Xanimqulov Baxrom Roxmonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integratsiyalashgan darslarda mobil o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5523.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Seytov Aybek Jumabaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03
Rasmiy opponentlar: Ergashev Muhammadrasul, texnika fanlari doktori, professor; Yakubboeva Nafisa Saxobiddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini mobil texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
integratsiyalashgan darslarda mobil o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishning tashkiliy-metodik aspektlari dars maqsadlari diffuziyasini ta’minlovchi kommunikativlik, moslashuvchanlik, vizuallik tamoyillarini o‘qitishning tashkiliy-boshqaruv funksiyalari bilan didaktik optimallashuvini differensial ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini mobil texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishning klasterli modeli axborotli muhitni modellashtirishning texnologik, diagnostik komponentlarini o‘qitishning motivatsion, konstruktiv bosqichlariga implementatsiyasini ijobiy dinamikada  ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini mobil texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi mobil va bulutli texnologiyalarni umumlashtiruvchi ta’lim metodlari va pedagogik texnologiyalardan iborat metodik apparatni mobil-loyihaviy jarayonda pedagogik dizaynda transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi samaradorligini baholash mezonlari ko‘p funksiyali topshiriqlar tizimini mobil integratsiya jarayonida akademik refleksiyali qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integratsiyalashgan darslarda mobil o‘qitish texnalogiyalaridan foydalanish metodikasi asosida:
integratsiyalashgan darslarda mobil o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishning tashkiliy-metodik aspektlari dars maqsadlari diffuziyasini ta’minlovchi  kommunikativlik, moslashuvchanlik, vizuallik tamoyillarini o‘qitishning tashkiliy-boshqaruv funksiyalari bilan didaktik optimallashuvini differensial ta’minlashga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanili”da uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2023 yil 3 maydagi 23/30-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini mobil texnologiyalar asosida o‘qitish samaradorligi oshgan;
umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini mobil texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishning klasterli modeli axborotli muhitni modellashtirishning texnologik, diagnostik komponentlarini o‘qitishning motivatsion, konstruktiv bosqichlariga implementatsiyasini ijobiy dinamikada  ta’minlashga oid takliflaridan 2018-2020 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida fodalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 8 maydagi 04/11-2798-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida mobil ilovalar yordamida mustaqil ishlarni tashkil etish metodikasi takomillashtirildi;
umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini mobil texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi mobil va bulutli texnologiyalarni umumlashtiruvchi ta’lim metodlari va pedagogik texnologiyalardan iborat metodik apparatni mobil-loyihaviy jarayonda pedagogik dizaynda transformatsiyalashga doir amaliy taklif, tavsiyalardan “Ehtimollar nazariyasi” fanidan talabalar (o‘quvchilar) uchun o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i. Ro‘yxatga olish raqami 302-1023). Natijada, talabalar va o‘quvchilar mustaqil ta’limini tashkil etishda mobil texnologiyalarni imkoniyatlari kengaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish