Xakimov Begali Bobokulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 fonida pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional xolat buzilishi xususiyatlari va uni davolash», 14.00.27 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2186.
Ilmiy rahbar: Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika maxsus 2-son Zangiota shifoxonasi, «Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiet markazi» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Djurabay Marifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Satvaldieva Elmira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: S.D. Asfendiyarov nomli Qozoq milliy tibbiet universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jonlantirish va intensiv terapiya bo‘linmalarida sedatsiya protokollarini takomillashtirish asosida COVID-19 va yo‘ldosh psixoemotsional kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlarda kasallikning klinik kechishi xususiyatlariga qarab psixoemotsional va neyrokognitiv buzilishlar rivojlanishining asosiy patofiziologik xavf omillari aniqlangan;
COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlarda sedativ va kompleks davolash usulini tanlashga, kasallikning og‘ir kechishi va oqibatlariga ta’sir qiluvchi psixoemotsional maqomning buzilishi rivojlanishining o‘zaro bog‘liqligi va klinik prediktorlari aniqlangan;
COVID-19 pnevmoniyasining og‘ir kechishi bilan bog‘liq psixoemotsional buzilishlar alomatlariga sedativ terapiya va tizimli ta’sir qilish sharoitida patologik jarayonning ortga chekinishi klinik-patogenetik xususiyatlari aniqlangan;
psixoemotsional buzilishlari bo‘lgan bemorlarda deksmedetomidindan foydalangan holda sedatsiya algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, u COVID-19 pnevmoniyasi holatida o‘tkir respirator distress sindromida o‘pkani noinvaziv ventilyasiya qilish imkoniyatlarini kengaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM ekspert kengashining  2023 yil 14 iyundagi 2x/9 son xulosasiga ko‘ra (boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga «Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM tomonidan 2023 yil 10 iyundagi 518-son xat):
COVID-19 pnevmoniyasi bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarning klinik kursining xususiyatlarini aniqlash va patofiziologik xavf omillarini hisobga olish terapevtik va profilaktika choralarini ishlab chiqish, COVID-19 ning neyrokognitiv asoratlarining turli xil variantlarida medikamentoz sedatsiyani yaxshilash uchun zarur shart-sharoitlarni belgilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyrug‘i (10.06.2023 y.; №520) bilan Respublika maxsus Zangiota-1 shifoxonasi, hamda NKMK “Fond” DM (Navoiy) TSB ning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nafas olish asoratlari chastotasi pasayadi; bemorlarni erta reabilitatsiya qilish va ularning faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytishi ta’minlanadi; COVID-19 dan keyingi davrda bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19da psixoemotsional buzilishlarni intensiv davolashga yangi yondashuvlar joriy qilinishi va reanimatsiya bulimida davolanishning o‘rtacha davomiyligi 10,4 kundan 6,6 kungacha qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorda 7 888 192 so‘m (Respublika maxsus Zangiota shifoxonasi preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qilindi. Demak 1 nafar bemordan 7 888 192 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 2 626 767 936 so‘mni tashkil etadi (333 nafar bemor uchun). Xulosa: COVID-19da psixoemotsional buzilishlarni intensiv davolashga yangi yondashuvlar amaliyotga joriy qilinishi va reanimatsiya bulimida davolanishning o‘rtacha davomiyligi qisqarishi 1 yilda 2 626 767 936 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “COVID-19 fonida pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional xolat buzilishi xususiyatlari va uni davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 10.06.2023 y.; №518 sonli xat yuborilgan;
psixoemotsional buzilishlarning rivojlanishi va COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarning klinik va demografik xususiyatlari (60 yoshdan oshgan, ayol jinsi, SAPS II 40 balldan ortiq, o‘pka shikastlanishi hajmi 50% dan ortiq) o‘rtasidagi aniqlangan o‘zaro ta’sirlarni hisobga olish sedativ va kompleks terapevtik yondashuvni tanlashni optimallashtirishga imkon beradi, kasallikning og‘irligini pasaytiradi va davolash natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyrug‘i (10.06.2023 y.; №520) bilan Respublika maxsus Zangiota-1 shifoxonasi, hamda NKMK “Fond” DM (Navoiy) TSB ning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nafas olish asoratlari chastotasi pasayadi; bemorlarni erta reabilitatsiya qilish va ularning faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytishi ta’minlanadi; COVID-19 dan keyingi davrda bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19da psixoemotsional kasalliklarni erta tashxislashda yangi yondashuvlarni joriy etilishi va bemorlarni statsionar davolashning o‘rtacha davomiyligini 22,4 kundan 16,2 kungacha qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorda 9 625 792 so‘m (Respublika maxsus Zangiota shifoxonasi preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qilindi. Demak 1 nafar bemordan 9 625 792 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 205 388 736 so‘mni tashkil etadi (333 nafar bemor uchun). Xulosa: COVID-19da psixoemotsional kasalliklarni erta tashxislashda yangi yondashuvlarni joriy etilishi va bemorlarni statsionar davolashning o‘rtacha davomiyligi qisqarishi 1 yilda 3 205 388 736 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “COVID-19 fonida pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional xolat buzilishi xususiyatlari va uni davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 10.06.2023 y.; №518 sonli xat yuborilgan.
COVID-19 fonida psixoemotsional buzilishlar klinikasining turli xil variantlarda ularning assotsiatsiyalari rivojlanishi bilan og‘irlashishi og‘ir va o‘ta og‘ir COVID-19da qayd etilgan, shu bilan birga, COVID-19ni etiotropik va patogenetik davolashning asosiy yo‘nalishlarida protokollarning samaradorligi (koagulopatiyani tuzatish, nafas olish va antibakterial terapiya) to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘g‘ri sedatsiya rejimiga bog‘liq. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyrug‘i (10.06.2023 y.; №520) bilan Respublika maxsus Zangiota-1 shifoxonasi, hamda NKMK “Fond” DM (Navoiy) TSB ning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nafas olish asoratlari chastotasi pasayadi; bemorlarni erta reabilitatsiya qilish va ularning faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytishi ta’minlanadi; COVID-19 dan keyingi davrda bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 fonida rivojlanadigan psixoemotsional buzilishlarda sedativ terapiyaga yangi yondashuvlarni joriy etiliishi va dori vositalari uchun xarajatlarni qisqartirish hisobiga 1 nafar bemorda 632 000 so‘m (Respublika maxsus Zangiota shifoxonasi preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qilindi. Demak 1 nafar bemordan 632 000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 210 456 000 so‘mni tashkil etadi (333 nafar bemor uchun). Xulosa: COVID-19 fonida rivojlanadigan psixoemotsional buzilishlarda sedativ terapiyaga yangi yondashuvlarni joriy etilishi va dori vositalari uchun xarajatlarni qisqartirilish 1 yilda 210 456 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “COVID-19 fonida pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional xolat buzilishi xususiyatlari va uni davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 10.06.2023 y.; №518 sonli xat yuborilgan.
COVID-19 pnevmoniyasi bo‘lgan bemorlarda sedativ terapiya algoritmi taklif qilingan, u psixoemotsional holat buzilishlarini maxsus shkalalar bo‘yicha birlamchi baholash, zamonaviy sedatsiya va analgeziya dori vositalarini qo‘llashdan iborat bo‘lib, tashqi nafas olish, qon gazining tarkibi ko‘rsatkichlarini yaxshilab va minimal salbiy gemodinamik ta’sir bilan etarli va xavfsiz respirator terapiyani ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyrug‘i (10.06.2023 y.; №520) bilan Respublika maxsus Zangiota-1 shifoxonasi, hamda NKMK “Fond” DM (Navoiy) TSB ning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nafas olish asoratlari chastotasi pasayadi; bemorlarni erta reabilitatsiya qilish va ularning faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytishi ta’minlanadi; COVID-19 dan keyingi davrda bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 fonida rivojlanadigan psixoemotsional buzilishlarda sedativ terapiya algoritmini joriy etiliishi va sun’iy o‘pka ventilyasiyasi davomiyligini 7,2 kundan 5,2 kungacha qisqartirish hisobiga 1 nafar bemorda 4 151 680 so‘m (Respublika maxsus Zangiota shifoxonasi preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qilindi. Demak 1 nafar bemordan 4 151 680 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1 382 509 440 so‘mni tashkil etadi (333 nafar bemor uchun). Xulosa: COVID-19 fonida rivojlanadigan psixoemotsional buzilishlarda sedativ terapiya algoritmini joriy etiliishi va sun’iy o‘pka ventilyasiyasi davomiyligi qisqarishi 1 yilda 1 382 509 440 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “COVID-19 fonida pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional xolat buzilishi xususiyatlari va uni davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 10.06.2023 y.; №518 sonli xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish