Burxonov Baxodir Baxromjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «SOVID-19 bilan bog‘liq o‘tkir respirator distress sindromi bo‘lgan bemorlarda nafas olishni qo‘llab-quvvatlash xususiyatlari», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2592.
Ilmiy rahbar: Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: 1-sonli Zangiota Respublika ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Satvaldieva El`mira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Ne’mat Kamildjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respirator terapiya protokolini maqbullashtirish orqali COVID-19 bilan bog‘liq O‘RDS bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan bog‘liq o‘tkir respirator distress sindromining patomorfologik xususiyatlari o‘pka to‘qimalari yallig‘lanishining epitelial, qon tomir va fibroz patternlarining o‘zaro nisbati va o‘zgaruvchanligining aniq vaqt bilan bog‘liq qonuniyatlarga ega ekanligi aniqlangan;
o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparati sozlamalarini muayyan bemorga sozlash imkoniyati bilan COVID-19 bilan bog‘liq o‘tkir respirator distress sindromi bilan kasallangan bemorlarda respirator mexanikasining, gipoksemiyaning og‘irligi va o‘pka zararlanish darajasining turli xil bog‘liqliklari aniqlangan;
aniqlanishicha, COVID-19 bilan bog‘liq o‘tkir respirator distress sindromi rivojlanishining dastlabki bosqichlarida nafas olish hajmining nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari, nafas olish tezligi va o‘pkaning daqiqali ventilyasiyasi, yuqori darajali respirator komplayns, o‘pka to‘qimalari egiluvchanligining past ko‘rsatkichlari va ventilyasiya-perfuziya nisbati bilan tavsiflanadi;
nafas olish tizimi mexanikasining buzilishi variantini, COVID-19 pnevmoniyasining og‘irlik darajasini va o‘pkada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan morfologik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, COVID-19 bilan bog‘liq o‘tkir respirator distress sindromida respirator terapiyaning taktik jihatlari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM ekspert kengashining  2023 yil 14 iyundagi 2x/10 son xulosasiga ko‘ra (boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga «Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM tomonidan 2023 yil 10 iyundagi 517-son xat):
COVID-19 infeksiyasining boshlanishidan o‘tgan vaqtni hisobga olish va o‘pka to‘qimasidagi tegishli patomorfologik o‘zgarishlarni bilish optimal repirator terapiya parametrlari va nazorat sxemalarini taklif qilishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM buyrug‘i (10.06.2023 y.; №519) bilan Respublika maxsus Zangiota-2 shifoxonasi, hamda NKMK “Fond” DM (Navoiy) TSB ning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli asoratlar va ko‘p organ etishmovchiligining chastotasi kamayadi; bemorlarni erta reabilitatsiya qilish va ularning faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytishi ta’minlanadi; COVID-19 dan keyingi davrda bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: patomorfologik xususiyatlar haqidagi bilimlarni oshirish va COVID-19 bilan bog‘liq O‘RDSni erta tashxisini yaxshilash, hamda sun’iy o‘pka ventilyasiyasining o‘rtacha davomiyligini 9,5dan 6,6 kungacha qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorda 6 019 936 so‘m (Respublika maxsus Zangiota shifoxonasi preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qilindi. Demak 1 nafar bemordan 6 019 936 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1 733 741 568 so‘mni tashkil etadi (288 nafar bemor uchun). Xulosa: patomorfologik xususiyatlar haqidagi bilimlarni oshirish va COVID-19 bilan bog‘liq O‘RDSni erta tashxisini yaxshilash, hamda sun’iy o‘pka ventilyasiyasining o‘rtacha davomiyligi qisqarishi 1 yilda 1 733 741 568 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “SOVID-19 bilan bog‘liq o‘tkir respirator distress sindromi bo‘lgan bemorlarda nafas olishni qo‘llab-quvvatlash xususiyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 10.06.2023 y.; №517 sonli xat yuborilgan;
