Ruzimov Anvarbek Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uch qatlamli dissipativ bir jinsli bo‘lmagan silindrik jismning chiziqli erkin va majburiy tebranish xususiyatlari”, 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/FM716
Ilmiy rahbar: Safarov Ismoil Ibrohimovich fizika-matematika fanlari doktori prof.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Botir Mardonov fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Ismayilov Kubaymurat texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi - dissipativ bir jinsli bo‘lmagan uch qatlamli silindrik jismlarning erkin va majburiy tebranishlarini o‘rganish metodikasi va algoritmini yaratish, hamda mavjud nazariya ilmiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
materiallarning qovushoq-elastik xususiyatlarini hisobga olgan holda uch qatlamli chekli uzunlikdagi silindrik jismlar (qobiqlar)ning erkin va majburiy tebranishlari masalalarini ychish metodikasi va algoritmi Filatov-Sunchalievning muzlatish, Myuller va Gauss usullarini qo‘llash orqali ishlab chiqilgan;
strukturaviy dissipativ bir jinsli bo‘lmagan mexanik sistemalar uchun tebranishlar chastotasi bir nechta modalarining (haqiqiy va mavhum qismlar) fizik-mexanik, reologik va geometirik parametrlarga bog‘liqligi olingan sonli natijalar tahlili asosida aniqlangan;
vibratsion yuklanishda rezonans holatni baholash uchun amplituda–chastota munosabatlarida mexanik, reologik va geometrik parametrlar ta’siri integro-differensial tenglamalardan olingan dispersion egri chiziq holatidan aniqlangan;
ko‘cishlar rezonans amplitudasi to‘ldiruvchining qovushqoqlik xususiyatlariga bog‘liqligi 15-25% ni tashkil qilishi olingan sonli natijalar tahlilidan topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotdagi uch qatlamli dissipativ bir jinsli bo‘lmagan silindrik jismning chiziqli erkin va majburiy tebranishining ilmiy asoslarini hisobga olgan holda hisoblash usuli, algoritmi va dasturi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zgaruvchan qalinlikdagi quvurning muhit bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olish bilan bog‘liq masalalardan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Davlat ilmiy texnika dasturi doirasida 2016-2020 yillarda bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar tasirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (2022 yil 14 noyabrdagi 1/01-2739-sonli ma’lumotnoma). Natijada, elastik va qovushqoq-elastik uch qatlamli qobiqsimon elementlardan tashkil topgan quvurning rezonans sohalari aniqlangan;
tadqiqot natijasida e’lon qilingan ikkita ilmiy maqolada (1.Safarov I. I., Kulmuratov N. R., Ruzimov A. Sh.(2019). Influence of dynamic dampener on distributions of areas of parametric resonance of viscoelastic mechanical systems with periodically variable rigidity. // ISJ Theoretical & Applied Science. – 2019. 2.Safarov, I. I., Ruzimov, A., Esonov N. Almuratov Sh. Dynamic calculation of pipelines shallow basis on the basis of the thin slim theory. // Novateur publications international journal of innovations in engineering research and technology [ijiert] issn: 2394-3696 website: ijiert.org volume 7, issue 7. – 2020. ) keltrilgan mexanik tizimlarning parametrga bog‘liq o‘zgarishini hisobga olish metodikasidan Vena universiteti qoshidagi Avstriya fondi jamg‘armasi (FWF) tomonidan moliyalashtirilgan FWF M-2816 (Senior Lise Meitner Research Fellowship, Preprint 2021) tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. Natijada, fundamental loyihada qo‘llanilgan "Korteweg-de Vries” tenglamasi va uning xos echimlari aniqlangan.