirish” 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD /Tib1321.
Ilmiy raxbar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nodira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi artifisial qin devorlarining prolapsini jarrohlik davolash usulini takomillashtirish va neovagina prolapsini oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sigmasimon kolpopoezdan keyin artifisial qinning prolapsi rivojlanishining sabablari va chastotasi (ideopatik- 34%, og‘ir jismoniy zo‘riqishlar-29%, surunkali qabziyat-26%, surunkali yo‘tal-11%) aniqlangan;
sigmasimon kolpopoezdan keyin neovaginal prolaps darajasi POP-Q tasnifi bo‘yicha II darajasi 62,9% da, III daraja 17,1%da va IV darajasi 20% ayollarda uchrashi aniqlangan;
qin va bachadon aplaziyasi mavjud bo‘lganlarda artifisial qin prolapsi oldini olish uchun proksimal neovaginani promontoriumga mahkamlash (promontopeksiya) va o‘rta qismini bachadonning rudimentar bog‘lamlariga biriktirish (ligamentopeksiya) orqali sigmoidal kolpopoez operatsiyasi takomillashtirilgan;
qin va bachadon aplaziyasi mavjud bo‘lgan ayollarda takomillashtirilgan jarroxlik amaliyotini qo‘llash natijasida asoratlar chastotasi an’anaviy jarrohlikka nisbatan 5,5 baravar kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 2 iyun 33-son xulosasiga ko‘ra:
qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan ayollarda kasallikning asoratlarini va uchrash chastotasini kamaytirish uchun artifisial qinning prolapsi rivojlanishining sabablarini aniklash sigmoidal kol`popoez operatsiyasidan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtirgan. Samarqand viloyat Perinatal markazi bo‘yicha 05.10.2022 yildagi №118/1-sonli buyruq hamda Samarqand shahar Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasi bo‘yicha 03.11.2022 yildagi №121/1 buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan ayollarni davolash va operatsiyadan oldin va keyingi davrlarda olib borish taktikasi uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali bemorlarni ana’naviy operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish, davolash va hayot sifati yaxshilashga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan ayolning ambulator akusher-ginekolog kurigi uchun 26 000 sum miqdorida mablag‘ sarflandi va boshka qo‘shimcha tekshiruvlarni talab qilinmasligi xisobiga davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilingan. 2) anketa so‘rovnomasi nafaqat akusher-ginekolog, balki oilaviy shifokor va terapevtlar tomonidan xam utkazilishi mumkin, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning keragi yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlash shart emasligi hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: yangi anketa surovnomasining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 35 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 26 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan ayollarda artifisial qin prolapsini rivojlanishini va chastotasini kamaytirish uchun kasallikni erta tashxislash, keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish va maqbul davo muolajalarni buyurish zarurligi ko‘rsatilgan; jarrohlik amaliyotidan oldin va keyingi davrlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtirgan. Samarqand viloyat Perinatal markazi bo‘yicha 05.10.2022 yildagi №118/1-sonli buyruq hamda Samarqand shahar Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasi bo‘yicha 03.11.2022 yildagi №121/1 buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: artifisial qinning prolapsi darajasi va turiga qarab xirurgik korreksiya usullarini ishlab chiqish va korreksiya qilish muddatlarini belgilash jarrohlik davolash uchun optimallashtirilgan olib borish taktikasi taklif etilgan; bemorlarning hayot sifati, psixo-emotsional holati sezilarli darajada yaxshilanganligi, shuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda kasallikning asoratlari va qaytalanishi bo‘lmaganligi amaliyotda keng qo‘llashni tavsiya qilish uchun asosdir; qin plastik jarrohligidan keyin kelib chiqqan qin prolapsi mavjud ayollarning seksual va sotsial funksiyalarini to‘laqonli amalga oshirish imkonini beradi, asoratlar oldini oladi, davolaydi va xolatlar sonini minimallashtiradi; asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlarning jarrohlik amaliyotidan keyingi reabilitatsiyasi tezlashadi, ijtimoiy va mehnat faoliyati tiklanadi; ushbu kasallikga chalingan ayollarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qin va bachadon aplaziyasi mavjud bo‘lgan ayolning ambulator akusher-ginekolog kurigi uchun 26 000 sum miqdorida mablag‘ sarflandi va boshqa qo‘shimcha tekshiruvlarni talab qilinmasligi xisobiga davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilingan; anketa so‘rovnomasi nafaqat akusher-ginekolog, balki oilaviy shifokor va terapevtlar tomonidan xam o‘tkazilishi mumkin, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning keragi yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlash shart emasligi hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan ayollarda takomillashtirilgan davo muolajasini qo‘llash anatomik tuzilishnni tiklashga va operativ aralashuvdan keyin asoratlarni oldini olish hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini o‘rtacha 100 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘rtacha 68 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
sun’iy qin prolapsining rivojlanishining oldini olish uchun sigmasimon kolpopoezning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan bu proksimal neovaginani promontoriumga mahkamlash, o‘rta bachadon ligamentlarining ligamentopeksiya o‘tkazilishidir. Ushbu usullarning samaradorligi 1 oydan keyin neovagina uzunligi, nuqtaning old devoridagi joylashuvi va oraliqning pay markazining an’anaviy jarrohlik bilan solishtirganda statistik jihatdan sezilarli yaxshilanishi aniqlangan. Ushbu profilaktika choralariga rioya qilish asoratlar xavfini kamaytiradi, reabilitatsiya davrini qisqartiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Samarqand viloyat Perinatal markazi bo‘yicha 05.10.2022 yildagi №118/1-sonli buyruq hamda Samarqand shahar Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasi bo‘yicha 03.11.2022 yildagi №121/1 buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qin va bachadon aplaziyasi mavjud bo‘lganlarda artifisial qin prolapsi oldini olish uchun yangi takomillashtirilgan operatsiyani kullash, ayollarni olib borish taktikasini ishlab chiqish kasallik asoratlarini oldini olish, davolash va hayot sifati yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qin va bachadon aplaziyasi mavjud bo‘lganlarda artifisial qin prolapsi oldini olish uchun yangi takomillashtirilgan sigmoidal kolpopoez operatsiyani ishlab chiqilgan va va amaliyotda qo‘llash natijasida 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 690 000 so‘m iqtisod qilindi, bu esa yiliga umumiy 20 ta bemorning 10% qismi, ya’ni 2 nafar bemor uchun o‘rtacha 1 380 000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: qin va bachadon aplaziyasi mavjud bo‘lganlarda artifisial qin prolapsi oldini olish uchun yangi takomillashtirilgan operatsiyani ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 780 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘rtacha 600 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
qin va bachadon aplaziyasi mavjud bo‘lgan ayollarda artifisial qin prolapsi rivojlanishining sabablari va chastotasini aniqlash, sigmoidal kolpopoez operatsiyasini promontopeksiya va ligamentopeksiya qilish orqali takomillashtirish, dastlabki jarroxlik asoratlari chastotasini an’anaviy jarrohlikka nisbatan kamayishiga olib kelgan va kasallik sabablariga olib keladigan omillarni erta bartaraf etish operatsiyaning asoratlarini kamaytiradi, shifo jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi. Samarqand viloyat Perinatal markazi bo‘yicha 05.10.2022 yildagi №118/1-sonli buyruq hamda Samarqand shahar Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasi bo‘yicha 03.11.2022 yildagi №121/1 buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: optimallashtirilgan sigmoidal kolpopoez bemorlarning hayot sifati, psixo-emotsional holatini sezilarli darajada yaxshilanganligi, shuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda kasallikning asoratlari va qaytalanishi bo‘lmaganligi amaliyotda keng qo‘llashni tavsiya qilish uchun asosdir. Optimallashtirilgan sigmasimon kolpopoezni kulash natijasida, neovaginaning anatomik joylashi tiklanadi; neovagina prolapsning oldini oladi va shu bilan kushimcha yotok kunlarni extiyoji bulmaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini 8 kundan 6 kungacha (2 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori o‘rtacha 120 000 so‘mga kamaygan (VPMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 60 000 so‘mni tashkil qiladi); Yuqoridagilarga ko‘ra 1 nafar bemor uchun jami o‘rtacha 852 000 so‘m iqtisod qilish imkoniga erishiladi, yillik iqtisodiy samaradorlik esa umumiy 46 ta bemorning 20% qismi, ya’ni 9 nafar bemor uchun o‘rtacha 7 668 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa. Qin va bachadon aplaziyasi mavjud bo‘lgan ayollarda artifisial qin prolapsi rivojlanishini oldini olish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 532 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘rtacha 320 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.