Abdug‘aniev Bekzod Burxon ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning loyihalash madaniyatini robototexnikaning didaktik imkoniyatlari vositasida rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2829.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Yusupov Rabbim Mixlievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Yakubboeva Nafisa Saxobiddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarning loyihalash madaniyatini robototexnikaning didaktik imkoniyatlari vositasida rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning loyihalash madaniyatini robototexnikaning didaktik imkoniyatlari vositasida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda kengaytirib borish mantiqiga ustuvorlik berish asosida darsdagi aniq pedagogik vaziyatga javob bera oladigan tarzda improvizatsiya qila olish funksiyasiga ustuvorlik berilgan holda ta’lim texnologiyalari (virtual xarita, harakatlarni kodlash, samarali amaliy loyiha) aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning loyihalash madaniyatini robototexnikaning didaktik imkoniyatlari vositasida rivojlantirish modeli faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni darajalari ko‘rsatgichlarining mazmuniy yaroqliligi, ishonchligi va optimalligini strategik prognozlash asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida o‘quvchilarning loyihalash madaniyatining rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish bosqichlari ta’limiy imkoniyatlarini pedagogik jarayonga integrallash orqali aniqlashtirilgan;
maktab o‘quvchilarining loyihalash madaniyati sifatlarini robototexnikaning ta’limiy imkoniyatlarini rivojlantirishning uslubiy ta’minoti dasturiy vositalarning tarkibiga adaptiv, reproduktiv, kreativ kabi amaliy ko‘nikma va malakalarni namoyish etishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni, integrallashgan testlar va korreksiyalash elementlarini kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning loyihalash madaniyatini robototexnikaning didaktik imkoniyatlari vositasida rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning loyihalash madaniyatini robototexnikaning didaktik imkoniyatlari vositasida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda kengaytirib borish mantiqiga ustuvorlik berish asosida darsdagi aniq pedagogik vaziyatga javob bera oladigan tarzda improvizatsiya qila olish funksiyasiga ustuvorlik berilgan ta’lim texnologiyalari hamda o‘quvchilarning loyihalash madaniyatini robototexnikaning didaktik imkoniyatlari vositasida rivojlantirish modeli faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni darajalari ko‘rsatgichlarining mazmuniy yaroqliligi, ishonchligi va optimalligini strategik prognozlashga doir takliflar maktab 5-7 sinflar informatika va axborot texnologiyalari darsliklari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 10-martdagi 01/11-01/9-151-son ma’lumotnoma). Natijada, tegishli o‘quv fanlari mazmuni boyitilgan;
raqamli ta’lim muhitida o‘quvchilar loyihalash madaniyatining rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish bosqichlari ta’limiy imkoniyatlarini pedagogik jarayonga integrallashga doir takliflar “Scratch 3.0 dasturlash muhitida dastur tuzishni o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 28-martdagi 1-son yig‘ilish qarori). Natijada, robototexnikaning didaktik imkoniyatlaridan foydalanish uchun o‘quvchilarga pedagogik shart-sharoitlar yaratilib, informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda ijodiy yondashuvlar orqali o‘quvchilarning loyihalash madaniyatini rivojlanish samaradorligiga erishilgan;
maktab o‘quvchilarining loyihalash madaniyati sifatlarini robototexnikaning ta’limiy imkoniyatlarini rivojlantirishning uslubiy ta’minoti dasturiy vositalarning tarkibiga adaptiv, reproduktiv, kreativ kabi amaliy ko‘nikma va malakalarni namoyish etishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni, integrallashgan testlar va korreksiyalash elementlarini kiritishga doir takliflaridan 2021-2022 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan FZ-2019080214-sonli “Favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniluvchi ko‘p funksiyali robot yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023 yil 3 martdagi 651/05-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha sinfdagi darslar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda robototexnikaning didaktik imkoniyatlari vositasida o‘quvchilarning loyihalash madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.