Ne’matov O‘ktam Suyunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.04–Otorinlaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1490.
Ilmiy rahbar: Lutfullaev G‘ayrat Umrillaevich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nasirov Vadim Aliyarovich tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston).
Yetakchi tashkilot: Abuali Ibn Sino nomli Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston)
II. Tadqiqotning maqsadi Burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bo‘lgan bemorlarda, diagnostikani takomillashtirish va kompleks davolash samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalarining batafsil gistologik strukturasi va organizmda bioximiyaviy ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda erta klinik belgilari aniqlangan;
burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bor bemorlar qon plazmasida MDA va O‘MM to‘planishi, MDA/KA nisbati ortishi, shuningdek katalaza faolligi va oqsil barqarorligi koeffisentining (OBK) pasayishi natijasida yuzaga kelgan endotoksikoz ko‘rsatkichlarining diagnostik qiymati aniqlangan;
tabiiy arpabodiyon o‘simligi efir moyining, klinik ko‘rsatkichlar va endotoksikoz ko‘rsatkichlari holatiga ijobiy antikosidant ta’siri aniklangan;
ilk bor, burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bor bemorlarda qon ketishni kamaytirish va kaytalanish ko‘rsatkichini pasaytirish maksadida, polideksa dori vositasi xamda maxaliy arpabodiyon efir moyini kompleks qo‘llashning samaradorligi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bilan og‘rigan bemorlarda diagnostika va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bilan og‘rigan bemorlarda erta klinik belgilarni aniqlash va endogen intoksikatsiya bioximiyaviy ko‘rsatkichlarini belgilab olish, kasallikni o‘z vaqtida aniqlash va davolash, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash imkonini beradi. Amaliy medisinada burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalarini davolash uchun, kompleks davo usuli tavsiya etildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Urgut tuman tibbiyot birlashmasi 01.11.2021yildagi 128-sonli buyruq hamda SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga tadbiq etildi 10.09.2022yildagi 143-sonli buyruq. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etilishi burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari diagnostikasini maqbullashtirish, bemorlarni statsionarda bo‘lish muddatlarini qisqartirish, shuningdek bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Iqtisodiy samaradorlik burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir xosilalari diagnostikasi va davolanishi ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishiladi. Xulosa: Ilmiy ish natijalarini oilaviy poliklinikalar va ixtisoslashtirilgan shifoxonalar ish faoliyatiga, shuningdek tibbiyot oliy o‘quv yurtlari kafedralarining o‘quv jarayoniga joriy etilganligi, burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir xosilalari diagnostikasini, davolashini yaxshilash va profilaktik choralarini takomillashtirish imkonini yaratadi. Ne’matov O‘ktam Suyunovichning«Burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand Dvlat tibbiet universitetidan 2022 yil 9 sentyabrdagi 1416-sonli xat yuborilgan.
burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bor bemorlar qon plazmasida o‘z vaqtida MDA va O‘VM, MDA/KA nisbati o‘zgarishlari natijasida yuzaga kelgan endotoksikoz ko‘rsatkichlarining diagnostik qiymati aniqlanishi va ushbu bemorlarda qon ketishni kamaytirish va kaytalanish ko‘rsatkichini pasaytirish maksadida, polideksa dori vositasi xamda maxaliy arpabodiyon efir moyini kompleks qo‘llash operatsiyadan keyingi davrni silliq o‘tishi, yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Urgut tuman tibbiyot birlashmasi 01.11.2021yildagi 128-sonli buyruq hamda SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga tadbiq etildi 10.09.2022yildagi 143-sonli buyruq. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon plazmasida MDA va O‘MM to‘planishi, MDA/KA nisbati ortishi, shuningdek katalaza faolligi va OBK pasayishi natijasida yuzaga kelgan endotoksikoz ko‘rsatkichlarining tashxislash diagnostik qiymati aniqlandi va burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bor bemorlarda polideksa dori vositasi xamda maxaliy arpabodiyon efir moyini kompleks qo‘llash qon ketish va kaytalanish ko‘rsatkichini pasayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bor bemorlar gospitalizatsiya qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazishda: bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,10 kundan 5,3 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 380000 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 160.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha50 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bor bemorlarni boshqarish taktikasida tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarni gospitalizatsiya paytida yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar natijasi qon yo‘qotishdan keyingi anemiya 42 (69.9%), umumiy intoksikatsiya 37 (87.7%), kabi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlari aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 58 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 23 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ne’matov O‘ktam Suyunovichning“Burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand Dvlat tibbiet universitetidan 2022 yil 9 sentyabrdagi 1416-sonli xat yuborilgan.
burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bilan xastalangan bemorlarda operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda kuzatiladigan qon ketish va qaytalanishga olib keladigan omillarni erta bartaraf etish operatsiyaning travmatik ta’sirini kamaytiradi, shifo jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Urgut tuman tibbiyot birlashmasi 01.11.2021yildagi 128-sonli buyruq hamda SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga tadbiq etildi 10.09.2022yildagi 143-sonli buyruq. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bilan xastalangan bemorlarda organizmda bioximiyaviy ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlari va gistologik strukturani hisobga olgan holda erta tashxislash; qon plazmasida MDA va O‘VM to‘planishi, MDA/KA nisbati ortishi, shuningdek katalaza faolligi va oqsil barqarorligi koeffisentining (OBK) pasayishi natijasida yuzaga kelgan endotoksikoz ko‘rsatkichlarining korreksiyasi qon ketishni kamaytirgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish xosila qaytalanish foizini pasaytirib ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,10 kundan 5,3 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 380000 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 160.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha50 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan gematologiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bilan xastalangan bemorlarda operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda qon ketish va qaytalanish omillarni bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 82 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 34 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ne’matov O‘ktam Suyunovichning “Burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand Dvlat tibbiet universitetidan 2022 yil 9 senttyabrdagi 1416-sonli xat yuborilgan.
burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bilan xastalangan bemorlarda shoshilinch jarrohlik amaliyoti texnik jihatlari takomillashtirilib, ushbu jarrohlik amaliyoti qon tomir hosilalarining turlari, gistologik xususiyatlarini hisobga olgan holda operatsiyaning travmatik omilini kamaytiradi va shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Urgut tuman tibbiyot birlashmasi 01.11.2021yildagi 128-sonli buyruq hamda SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga tadbiq etildi 10.09.2022yildagi 143-sonli buyruq. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1.burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari bilan xastalangan bemorlarda klinik jihatdan burun orqali nafas olishni berkilishi (75.3 %), burundan qon ketishi (79,6 %), burundan ajralma kelishi, hid bilish buzilishi (50,5 %) i (47,3 %), shuningdek bosh og‘rig‘i (40,9 %) kuzatiladi; qon plazmasida katalaza faolligining 67,8%gacha pasayishi fonida MDAning 86,4%gacha ishonchli darajada ortishi, O‘VM 254ni 130,4%gacha va O‘VM 280ni 58,6 %gacha to‘planishi kuzatildi, shu bilan birga OBK 75,4%gacha pasaydi, MDA/KA nisbati esa 6.14 barobarga ortishi aniqlandi. 2. Qon tomir hosilalari O‘VM va SIK to‘planishi bilan tavsiflanadi, bular o‘z navbatida eritrotsitlar parchalanishini kuchayishiga olib keladi, gemostaz tizimi faollashib, trombofilik buzilishlar, va sitolitik sindromga olib keladi va buning oqibati o‘laroq jigar sintetik faoliyati susayishi yuzaga keldi. Bu esa o‘z navbatida yashash sifati pasayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Burun bo‘shlig‘i havfsiz qon tomir hosilalari bilan xastalanganlarda endogen ko‘rsatkichlarni aniqlash tashxislashni takomillashtirib, polideksa dori vositasi va arpabodiyon efir moyini an’anaviy davo bilan kombinatsiyada qo‘llanilishi endotoksikozga ijobiy ta’sir qilib, hosilalar qaytalanishi va burundan qon ketishi ko‘rsatkichlarini 3.3% gacha kamayishiga olib keldi, shuningdek vaqtni tejab, samaradorlikni 87.6% ga oshirgan. Xulosa: Burun bo‘shlig‘i havfsiz qon tomir hosilalari bilan xastalanganlarda yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 78 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 34 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ne’matov O‘ktam Suyunovichning “Burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir hosilalari diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand Dvlat tibbiet universitetidan 2022 yil 9 sentyabrdagi 1416-sonli xat yuborilgan.