Axmedov Farxod Xakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar ichi va tashkarisida joylashgan o‘t yo‘llarining o‘t-tosh kasalligida an’anaviy va laparoskopik xolesistektomiyadagi solishtirma morfometriyasi» 14.00.02- Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2061.
Ilmiy rahbar: Xamdamova Muxayyo To‘xtasinovna, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa, IK raqami nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna tibbiyot fanlari doktori, Adilbekova Dilorom Baxtiyorovna tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: «Kursk davlat tibbiyot universiteti» (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llarining o‘t-tosh kasalligida an’anaviy va laporoskopik xolesistektomiyadagi solishtirma morfometriyasini o‘rganish va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: an’anaviy xolesstektomiya va laparoskopik xolesistektomiyagacha va undan keyingi davrda jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llari ul`tratovush tekshiruvida solishtirma morfometriyasi baxolangan;
o‘t-tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llarini, sfinkterlarini an’anaviy va laparoskopik xolesistektomiyadan keyin morfologik va funksional o‘zgarishlari o‘rganilgan;
o‘t pufagi devorini gistokimyoviy tekshirishlarda hujayralar yadrosida joylashgan va uning proleferativ faolligini ko‘satadigan maxsus oqsil, hujayraning apoptozlanishini bloklaydigan oqsil, me’yoriy hujayraning o‘sma hujayrasiga aylanishini ko‘rsatadigan displaziya asosida o‘sma jarayoniga o‘tish darajasini belgilash ahamiyat kasb etishi ochib berilgan;
xolesistektomiyadan keyingi davrda jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llarida o‘t dimlanishi natijasidagi o‘zgarishlar ul`tratovush orqali o‘rganilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert keengashining 2023 yil 30 martdagi №23-z/013 son xulosasiga ko‘ra:
o‘t-tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda diagnostika va profilaktika ko‘rsatkichlari asosida jarrohlik amaliyotini tanlash va amaliyotdan keyingi asoratlarni kamaytirish, o‘z vaqtida tashxislash hamda davolash ishlarini amalga oshirish mumkin bo‘lgan. Bemorlarning kasalxonadagi davolash kunlirini kiskartirishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: RShTYoIM Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (20.05.2022y.; №37/2), Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (28.06.2022y.; №30/1) Samarkand 1-klinik kasalxonasi bo‘yicha buyruq (8.06.2022y.; №24/3) xamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasida bo‘yicha buyruq (20.07.2022y.; №28/2) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usulda UTT orqali tashxislash asosida erta o‘t yullaridagi dimlanishga baxo berish va tosh ta`sirida o‘t pufagi devoridagi xolatni erta muddatda tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)O‘t-tosh kasalligida o‘t pufagi devoridagi, jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llaridagi o‘zgarishlarni oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan ul`tratovush orqali aniqlanishi, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan. 2) ultratovush tekshiruvi tekshiruvi xulosasiga asoslanib, bemorlar KT, MRT tekshiruvini ortiqcha sarf xarajatlar qilib tekshirish shart emasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan; Xulosa: O‘t-tosh kasalligi og‘rigan xavfli guruhiga kirgan bemorlarda erta tashxislash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 292 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llaring o‘t –tosh kasalligida an’anaviy va laparoskopik xolesistektomiyadagi solishtirma morfometriyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 4 oktyabrdagi 04№4303-son xat yuborilgan.
o‘t-tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda uzoq muddatli statsionar yordamga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga, dori-darmonlarning teratogen ta’sirini kamaytirishga va reablitatsiya davrini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: RShTYoIM Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (20.05.2022y.; №37/2), Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (28.06.2022y.; №30/1) Samarkand 1-klinik kasalxonasi bo‘yicha buyruq (8.06.2022y.; №24/3) xamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasida bo‘yicha buyruq (20.07.2022y.;№28/2) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 80 ta interstisial proliferativ surunkali xolesistit, ulardan 3 tasida o‘smaga olib keluvchi disregenerator o‘zgarishlar aniqlandi, 34 ta interstisial fibrozlangan surunkali xolesistitdan 1 tasida o‘smaga olib keluvchi holat kuzatildi. 23 ta interstisial miksamatoz va musinozli surunkali xolesistitdan 2 tasida, 20 ta adenomiomatoz va polipoz giperplaziyali surunkali xolesistitdan 3 tasida o‘smaga olib keluvchi disregenerator o‘zgarishlar aniqlandi. Jami 157 tadan 9 tasida o‘smaga olib keluvchi disregenerator o‘zgarishlar aniqlandi va bu 5,7% tashkil qildi. Surunkali xolesistit bilan xastalangan bemorlarning o‘t pufagi materiallarini gistologik tekshiruvdan o‘tkazilganda quyidagi ma’lumotlar olingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)o‘t-tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘sma oldi holatlarini erta aniqlash, profilaktika qilish, tashhislash va davo choralarini belgilash imkonini bergan. 2) o‘t-tosh kasalligida o‘sma oldi holatlari kuzatilganga qadar an’anaviy yoki laparoskopik jarrohlik amaliyotlarini ko‘llash lozimligi belgilangan. Xulosa: o‘t-tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda o‘z vaqtida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib xolesistektomiya qilinsa, 1 nafar bemorga 1270000 so‘m byutjet mablag‘lari tejalgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llaring o‘t –tosh kasalligida an’anaviy va laparoskopik xolesistektomiyadagi solishtirma morfometriyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 4 oktyabrdagi 04№4303-son xat yuborilgan.
ultratovush tekshiruvi orqali xolesistektomiya operatsiyasigacha va keyingi davrda jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llarini solishtirma morfometriyasini o‘rganib, o‘t yo‘llarining gipertenziyasi, dimlanish hisobidan o‘t yo‘llaring kengayishi izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: RShTYoIM Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (20.05.2022y.; №37/2), Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (28.06.2022y.; №30/1) Samarkand 1-klinik kasalxonasi bo‘yicha buyruq (8.06.2022y.; №24/3) xamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasida bo‘yicha buyruq (20.07.2022y.; №28/2) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi o‘t-tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llirini ul`tratovush tekshiruvi orqali kengayganligi aniqlandi. Jarroxlik amaliyotigacha asosan 41-60 yoshdagi ayollar ichida jigar ichi o‘t yo‘llari kengayishi kuzatildi. 35nafar bemorda va umumiy o‘t yo‘llari 9nafar bemorda kengaygan. Xuddi shunday 61-70 yoshdagi 11 nafar erkakda umumiy o‘t yo‘llari 3nafarida 9 nafarida jigar ichi o‘t yo‘llari kengaygan. 61-70 yoshdagi 26ta ayoldan umumiy o‘t yo‘llari 3nafarida, 18nafarida jigar ichi o‘t yo‘llari kengayishi aniklangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)UTT tekshiruvida jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llaridagi o‘zgarishlarni tashxislash mumkinligi sababli KT va MRT tekshiruvlari tejalib kolgan. 2)jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llaridagi o‘zgarishlarni oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan ul`tratovush orqali aniqlanishi, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan. Xulosa: O‘t-tosh kasalligi og‘rigan bemorlarda erta tashxislash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 315 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 210000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llaring o‘t –tosh kasalligida an’anaviy va laparoskopik xolesistektomiyadagi solishtirma morfometriyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 4 oktyabrdagi 04№4303-son xat yuborilgan.
ultratovush tekshiruvi orqali xolesistektomiya opersiyasidan keyingi davrda jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llarini solishtirma morfometriyasini o‘rganib, o‘t yo‘llarining gipertenziyasi, dimlanish hisobidan o‘t yo‘llaring kengayishi izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: RShTYoIM Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (20.05.2022y.; №37/2), Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (28.06.2022y.; №30/1) Samarkand 1-klinik kasalxonasi bo‘yicha buyruq (8.06.2022y.; №24/3) xamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasida bo‘yicha buyruq (20.07.2022y.; №28/2) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘t-tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llirini ul`tratovush tekshiruvi orqali kengayganligi aniqlandi. Jarroxlik amaliyotigacha asosan 41-60 yoshdagi ayollar ichida jigar ichi o‘t yo‘llari kengayishi kuzatildi. 35nafar bemorda va umumiy o‘t yo‘llari 9nafar bemorda kengaygan. Xuddi shunday 61-70 yoshdagi 11 nafar erkakda umumiy o‘t yo‘llari 3 nafarida 9 nafarida jigar ichi o‘t yo‘llari kengaygan. 61-70 yoshdagi 26ta ayoldan umumiy o‘t yo‘llari 3 nafarida, 18 nafarida jigar ichi o‘t yo‘llari kengayishi aniklangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ul`tratovush tekshiruvi orqali jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llari xolati opersiyadan keyin tekshirildi va operatsiyadan keyingi PXES ( postxolesistektomik sindrom) ni oldini olish maqsadi, ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 12.5% kamatirish imkonini bergan; Xulosa: o‘t-tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda o‘z vaqtida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib xolesistektomiya qilinsa, 1 nafar bemorga 127000 so‘m byutjet mablag‘lari tejaladi, byudjetdan tashqari 250000 so‘m iqtisod qilingan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar ichi va tashqarisida joylashgan o‘t yo‘llaring o‘t –tosh kasalligida an’anaviy va laparoskopik xolesistektomiyadagi solishtirma morfometriyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 4 oktyabrdagi 04№4303-son xat yuborilgan.