Jumanov Sherzod Saloevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi faoliyatini takomillashtirishning pedagogik shart – sharoitlari”,  13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4296.
Ilmiy raxbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:  Maxmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Mustafaev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent Tojibaeva Hilola Maxmudovna.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.    
II. Tadqiqotning maqsadi ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ijodiy-madaniy faoliyatning tashxislash, tahlil, qaror qabul qilish kabi funksional komponentlari mazmuniga ko‘ra o‘quvchilarning ijodkorlik madaniyati, ijodiy qobiliyatlari, e’tiqodlari hamda badiiy qadriyatlarini shakllantirishda artpedagogik yondashuvning emotsional ta’sirini belgilash asosida takomillashtirilgan;
ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi faoliyatini funksional rivojlantirish shart-sharoitlari badiiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashning gedonistik mexanizmlariga ko‘ra badiiy ijodiy motivatsiya, kognitiv, tarbiyaviy, kommunikativ, insoniy munosabatlarni modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijodiy to‘garaklar va targ‘ibot faoliyatini rivojlantirishda artpedagogik resurslarning metodik imkoniyatlarini belgilash asosida boyitilgan;
ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi kompetensiyalarini rivojlantirishning modulli kichik universal sugGEStiv texnologiyasi artpedagogik yondoshuvning senzitiv va emotsional ta’siriga asoslanib ijtimoiy madaniy tadbirlar mazmunini belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi faoliyatini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi kompetensiyalarini rivojlantirish modelini ijodiy-madaniy faoliyatning tashxislash, tahlil, qaror qabul qilish kabi funksional komponentlari mazmuniga ko‘ra o‘quvchilarning ijodkorlik madaniyati, ijodiy qobiliyatlari, e’tiqodlari hamda badiiy qadriyatlarini shakllantirishda artpedagogik yondashuvning emosional ta’sirini belgilash asosda takomillashtirishga oid Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish”, deb nomlangan 35-bandi asosida “Yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanishning artpedagogik asoslarini tadqiq qilish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlari dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 10 fevraldagi 03-22/101-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilar faoliyatida o‘quvchi yoshlar iqtidorini aniqlash va rivojlantirishning samarali metodlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi faoliyatini funksional rivojlantirish shart-sharoitlari badiiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashning gedonistik mexanizmlariga ko‘ra badiiy ijodiy motivasiya, kognitiv, tarbiyaviy, kommunikativ, insoniy munosabatlarni modellashtirish asosida takomillashtirish, ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijodiy to‘garaklar va targ‘ibot faoliyatini rivojlantirishda artpedagogik resurslarning metodik imkoniyatlarini belgilash asosida boyitishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan soxalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son farmoni hamda “Ma’naviyat-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 26 martdagi PQ- 5040-son qarori ijrosini umumiy o‘rta ta’lim maktablari va mahallalarda ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023 yil 16 fevraldagi 01-03/203-son ma’lumotnomasi). Natijada ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan  «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari uchun uslubiy qo‘llanma» ishlab chiqilgan;
ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi kompetensiyalarini rivojlantirishning modulli kichik universal sugGEStiv texnologiyasi artpedagogik yondoshuvning senzitiv va emosional ta’siriga asoslanib ijtimoiy madaniy tadbirlar mazmunini belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflardan JHBL “Oilada jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi kriminogen muhit, kelib chiqish sabablarini tadqiq etish” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28 apreldagi 02-07-1509/4-son dalolatnomasi). Natijada ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari sugGEStiv texnologiyalar vositada kengaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish