Axmedova Dildora Olimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda xotin-qizlar mehnat migratsiyasining ijtimoiy omillari», 22.00.03 – Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/S129.
Ilmiy rahbar: Narbaeva Tanzila Kamalovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Asadov Shavkat G‘aybullaevich, yuridik falari doktori (DSc), professor; G‘afforova Mavlyuda Qurbonboevna, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xotin-qizlar mehnat migratsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy omillarni sotsiologik yondashuvlar orqali aniqlash hamda xotin-qizlarni mehnat migratsiyasi sharoitida jamiyatga integratsiyalashish imkoniyatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat migratsiyasiga chiqayotgan xotin-qizlarning xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashuv jarayonlari va jamiyatga reintegratsiya qilishda «mehnat migratsiyasining feminlashuvi» orqali ijtimoiy moslashtirish samaradorligini oshirishning ijtimoiy, huquqiy, sotsiopsixologik yordam ko‘rsatish, mehnat bozorida gender tenglikni kafolatlashning sotsial mexanizmlari asoslangan;  
xorijda vaqtinchalik mehnat migratsiyasidagi xotin-qizlarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalashda tashqi mehnat migratsiyasidagi vakolatli organlar faoliyati bilan mehnat shartnomasi orqali boquvchisini yo‘qotganlik, kasallik, mehnatga layoqatsizlik, farzand tarbiyasi, pensiya taʼminotining sotsiologik sug‘urtalash yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishda mehnat bozorida kasbiy hamda individual imkoniyatlaridan foydalanish orqali  ularning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq, bir birini to‘ldiruvchi  kommunikativlik, o‘z madaniyatini va ishlash uchun bormoqchi bo‘lgan mamlakatning madaniyatini bilishning sotsiomadaniy kompetensiyalari ochib berilgan;
xorijdagi vatandoshlar va tashqi mehnat migratsiyasiga ishlash uchun ketayotgan xotin-qizlar o‘rtasida murabbiylik tuzilmalarini, xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha mahallalarda yo‘lga qo‘yilishi, odam savdosiga qarshi kurashish, xotin-qizlarning qonuniy mehnat migratsiyasida tartibli ishtirok etish samaradorligiga erishilishi sotsiologik asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xotin-qizlar mehnat migratsiyasini ijtimoiy omillarini tadqiq qilish bo‘yicha tadqiqot natijalaridan:
Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarida, xorijda vaqtinchalik mehnat migratsiyasidagi xotin-qizlarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalashda, tashqi mehnat migratsiyasidagi vakolatli organlar faoliyati bilan mehnat shartnomasi orqali boquvchisini yo‘qotganlik, kasallik, mehnatga layoqatsizlik, farzand tarbiyasi, pensiya taʼminotining sotsiologik sug‘urtalash yo‘nalishlari ishlab chiqilgan maʼlumotidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (TMMA) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PQ-149-sonli «Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorining 2-qism 4-bandida belgilangan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish ko‘lamini kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish, salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish» bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda va TMMAning 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlari rejasidagi «Noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish» deb nomlangan bo‘limining 5.1, 5.2, 5.6-bandalari bo‘yicha va «Xorijiy ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish» deb nomlangan bo‘limlaridagi 7.2, 7.4, va 7.5-bandlari bo‘yicha TMMAning 2022 yildagi 9 oylik hisobotini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2023 yil 17 yanvardagi 02/00-04/18-260-sondagi maʼlumotnomasi). Dissertant tomonidan berilgan ushbu takliflar xorijiy mamlakatlar mehnat migratsiyasida bo‘lgan xotin-qizlarning mehnatga oid bilimlarini oshirishga, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga, qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil qilishda yuzaga kelayotgan ijtimoiy omillarni aniqlashda, noqonuniy mehnat migratsiyasida bo‘lib qaytgan xotin-qizlarni jamiyatga reintigratsiya qilish va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini osonlashtirishga xizmat qiladigan TMMAning 10 ga yaqin buyruqlarini ishlab chiqishda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan;
xorijdagi vatandoshlar va tashqi mehnat migratsiyasiga ishlash uchun ketayotgan xotin-qizlar o‘rtasida ishga joylashtirish bo‘yicha murabbiylik tuzilmalarini mahallalarda yo‘lga qo‘yilishi, odam savdosiga qarshi kurashish, xotin-qizlarning qonuniy mehnat migratsiyasida tartibli ishtirok etish samaradorligiga erishilishi sotsiologik asoslantirilganlikka oid ma’lumotidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2022 yilning aprel-may oylarida o‘tkazilgan «Odam savdosi: fuqarolarning xabardorligi, jinoyatlar sabablari va ularga qarshi kurashish» mavzusidagi sotsiologik so‘rovnoma anketasining «B» blokining 1, 2, 3, 4, 5, 8-savollarini va javob variantlarini ishlab chiqishda va 2022 yilning iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan «Odam savdosiga qarshi kurashish, legal mehnat migratsiya va xorijda ishga joylashish uchun sharoitlar yaratish, odam savdosi qurbonlariga aylangan xotin-qizlar reabilitatsiyasi» mavzusidagi o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma anketasining «A» blokining 6, 8, 9, 11-savollarini va javob variantlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2022 yil 15 apreldagi 01-16/101-son maʼlumotnomasi). Bu modifikatsiyalashtirilgan so‘rovnoma anketasini tayyorlashga, O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini samarali tartibga solish va boshqarish va tahlil qilishga oid sotsiologik bazasini boyitishga, odam savdosiga qarshi kurashish, xotin-qizlarning qonuniy mehnat migratsiyasida ishtirok etishlariga doir jamoatchilik fikrini o‘rganish natijasida to‘plangan maʼlumotlar bazasini tashkil qilishda va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasiga Markaz tomonidan takliflar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
mehnat migratsiyasiga chiqayotgan xotin-qizlarning xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashuv jarayonlari va jamiyatga reintegratsiya qilishda «mehnat migratsiyasining feminlashuvi» orqali ijtimoiy moslashtirish samaradorligini oshirishning ijtimoiy, huquqiy, sotsiopsixologik yordam ko‘rsatish, mehnat bozorida gender tenglikni kafolatlashning sotsial mexanizmlari asoslanganlikka oid maʼlumotidan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi PF-87-sonli «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoning 1-bobi 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda, shuningdek, ushbu farmon bilan tasdiqlangan 2022 – 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022 – 2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining 1.3. Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish yo‘nalishining 10-bandida va 1.6. Chet elga ishlash uchun ketgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, odam savdosining oldini olish yo‘nalishining 24, 25, 26 – va 27 – bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2022 yil 15 iyuldagi 02-04/616-son ma’lumotnomasi). Bu qo‘mita tomonidan tashqi mehnat migratsiyasida bo‘lgan xotin-qizlarning sotsial qiyofani shakllantirish, tashqi mehnat migratsiyasiga ketayotgan xotin-qizlarning tayyorlik darajasini belgilash mezonlarini ishlab chiqishda, mehnat migratsiyasidan qaytgan xotin-qizlarni jamiyatga reintigratsiya qilish va ularning ijtimoiy moslashuvini optimallashtirishga oid ishlarni tashkil qilishda hamda xotin-qizlar mehnatini samarali eksport qilish va mehnat investisiyasini rag‘batlantirishiga doir metodik qo‘llanmalar tayyorlashda keng foydalanilgan;
xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishda mehnat bozorida kasbiy hamda individual imkoniyatlaridan foydalanish orqali  ularning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq bir birini to‘ldiruvchi kommunikativlik, o‘z madaniyatini va ishlash uchun bormoqchi bo‘lgan mamlakatning  madaniyatini bilishining sotsiomadaniy kompetensiyalari ochib berilganligiga oid maʼlumotidan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil II yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasining 28-bandini (Mahallalarda ota-onalar o‘rtasida farzand tarbiyasi, ma’naviy barkamollik va mafkuraviy immunitetni mustahkamlash masalalari bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlarini tashkillashtirish), 39-bandini (Mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi holatlarga sabab bo‘layotgan omillar va shart-sharoitlarni oldini olish (bartaraf etish) bo‘yicha manzilli «YO‘l xaritalari»ni ishlab chiqish va ular ijrosini taʼminlash.), 40-bandi (Tuman-shahar)larda davlat boshqaruvi organlarining kam taʼminlangan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar hamda «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarni qo‘llab-quvvatlashga oid faoliyatlarini «Mahallabay» va manzilli tashkil etish.), 41-bandini (Mahallalarda tarbiyasi og‘ir voyaga etmaganlar, to‘liqsiz oilalar, notinch oilalar va kam taʼminlangan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning muammosi mavjud farzandlari hamda etim bolalarning muammolarini o‘rganish va hal etish, ular bilan manzilli ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish.), 43-bandi (Mahallalarda jazoni ijro etish muassasalaridan va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar, ayniqsa kam taʼminlangan oilalar aʼzolari va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish va ularni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash tizimini kuchaytirish), 64-bandini (Aholi vakillari o‘rtasida o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha hokim yordamchilari bilan birgalikda targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish) ishlab chiqishida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 01-02-04/1124-son maʼlumotnomasi). Bu mahalla tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarni hal qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni kasb-hunarga o‘rgatish va mahallalarning o‘sish nuqtasini belgilashda va mahallarda farovon oila muhitini shakllantirishda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish