Mingnorov Abduxoliq Toshmirzaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistondagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning davriy matbuotda yoritilishi (1924-1939 yillar)”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tar219.
Ilmiy maslahatchi: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat peda- gogika universiteti DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Ishquvatov Valiqul Turdievich, tarix fanlari doktori, dotsent; Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor; Ergashev Baxtiyor Ergashovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1924-1939 yillardagi davrda O‘zbekistondagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni davriy matbuot sahifalarida yoritilishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolsheviklar Turkistonda hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olgach, yangi boshqaruvni taklif qilish orqali o‘lkada milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazib, milliy belgilariga qarab O‘zbekiston jumhuriyati tuzilganligi, bu esa ittifoq manfaatiga xizmat qilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar davriy matbuot sahifalarida keng yoritilgani dalillangan;
O‘zbekiston jumhuriyati tuzilganidan so‘ng davriy matbuot faoliyatining ahvoli ikkita bosqichda namoyon bo‘lib, birinchi bosqich (1924–1929 yillar)da sovet hokimiyati amalga oshirgan islohotlar va o‘zgarishlar yangilik sifatida berib borilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich (1930–1939 yillar)da esa – davriy matbuot siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning targ‘ibotchisiga aylanganligi asoslangan;
davriy nashrlarning sovet mafkurasi nazorati ostida faoliyat yuritishiga qaramay, respublika matbuoti arab imlosiga asoslanganligi (1929 yilgacha) sababli bolsheviklarning mafkuraviy tizimi davriy matbuotni to‘liq nazorat ostiga vaqtincha bo‘lsada ololmaganligi, natijada mahalliy ziyolilar siyosiy vaziyat og‘ir bo‘lishiga qaramasdan mintaqaning siyosiy va iqtisodiy istiqboli uchun zarur bo‘lgan muammolarni yoritishga harakat qilganligi ochib berilgan;
davriy matbuotda bolsheviklarning to‘liq nazorati o‘rnatilgach, sovet hukumatining zo‘ravonlik siyosatiga qarshi har qanday chiqishlar, jumladan istiqlolchilik harakati, shuningdek, mavjud hokimiyatning ommaviy qatag‘on siyosati kabi jarayonlar davriy nashrlarda sovetlarning nuqtai-nazaridan kelib chiqqan holda talqin qilingani isbotlangan.
sovet hokimiyatining dastlabki davrida qishloq xo‘jaligi bolsheviklarnnig asosiy iqtisodiy daromadi bo‘lganli sababli mazkur tarmoqda amalga oshirlgan ham ma’muriy va ham iqtisodiy islohotlar davriy matbuot sahifalari orqali boshqa sohalarga qaraganda ko‘proq targ‘ib qilinganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning davriy matbuotda yoritilishi (1924-1939 yillar) mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekistondagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning davriy matbuotda yoritilishi (1924-1939 yillar)ni tadqiq etish davomida olingan natijalar, xulosalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini tashkil topishi va ularda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlar, jadid ma’rifatparvarlar, diniy hayotda ulamolarning ma’naviy rahnomaliklari, sovet hokimiyatiga qarshi harakati va qatag‘onchilik siyosati, milliy-hududiy chegaralanish masalalariga oid materiallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi “Shahidlar xotirasi” jamoat fondini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 1 martdagi 41-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining, ayniqsa, etishib kelayotgan yosh avlodlarning bilim va dunyoqarashining o‘sishiga xizmat qilgan;
davriy nashrlarning sovet mafkurasi nazorati ostida faoliyat yuritishiga qaramay, respublika matbuoti arab imlosiga asoslanganligi (1929 yilgacha), mahalliy ziyolilar mintaqaning siyosiy va iqtisodiy istiqboli uchun zarur bo‘lgan muammolarni yoritishga harakat qilganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ilmiy natijalardan mahalliy manbaviy ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarni raqamlashtirilgan kutubxona yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2022 yil 28 yanvar 02-20/66-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashrif buyuruvchilarning bu boradagi bilim va tasavvurlarini boyitishga xizmat qildi. Natijada Milliy kutubxonaning mahalliy manbalarga doir asarlarini raqamlashtirishda va kutubxonaga tashrif buyuruvchilarning o‘sha davrga oid manbalar bilan tanishish imkoniyatini bergan;
O‘zbekiston jumhuriyati tuzilganidan so‘ng davriy matbuot faoliyatining ahvoli ikkita bosqichda namoyon bo‘lib, birinchi bosqich (1924–1929 yillar)da sovet hokimiyati amalga oshirgan islohotlar va o‘zgarishlar yangilik sifatida berib borilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich (1930–1939 yillar)da esa – davriy matbuot siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning targ‘ibotchisiga aylanganligi, o‘tgan asrning 20-30 yillaridagi siyosiy jarayonlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limining targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda, shuningdek, o‘sha davr matbuotiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 30 iyundagi 14.07.1108-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizda yashayotgan boshqa millatlarning ham o‘tgan asrning 20-30- yillaridagi respublikamizda yuz bergan siyosiy jarayonlarni o‘rganish imkoniyatini bergan;
1924-1939 yillardagi davriy matbuot sahifalarida O‘zbekistondagi iqtisodiy, siyosiy jarayonlar, jadidlar faoliyati va ularning qismatiga oid materiallardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Turkiston muxtoriyati va uning qismati” (3.12.2020 y.), “Buxoro jadidchilik harakati tarixi” (29.12.2020y.), “Jadidchilik harakati faoliyati”(26.08.2021y), “Qatag‘onchilik siyosati” (30.08.2021 y.), “Qo‘rboshilar kim edi, uydirma va haqiqat” (30.11.2021 y.) ko‘rsatuvlari jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Teleradiokompaniyasining 2021 yil 30 noyabrdagi 40-40-1825-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar teleko‘rsatuv tomoshobinlarining O‘zbekiston hududida matbuot tarixiga oid tasavvurlarini boyitishga xizmat qilib, xalqimizning o‘tgan asrning 20-30-yillarida yuz bergan voqealarni ochib beradigan manbalar bilan tanishish imkoniyatini yuzaga keltirgan.