nafas olish mexanikasidagi turli xil o‘zgarishlarni aniqlashtirish va ularning gipoksemiyaning og‘irligi, o‘pkaning ishtirok etish darajasi bilan bog‘liqligi ventilyator sozlamalarini shaxsiylashtirishga, shuningdek intensiv terapiyada davolanish muddatini qisqartirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyrug‘i (10.06.2023 y.; №519) bilan Respublika maxsus Zangiota-2 shifoxonasi, hamda NKMK “Fond” DM (Navoiy) TSB ning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli asoratlar va ko‘p organ etishmovchiligining chastotasi kamayadi; bemorlarni erta reabilitatsiya qilish va ularning faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytishi ta’minlanadi; COVID-19 dan keyingi davrda bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq O‘RDSni respirator davolashda yangi yondashuvlarining joriy qilinishi hisobiga va reanimatsiya bulimida davolanishning o‘rtacha davomiyligi 11,4 dan 9,4 kungacha qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorda 4 151 680 so‘m (Respublika maxsus Zangiota shifoxonasi preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qilindi. Demak 1 nafar bemordan 4 151 680 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 2 017 716 480 so‘mni tashkil etadi (486 nafar bemor uchun). Xulosa: COVID-19da psixoemotsional kasalliklarni erta tashxislashda yangi yondashuvlarni joriy etilishi va bemorlarni statsionar davolashning o‘rtacha davomiyligi qisqarishi 1 yilda 2 017 716 480 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “SOVID-19 bilan bog‘liq o‘tkir respirator distress sindromi bo‘lgan bemorlarda nafas olishni qo‘llab-quvvatlash xususiyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 10.06.2023 y.; №517 sonli xat yuborilgan;
nafas olish mexanikasidagi aniqlangan katta o‘zgarishlarni va COVID-19 bilan bog‘liq O‘RDSning har bir aniq holatida o‘pkaning shikastlanish hajmini hisobga olgan holda, ko‘rsatkichlarni optimallashtirish va invaziv bo‘lmagan va invaziv shamollatishning turli usullari va rejimlaridan foydalanish uchun individual sharoitlarni belgilash, shuningdek reanimatsiyaga yotqizish sonini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM buyrug‘i (10.06.2023 y.; №519) bilan Respublika maxsus Zangiota-2 shifoxonasi, hamda NKMK “Fond” DM (Navoiy) TSB ning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli asoratlar va ko‘p organ etishmovchiligining chastotasi kamayadi; bemorlarni erta reabilitatsiya qilish va ularning faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytishi ta’minlanadi; COVID-19 dan keyingi davrda bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq O‘RDSni erta tashxislashda yangi yondashuvlarni joriy etiliishi, reanimatsiya bulimiga yotqizish kursatmalarini optimallashtirish, va bemorlarni statsionar davolashning o‘rtacha davomiyligini 21,2 kundan 14,6 kungacha qisqartirish hisobiga 1 nafar bemorda 7 482 080 so‘m (Respublika maxsus Zangiota shifoxonasi preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qilindi. Demak 1 nafar bemordan 7 482 080 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 636 290 880 so‘mni tashkil etadi (486 nafar bemor uchun). Xulosa: COVID-19 bilan bog‘liq O‘RDSni erta tashxislashda yangi yondashuvlarni joriy etilishi, reanimatsiya bulimiga yotqizish kursatmalarini optimallashtirilishi, va bemorlarni statsionar davolashning o‘rtacha davomiyligi qisqartirilishi 1 yilda 3 636 290 880 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “SOVID-19 bilan bog‘liq o‘tkir respirator distress sindromi bo‘lgan bemorlarda nafas olishni qo‘llab-quvvatlash xususiyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 10.06.2023 y.; №517 sonli xat yuborilgan;
taklif qilingan COVID-19 bilan bog‘liq O‘RDS uchun o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasining optimal parametrlari va nazorat sxemalari respirator mexanika kursatgichlarini, COVID-19 pnevmoniyasining og‘irlik darajasini va o‘pkadagi morfologik o‘zgarishlarni inobatga oladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM buyrug‘i (10.06.2023 y.; №519) bilan Respublika maxsus Zangiota-2 shifoxonasi, hamda NKMK “Fond” DM (Navoiy) TSB ning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli asoratlar va ko‘p organ etishmovchiligining chastotasi kamayadi; bemorlarni erta reabilitatsiya qilish va ularning faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytishi ta’minlanadi; COVID-19 dan keyingi davrda bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq O‘RDSda respirator terapiyaning taktikasini joriy qilinishi va sun’iy o‘pka ventilyasisi o‘rtacha davomiyligi 8,6 dan 6,2 kungacha qisqartirish hisobiga 1 nafar bemorda 4 982 016 so‘m (Respublika maxsus Zangiota shifoxonasi preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qilindi. Demak 1 nafar bemordan 4 982 016 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 2 421 259 776 so‘mni tashkil etadi (486 nafar bemor uchun). Xulosa: COVID-19 bilan bog‘liq O‘RDSda respirator terapiyaning taktikasini joriy qilinishi va sun’iy o‘pka ventilyasisi o‘rtacha davomiyligi qisqarishi 1 yilda 2 421 259 776 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “SOVID-19 bilan bog‘liq o‘tkir respirator distress sindromi bo‘lgan bemorlarda nafas olishni qo‘llab-quvvatlash xususiyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 10.06.2023 y.; №517 sonli xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish