Ataxo‘jaeva Shaxlo Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak ingliz tili fani o‘qituvchilari sotsial intellektini rivojlantirishning psixologik mexanizmlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P472.
Ilmiy rahbar: Avlaev Orif Umirovich, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Turan International University
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Sobirova Dilafruz Abduroziqovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak ingliz tili fani o‘qituvchilar sotsial intellektini rivojlantirishning psixologik mexanizmlarini tadqiq etish orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili fani o‘qituvchilari sotsial intellekti muloqot ishtirokchilarining o‘zaro bir-birini, verbal ekspressiyani, noverbal xulq-atvorni tushunishish xususiyatlarini dinamik riqojlanishi tufayli shaxslararo ta’sirlashuvda differensial farqlarga ega ekanligi dalillangan;
talabalardagi sotsial intellektning rivojlanishi noverbal xulq-atvorni tushunishda mantiqiy munosabatlarni farqlash qobiliyatining kasbiy faoliyatga bog‘liq ravishda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli umumiy intellektning shakllanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan;
talaba qizlarda ijtimoiy intellektni namoyon bo‘lishiga ko‘ra hissiyot va fikrlarni identifikatsiyalashda tushunchalar, anologiyalarni hamda vizual aqliy salohiyatni rivojlanishidagi differensial farqlar tufayli bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida umumiy intellekt mezonlarining ustuvor namoyon bo‘lishi asoslangan;
bo‘lajak ingliz tili fani o‘qituvchilaridagi sotsial intellektni rivojlantirishda sotsial voqelikni tahlil qilish, prognozlay olish, kommunikativ qobiliyatlarni shaxslararo konstruktlarda namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra kognitiv komponentga integrativ ta’sir etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili fani o‘qituvchilari sotsial intellektini rivojlantirishning psixologik mexanizmlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
bo‘lajak ingliz tili fani o‘qituvchilari sotsial intellekti muloqot ishtirokchilarining o‘zaro bir-birini, verbal ekspressiyani, noverbal xulq-atvorni tushunishish xususiyatlarini dinamik riqojlanishi tufayli shaxslararo ta’sirlashuvda differensial farqlarga ega ekanligini dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-24-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar kasbiy tayyorgarlik jarayonida sotsial intellekt bilan kognitiv komponentlar xususiyatlarini pedagogik psixologiya fanida o‘rganishning asosiy yondashuvlarini tahlil qilish imkoni kenaytirilgan;
talabalardagi sotsial intellektning rivojlanishi noverbal xulq-atvorni tushunishda mantiqiy munosabatlarni farqlash qobiliyatining kasbiy faoliyatga bog‘liq ravishda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli umumiy intellektning shakllanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligini isbotlashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-24-sonli buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda sotsial intellekt bilan boshqa intellektlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlarni aniqlash imkoniyati kengaytirilgan;
talaba qizlarda ijtimoiy intellektni namoyon bo‘lishiga ko‘ra hissiyot va fikrlarni identifikatsiyalashda tushunchalar, anologiyalarni hamda vizual aqliy salohiyatni rivojlanishidagi differensial farqlar tufayli bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida umumiy intellekt mezonlarining ustuvor namoyon bo‘lishini asoslashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-24-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning chet tilini o‘rganish jarayonida sotsial ntellekt komponentlarini rivojlantirishga yordam beruvchi maxsus psixotrening dasturini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak ingliz tili fani o‘qituvchilaridagi sotsial intellektni rivojlantirishda sotsial voqelikni tahlil qilish, prognozlay olish, kommunikativ qobiliyatlarni shaxslararo konstruktlarda namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra kognitiv komponentga integrativ ta’sir etish zaruratini asoslashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-24-sonli buyrug‘i bilan «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqish samaradorligi oshgan.