Yunusov Seydamet Shevket-og‘luning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Urgent abdominal jarrohlikda enteral distress-sindromni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib2917
Ilmiy rahbar: Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: enteral distress-sindromni o‘z vaqtida aniqlash va davolashni takomillashtirish yo‘li bilan urgent abdominal patologiyani davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
enteral distress-sindromni namoyon bo‘lishi va uning tarqalgan peritonit, o‘tkir pankreatit va o‘tkir ichak tutilishidagi korreksiyasi patologik jarayonning davomiyligiga bog‘liqligi isbotlangan;
enteral distress-sindromni og‘irlik darajasini baxolashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qondagi va qorin bo‘shlig‘i suyuqligidagi prokal`sitoninning prognostik qiymati va uning darajasini bakteriyalar intraperitoneal translokatsiyasi bilan bog‘likligi aniqlangan;
tarqalgan peritonit, o‘tkir pankreatit va o‘tkir ichak tutilishida enteral distress-sindromning og‘irlik darajasini baxolash uchun takomillashtirilgan ekspress-shkalasini qo‘llashning samaradorligi isbotlangan;
ekspress-shkala yordamida enteral distress-sindromning og‘irlik darajasini baxolash asosidagi takomillashtirilgan davolash-tashxislash algoritmi urgent abdominal patologiyani davolash taktikasiga tabaqallashtirilgan yondashuv imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatlogiya instituti 2023 yil 29 maydagi 04-x/6 sonli xulosasiga ko‘ra  (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatlogiya institutining 2023 yildagi 26 maydagi 04-877 sonli xati yuborilgan)
enteral distress-sindromni erta aniqlash va urgent abdominal patologiyada davolash taktikasini aniqlash usullari 1-sonli shahar klinik shifoxonasi va 7-sonli shahar klinik shifoxonasi (TDSI Ekspert kengashining 27 mart 2023 yil 04-z/4–son bilan tasdiqlangan) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta davrda aniqlangan enteral distress-sindromni og‘irlik darajasini inobatga olgan holda davolash va tashhislash taktikasi belgilanadi. Tog’ri tanlangan davolash va tashhislash taktikasi tarqalgan peritonitda shifoxonada bo‘lish davrining 1,1 kunga, o‘tkir pankreatitda 1,1 kunga va o‘tkir ichak tutilishida 1,2 kunga qisqartirilishi imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: patologik jarayonni davomiyligini va enteral distress-sindromni og‘irlik darajasini baxolash uchun standart laborator-instrumental tekshiruvlarni va ekspress-shkalani qo‘llab joriy qilinishi hisobiga sh etarli. 1 nafar bemorni shifoxonada bo‘lish davrini kamayishi imkonini beradi va shu hisobiga 1 nafar bemordan 248 ming so‘m mablag’ni kam talab etadi (preyskurantiga ko‘ra 1 nafar bemor 1 kunga 225 000 so‘m o‘rin kuni va 23 000 sum ovqatlanish). Xulosa: enteral distress-sindromni og‘irlik darajasini ekspress-shkala yordamida erta davrda aniqlash, o’z vaqtida davolash va tashhislash taktikasini joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga bir kunga byudjet mablag‘larini 225 000 so‘mga va ovqatlanish 23 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi va shifoxonada bo‘lish davrini kamaytiradi. «Urgent abdominal jarrohlikda enteral distress-sindromni tashhislash va davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha TDSI Ekspert kengashining 27 mart 2023 yil 04-z/4–son bilan tasdiqlangan.
enteral distress-sindromni erta aniqlash va urgent abdominal patologiyada davolash taktikasini aniqlash usullari 1-sonli shaxar klinik shifoxonasi va 7-sonli shaxar klinik shifoxonasi (TDSI Ekspert kengashining 27 mart 2023 yil 04-z/4–son bilan tasdiqlangan) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon zardobida va qorin bo‘shlig‘i suyuqligidagi prokal’sitonin miqdorini aniqlash va ishlab chiqilgan ekspress-shkalada ishlatish operatsiyadan oldin va keyingi davrda enteral distress-sindromni og‘irlik darajasini aniq baxolash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: enteral distress-sindromni og‘irlik darajasini baxolashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qondagi va qorin bo‘shlig‘i suyuqligidagi prokal’sitoninning prognostik qiymati va uning darajasini bakteriyalar intraperitoneal translokatsiyasi bilan bog‘likligi aniqlanganligiga ko‘ra, maxalliy enterosorbent Lignovani qo‘llash ichakning anaerob florasini 5±0,1 kunda normallashtirdi, aerob florani esa 3±0,3 kunda. Nazorat guruhida esa mos ravishda 6±0,3 kuniga va 4±0,2 kuniga. Va mos ravishda ichak devoridan mikroblar o‘tishi kamayadi va qorin bo‘shlig‘i suyuqligidagi mikroflora operatsiyadan keyingi 3±0,8 va 5±0,9 kunlari bartaraf bo‘ladi, nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkich 4±0,5 va 6±0,8 kuniga teng va Lignova sorbentini qollash 1 nafar memorda 145000 so’m mablagni tejash imkonini beradi. Xulosa: enteral distress-sindromni og‘irlik darajasini baxolashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qondagi va qorin bo‘shlig‘i suyuqligidagi prokal’sitoninning prognostik qiymati va uning darajasini bakteriyalar intraperitoneal translokatsiyasi bilan bog‘likligi aniqlanganligiga ko‘ra, maxalliy enterosorbent Lignovani qo‘llash bir nafar bemor uchun 145000 so’m mablagni tejash imkonini beradi. «Urgent abdominal jarrohlikda enteral distress-sindromni tashhislash va davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha TDSI Ekspert kengashining 27 mart 2023 yil 04-z/4–son bilan tasdiqlangan.
