Xayitov Jonibek Xolboboevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3192.
Ilmiy rahbar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Dusyarov Xudoymurod Chorshanbievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaliy faoliyat jaroyonida psixologik ta’sir ko‘rsatish omillariga (loyihalash, modellashtirish va pardozlash) faoliyatli-ijodiy va refleksiv-baholashga doir mezonlari improvizatsiya va refleksivlik prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Mahsulot tayyorlash texnologiyasi’’ fani darslarida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning metodik modeli (maqsadli, pedagogik jarayon, natija) bosqichlarini kasbiy kompetentligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari refleksiv ko‘nikmalar bilan aloqadorligini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida faoliyatli, muammoli, interfaol texnologiya (munosabat, kungaboqar, kreativ ish, reja)larni faoliyatli-texnologik va natijaviy-baholash kabi komponentlarning uzviy aloqadorligini inobatga olish asosida talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
“Mahsulot tayyorlash texnologiyasi’’ fanidan talabalarda kreativ qobiliyatlarini rivojlanganlik darajalari (reproduktiv, produktiv va kreativ) va baholash mezonlari (yuqori, yaxshi va qoniqarli) lokal-modulli texnologiyasi maqsadli-motivli, axborotli-mazmunli, faoliyatli hamda refleksiv-baholash kabi bosqichlarning o‘zaro ichki integratsiyasini fanlararo aloqadorlik mazmunidagi shakl, metod va vositalarini o‘ziga xos xususiyatlari va ularni amaliyotga joriy etish mexanizmiga asoslangan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
amaliy faoliyat jaroyonida psixologik ta’sir ko‘rsatish omillariga (loyihalash, modellashtirish va pardozlash) faoliyatli-ijodiy va refleksiv-baholashga doir mezonlari improvizatsiya va refleksivlik prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflardan 5112100-texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” fanidan tayyorlangan fan dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 8-fevraldagi 02-01-01-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi’’ fani mazmunini modernizatsiyalash jarayonida takomillashtirilgan ishchi o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan;
“Mahsulot tayyorlash texnologiyasi’’ fani darslarida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning metodik modeli (maqsadli, pedagogik jarayon, natija) bosqichlarini kasbiy kompetentligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari refleksiv ko‘nikmalar bilan aloqadorligini aniqlashtirish asosida takomillashtirish orqali ishlab chiqishga oid takliflardan “ERASMUS+dasturi doirasida 2019-2022-yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli PAWER-“Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni tanlash” mavzusidagi xalqaro loyihaning bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 8-fevraldagi 02-01-01-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi’’ darslarida pedagogik-psixologik talablarga ustuvorlik berish asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi tashkiliy tuzilmaviy modeli ishlab chiqilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida faoliyatli, muammoli, interfaol texnologiya (munosabat, kungaboqar, kreativ ish, reja)larni faoliyatli-texnologik va natijaviy-baholash kabi komponentlarning uzviy aloqadorligini inobatga olish asosida talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 8-fevraldagi 02-01-01-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yondashuv va natijalar bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning sifat va samaradorligini ta’minlagan;
“Mahsulot tayyorlash texnologiyasi’’ fanidan talabalarda kreativ qobiliyatlarini rivojlanganlik darajalari (reproduktiv, produktiv va kreativ) va baholash mezonlari (yuqori, yaxshi va qoniqarli) lokal-modulli texnologiyasi maqsadli-motivli, axborotli-mazmunli, faoliyatli hamda refleksiv-baholash kabi bosqichlarning o‘zaro ichki integratsiyasini fanlararo aloqadorlik mazmunidagi shakl, metod va vositalarini o‘ziga xos xususiyatlari va ularni amaliyotga joriy etish mexanizmiga asoslangan holda ishlab chiqishga oid tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2020 yillarida bajarilgan №A-1-2019-20 “Kasbga yo‘naltirish, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv ishlab chiqarish tizimida milliy, an’anaviy negizini hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida ma’ruza mashg‘ulotlari bajarish bo‘yicha mobil ilovani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2020-yil 28-dekabrdagi 32 89-03-5574-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi’’ fanini o‘qitish va bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi samaradorligining ortishiga erishilgan.