Parmonov Abdutolib Abduvahob o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli texnologiyalar asosida talabalarning axborot-texnik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (Nazariy mexanika fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4532.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali.
Ilmiy rahbar: Alimov Narmurat Nasirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ikromjon Gulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Jalolova Pokiza Muzaffarovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborot-texnik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning axborot-texnik kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari motivatsion-axborot, kognitiv-ijodiy, praxeologik, texnologik komponentlarning o‘zaro natijador impulsini ochiq axborotli muhitda pedagogik dizaynda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak amaliy matematika yo‘nalishi mutaxassislarida axborot-texnik kompetensiyalarni shakllantirish modeli axborot muhitini modellashtirishning didaktik topshiriqlarini kasbga intensiv o‘qitish jarayoniga individual refleksiyada transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning axborot-texnik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi axborotni qayta ishlashga intensiv tayyorlashga mo‘ljallangan aralash ta’lim elementlaridan interfaol o‘quv muhitida grafikli aloqani tezkorlik munosabatida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak amaliy matematika yo‘nalishi mutaxassislarida axborot-texnik kompetensiyalarning shakllanganligini tekshirish mezonlari axborot bilan ishlashning amaliy-informal ish turlarini mustaqil ish va ta’lim integratsiyasida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amaliy matematika bakalavriat yo‘nalishi talabalarining axborot-texnik kompetensiyalarni shakllantirish va nazariy mexanika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning axborot-texnik kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari motivatsion-axborot, kognitiv-ijodiy, praxeologik, texnologik komponentlarning o‘zaro natijador impulslidan ochiq axborotli muhitda pedagogik dizaynda qo‘llashga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-13-3-sonli “Nazariy fizika” kursi bo‘yicha elektron o‘quv-uslubiy kompleksi, aktual matematika bo‘yicha darslik yaratish va sug‘urta riski holatlarini o‘rganish” mavzusidagi amaliy-ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 22-iyundagi 04/11-3881-son dalolatnomasi). Natijada “Nazariy mexanika” fani amaliy mashg‘ulotlarida talabalarning axborot-texnik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak amaliy matematika yo‘nalishi mutaxassislarida axborot-texnik kompetensiyalarni shakllantirish modeli axborot muhitini modellastirishning didaktik topshiriqlarini kasbga intensiv o‘qitish jarayoniga individual refleksiyada transformatsiyalashga doir taklif va tavsiyalar “Nazariy mexanika (kinematika)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 388-322-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida fanni o‘qitishda ATK dan foydalanishning metodik imkoniyatlari kengayishiga xizmat qilgan;
talabalarning axborot-texnik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi axborotni qayta ishlashga intensiv tayyorlashga mo‘ljallangan aralash ta’lim elementlaridan interfaol o‘quv muhitida grafikli aloqaning tezkorlik munosabatida qo‘llashga oid tavsiyalari “Nazariy mexanika (kinematika)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 388-322-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv-metodik ta’minot Raqamli texnologiyalar asosida talabalarning axborot-texnik kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatini kengaytirgan.