enteral distress-sindromni erta aniqlash va urgent abdominal patologiyada davolash taktikasini aniqlash usullari 1-sonli shahar klinik shifoxonasi va 7-sonli shahar klinik shifoxonasi (TDSI Ekspert kengashining 27 mart 2023 yil 04-z/4–son bilan tasdiqlangan) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: urgent abdominal jarrohlikda enteral distress-sindromni og‘irlik darajasini dinamikada baxolash uchun ishlab chiqilgan ekspress-shkala enteral distress-sindromni erta aniqlash va tabaqallashtirilgan davolash taktikasini tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: enteral distress-sindromni og‘irlik darajasini baxolash uchun takomillashtirilgan ekspress-shkalasini qo‘llab joriy etishda operatsiyadan keyingi asoratlarni 27,1% dan 20,4% gacha kamaytirdi, xamda qayta operativ amaliyotlar sonini 17 (18,5%) dan 10 (9,7%) gacha kamaytirish imkonini beradi va shu bilan 1 nafar bemorga bir kunga o‘rin kuni qisqartirilishi 400 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi va urgent abdominal patologiyada o‘rtacha 1 kunga o‘rin kuni qisqartirilishi 100 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi. Xulosa: Enteral distress-sindromni og‘irlik darajasini baxolash uchun takomillashtirilgan ekspress-shkalasini qollash 1 nafar bemorga bir kunga o‘rin kuni qisqartirilishi 400 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi va urgent abdominal patologiyada o‘rtacha bir kunga o‘rin kuni qisqartirilishi 100 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi. «Urgent abdominal jarrohlikda enteral distress-sindromni tashhislash va davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha TDSI Ekspert kengashining 27 mart 2023 yil 04-z/4–son bilan tasdiqlangan.
enteral distress-sindromda tashhislash va davolash taktikasini aniqlash uchun taklif qilingan kompleks algoritmi erta tashhis qo‘yish, davolash taktikasini optimallashtirish va natijalarni yaxshilashga, xamda operatsiyadan keyingi davrda qorin bo‘shlig‘i ichidagi asoratlarni kelib chiqishini bashorat qilishni imkonini beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: - enteral distress-sindrom bilan asoratlangan urgent abdominal patologiyani tashxislash va davolash uchun optimallashtirilgan algoritm, operatsiyadan oldin va keyingi tashhislash samaradorligini oshiradi va natijada operatsiyadan keyingi o‘lim xolatlarni 13,04% dan 8,73% gacha kamaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ekspress-shkala yordamida enteral distress-sindromning og‘irlik darajasini baxolash asosidagi takomillashtirilgan davolash-tashxislash algoritmini joriy qilish hisobiga 1 nafar bemorni shifoxonada tarqalgan peritonit bo‘lish davrining 1,1 kunga, o‘tkir pankreatitda 1,1 kunga va o‘tkir ichak tutilishida 1,2 kunga qisqartirilishi hisobiga 248 ming so‘m kam talab etiladi (preyskurantiga ko‘ra 1 kunga 225 000 so‘m o‘rin kuni va 23 000 sum ovqatlanish), urgent abdominal patologiyada o‘rtacha bir nafar bemor uchun 1 kunga o‘rin kuni qisqartirilishi 400 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi, urgent abdominal patologiyada o‘rtacha 1 nafar bemorga 1 kunda o‘rin kuni qisqartirilishi 100 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi. Xulosa: Enteral distress-sindromni takomillashtirilgan ekspress-shkalasi yordamida erta davrda aniqlash va urgent abdominal jarrohlikda takomillashtirilgan davolash va tashxislash algoritmini qo‘llash jami yillik iqtisodiy samaradorlik 24 000 000 so‘mni tashkil etadi (o‘rtacha 1 yil davomida 1 nafar bemor uchun enteral distress-sindromni og‘ir darajasi bilan davolansa 800 000x30= 24 000 000 so‘mni tashkil etadi). «Urgent abdominal jarrohlikda enteral distress-sindromni tashhislash va davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog’liqni saqlash vazirligiga TDSI ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 26.05.2023dagi № 04-877-sonli xat yuborildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish