Axmadjanov Olimjon Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda elektron madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4PhD/Fal.641.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdulazizov Abdulvoxid Xabibullaevich, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich, falsafa fanlar doktori, professor; Ganiev Baxodirjon Sadikjanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun yoshlarning elektron madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborotlashgan jamiyatda zamonaviy kommunikativ vositalaridan foydalanish kishilar o‘rtasidagi muloqot tamoyillarini o‘zgartirishi orqali, jamiyatda axborot samaradorligi tezkorlik, aniqlik, sifat ta’sirchanligini ta’minlashi sababli yoshlar sotsializatsiyasida birdamlik qadriyatlarini takomillashtirishga olib kelishi aniqlangan;
yoshlarda elektron axborot almashinuv madaniyatini rivojlantirish  ularda ijtimoiy voqelikni falsafiy va intelektual idrok etish jarayoniga pozitiv ta’sir etishi sababli sotsiumda elektron axborot madaniyatini barqaror rivojlantirish jamiyatda ijtimoiy munosabatlar  birligini  ta’minlovchi omil ekanligi asoslangan;
 jamiyatda ma’rifatli avlodni shakllantirish munosabatlar transformatsiyasida dinamik va statik holatlarni vujudga keltiruvchi xususiyatlar axborotning to‘rt komponenti (axborot almashish, tashkil etish, aks ettirish, o‘zaro ta’sir) bilan shaxsda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiruvchi pragmatik indikator ekanligi ochib berilgan;
zamonaviy jamiyatda global axborotlashtirish jarayonining rivojlanishi sotsiumda shaxs sotsializatsiyasini ta’minlovchi ijtimoiy o‘zaro ta’sir xususiyatlari (harakatchanlik, ijodkorlik intellektuallik) orqali jamiyatda virtual-kommunikativ makonni o‘z ichiga olgan yangi ijtimoiy voqelikni shakllanishiga olib kelishi sababli jamiyatining institutsional (oila, maktab, maxalla) o‘zgarishiga ta’sir etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar elektron madaniyatini rivojlantirish, axborot almashinuvi ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda tadqiqot natijalari asosida:
axborotlashgan jamiyatda zamonaviy kommunikativ vositalaridan foydalanish kishilar o‘rtasidagi muloqot tamoyillarini o‘zgartirishi orqali, jamiyatda axborot samaradorligi tezkorlik, aniqlik, sifat ta’sirchanligini ta’minlashi sababli yoshlar sotsializatsiyasiga doir ilmiy taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi olti yo‘nalishda belgilangan “Aholining internetdagi jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga oid chora-tadbirlar” 31 – bandi “Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi ularning ibratli hayot yo‘li hamda jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan xalqaro internet tarmog‘ini boyitib borish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ma’naviy tadqiqotlar intitutining 2022-yil 2-oktyabrdagi 324-son dalolatnomasi).  Natijada, yoshlar sotsializatsiyasidagi birdamlik qadriyatlarini takomillashtirishga olib kelishi, ijtimoiy voqelikni falsafiy va intelektual idrok etish jarayoniga pozitiv hamda desturuktiv ta’sirini ochib berishga xizmat qilgan;
yoshlarda elektron axborot almashinuv madaniyatini rivojlantirish  ularda ijtimoiy voqelikni falsafiy va intelektual idrok etishga oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2022-yil iyun va sentyabr oylaridagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  2022-yil 28-sentyabrdagi 02-04-1599-son dalolatnomasi). Natijada ijtimoiy munosabatlar jarayoniga pozitiv ta’sirini, jamiyatda ijtimoiy munosabatlar  intellektual birligini  ochib berishga xizmat qilgan;  
jamiyatda ma’rifatli avlodni shakllantirish munosabatlar transformatsiyasida dinamik va statik holatlarni vujudga keltiruvchi xususiyatlariga doir   “ilmiy xulosa va tavsiyalaridan “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot institutining “Oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy – ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, gender tenglikka erishish, xotin-qizlarni qo‘llab quvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, sohaviy va hududiy dasturlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish” nomli rejasini 2 va 3-bandlarini ijrosini bajarishda foydalanilgan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yil 3-martdagi 01-09/1335-son ma’lumotnomasi).Natijada, elektron axborotning to‘rt komponenti (axborot almashish, tashkil etish, aks ettirish, o‘zaro ta’sir) bilan shaxsda ijodkorlik  qobiliyatini rivojlantiruvchi pragmatik indikator birligini ochib berishga xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyatda global axborotlashtirish jarayonining rivojlanishi sotsiumda shaxs sotsializatsiyasini ta’minlovchi ijtimoiy o‘zaro ta’sir xususiyatlari (harakatchanlik, ijodkorlik intellektuallik) orqali jamiyatda virtual-kommunikativ makonni o‘z ichiga olgan yangi ijtimoiy voqelikni shakllanishiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ma’naviy tadqiqotlar intitutining 2022-yil 2-oktyabrdagi 324–son dalolatnomasi).   Natijada, sotsiumda madaniy xususiyatlarga aksiologik ta’sir etuvchi omillar yoshlar o‘rtasidagi elektron axborot almashinuvi madaniyati shakllanishining muhim elementi sifatida ularning ijtimoiy voqelikni falsafiy va intelektual idrok etish jarayoniga pozitiv ta’sirini ochib berishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish