Nurmamatov Zuxriddin Shavkat o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
  

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3152.
Ilmiy rahbar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, proffessor; Dusyarov Xudoymurod Chorshanbievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish va eksperimental sinovdan o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasi orqali ularning iqtidori, qobiliyati,  layoqati va qiziqishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan gorizontal va vertikal integratsiyalash, o‘quv elementlariga maqsadli yo‘naltirishga ko‘ra natijaviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish jarayoni o‘quv maqsadlaridan kutiladigan natijalarni motivasion, kognitivlik, integrativlik, refleksivlik mezonlarining amaliy-kasbiy faoliyat  tuzilmasi yaxlitligini bosqichma-bosqich  ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasi elektron ta’lim muhiti sharoitida o‘qitishning samarali shakllari tabiiy, tasviriy, amaliy kabi vositalar  orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari pedagogik qobiliyatni rivojlantirish jarayonlariga psixologik ta’sir darajasini gorizontal va vertikal kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasi orqali ularning iqtidori, qobiliyati,  layoqati va qiziqishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan gorizontal va vertikal integratsiyalash, o‘quv elementlariga maqsadli yo‘naltirishga ko‘ra natijaviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan takliflaridan Evropa Ittifoqining ERASMUS+dasturi doirasida 2019-2022-yillarda bajarilgan 574099-EPP-1 -2016-1 -IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli PAWER - “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023 yil 8 fevraldagi 02-01-01-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar 5112100-Texnologik ta’lim yo‘nalishining o‘quv-me’yoriy hujjatlarini takomillashtirish jarayonida ishchi o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish jarayoni o‘quv maqsadlaridan kutiladigan natijalarni motivasion, kognitivlik, integrativlik, refleksivlik mezonlarining amaliy-kasbiy faoliyat  tuzilmasi yaxlitligini bosqichma-bosqich  ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023 yil 8 fevraldagi 02-01-01-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishning sifat va samaradorligini ta’minlagan;
auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasi elektron ta’lim muhiti sharoitida o‘qitishning samarali shakllari tabiiy, tasviriy, amaliy kabi vositalar  orqali takomillashtirilga oid tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining  2019-2020 yillarida bajarilgan №A-1-2019-20 “Kasbga yo‘naltirish, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv ishlab chiqarish tizimida milliy, an’anaviy negizini hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023 yil 8 fevraldagi 02-01-01-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasi elektron ta’lim muhiti sharoitida o‘qitishning samarali shakllarini takomillashtirishtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari pedagogik qobiliyatni rivojlantirish jarayonlariga psixologik ta’sir darajasini gorizontal va vertikal kengaytirish orqali ishlab chiqilgan “INNO-ACTIV” texnologiyasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan ijodiy mashqlar va nostandart topshiriqlar, texnologik xaritalarni “HEMIS” elektron tizimini takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqishda “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” o‘quv qo‘llanma Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining  2019-2020 yillarida bajarilgan №A-1-2019-20 “Kasbga yo‘naltirish, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv ishlab chiqarish tizimida milliy, an’anaviy negizini hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023 yil 8 fevraldagi 02-01-01-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Mahsulot tayyorlash texnologiyasi» fanini o‘qitish va bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish samaradorligini ortirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish