Baratbaev Bekzod Batirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy taraqqiyot modellarining ijtimoiy-falsafiy tahlili (O‘zbekiston – Rossiya misolida)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal846.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Maxamadixon Isroilovich, falsafa fanlar doktori, professor; Tilavov O‘ktam G‘ulomovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat taraqqiyotida milliy taraqqiyot modellarining o‘ziga xos xususiyatlari va istiqbollarining ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat taraqqiyotini modellashtirish insonning etnopsixologik temperamentlari ta’sirida demokratiyaning mental xususiyatlari sotsiumda yangi ijtimoiy  qatlam va sotsial institutlarni  o‘sib borishini ta’minlashga olib kelishi sababli ijtimoiy hayotda inson kapitalini ijobiy determinatsiyalovchi ratsional maqsadga yo‘naltirilgan samarali mexanizm ekanligi aniqlangan;
globallashuv sharoitida taraqqiyot modellari, jamiyatlararo ijtimoiy yo‘naltirilganlik, davlat, jamiyat va shaxs munosabatlarining o‘zaro ditermenistik hamkorligining korrelyasion rivojlanishiga olib kelishi orqali iqtisodiy va noiqtisodiy omillarning keng ko‘lamli kombinatsiyasini ifodalovchi milliy rivojlanish imkoniyatlarining leytmotiv atributi ekanligi asoslangan;
 fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda milliy taraqqiyot (jarayonli, zaruriy, liberal) modellarini joriy etish, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlar tizimini faollashishiga olib kelishi orqali, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishini ta’minlovchi dinamik ko‘rsatgichlar drayveri ekanligi ochib berilgan;
O‘zbekistonni ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan (raqamli davlat xizmati, Legal Tech, ijtimoiy davlat, Raqamli idora) kabi ijtimoiy innovatsiyalar, jamiyatda demokratiyaning immanent xususiyatlari uyg‘unligini ta’minlashi orqali, ijtimoiy munosabatlar istiqbolini optimallashtirishga asoslangan ratsional ko‘rsatkichlar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Milliy taraqqiyot modellarining ijtimoiy-falsafiy tahlili (O‘zbekiston – Rossiya misolida)” tadqiqoti natijasi asosida:
jamiyat taraqqiyotini loyihalashtirish demokratiyaning mental xususiyatlari hamda insonning etnopsixologik temperamentlari sotsiumda yangi ijtimoiy  qatlam va sotsial institutlarni  o‘sib borishini ta’minlashga olib kelishi sababli ijtimoiy hayotda inson kapitalini ijobiy determinatsiyalovchi ratsional maqsadga yo‘naltirilgan samarali mexanizmlariga oid amaliy tavsiya va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 359-042 raqamli guvohnomaga muvofiq “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” nomli o‘quv qo‘llanma hamda 2022 yil 13 maydagi 166-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 166-051 raqamli guvohnomaga muvofiq “Taraqqiyot modellarining siyosiy-falsafiy asoslari” nomli darslikni nashr etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 dekabrdagi 02/01-01-95-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda milliy taraqqiyot modellarini joriy etish hamda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat barpo etishning samarali mexanizmlarini ochib berishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida taraqqiyot modellari, jamiyatlararo ijtimoiy yo‘naltirilganlik, davlat, jamiyat va shaxs munosabatlarining o‘zaro ditermenistik hamkorligining korrelyasion rivojlanishiga olib kelishi orqali iqtisodiy va noiqtisodiy omillarning keng ko‘lamli kombinatsiyasini ifodalovchi milliy rivojlanish imkoniyatlarini leytmotiviga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashining 2020 yil ish rejasida belgilangan “Yoshlarga besh tashabbus – besh imkon”, “Yoshlar siyosati amalda”, “Internetdan foydalanish madaniyati”, “Xalqaro tarmoqda yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan muhofaza etish” kabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yil 19 maydagi 04-13/939-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat taraqqiyotni loyihalashtirish, tashkil etish va rivojlantirishda ustuvor ahamiyat kasb etgan g‘oyalar nazariyasi va amaliyoti, taraqqiyot modellarida fundamental ahamiyat kasb etgan zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalari noiqtisodiy omillarning keng ko‘lamli kombinatsiyasini ifodalovchi milliy milliy rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi islohotlar leytmotivlarini ochib berishga xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda milliy taraqqiyot (jarayonli, zaruriy, loyihalovchi, liberal) modellarini joriy etish, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlar tizimini faollashishiga olib kelishi sababli, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishini ta’minlovchi dinamik ko‘rsatgichlariga oid ilmiy xulosalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi II. O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, “Yangi O‘zbekiston-Uchinchi Renesans sari” g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakat yuzaga keltirish chora-tadbirlari 17 bandi “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatda boshlangan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik harakati, maqsadli islohotlarni keng xalq ommasiga etkazish, jamiyatda faol fuqarolik tuyg‘usini mustahkamlash  bo‘yicha o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 30 noyabrdagi 02-22/506-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishini ta’minlovchi dinamik ko‘rsatgichlarini aniqlashga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan (Raqamli davlat xizmati, Legal Tech, ijtimoiy davlat, Raqamli idora) ijtimoiy innovatsiyalar, jamiyatda demokratiyaning immanent xususiyatlari uyg‘unligini ta’minlashi orqali, ijtimoiy munosabatlar istiqbolini optimallashtirishga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashining 2020 yil ish rejasida belgilangan “Yoshlarga besh tashabbus – besh imkon”, “Yoshlar siyosati amalda”, “Internetdan foydalanish madaniyati”, “Xalqaro tarmoqda yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan muhofaza etish” kabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yil 19 maydagi 04-13/939-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda inson kapitalini rivojlanishig hamda  yosh avlodni milliy taraqqiyotni qadrlash, siyosiy ongini yuksaltirish hamda mustaqil davlatimizning milliy taraqqiyot bosqichlari tarixini ijtimoiy-falsafiy jihatdan o‘rganishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish