Xodjaeva Sevaraxon Ilxomovnaning
Falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sohadagi ekologik xavflarning oldini olish maqsadida gaz ta’minoti tizimini yangilashning ilmiy va amaliy asoslarini ishlab chiqish (Farg‘ona vodiysi misolida)”, 11.00.05 – “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2575.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Musaev Marujdjan Nabievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti” huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Radkevich Mariya Viktorovna, texnika fanlari doktori, professor; Safaev Mahamadzahid Obidjanovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot – Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy gaz tizimidan foydalanish natijasida ajralib chiqqan gazlarni atrof-muhitga etkazilayotgan zararni hisoblash usulini va zararni kamaytirish bo‘yicha texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud gaz ta’minoti sifatini pasaytiruvchi omillarni inobatga olib gaz taqsimlash punktlarini hamda gaz quvurlarni rekonstruksiya qilish usullarini takomillashtirilgan;
iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda er osti gaz quvurlarni plastik quvurlardan foydalanish asosida ko‘p mezonli yondashuv asosida rekonstruksiya qilishning maqbul usuli ishlab chiqilgan;
gaz ta’minoti tizimida atrof muhitga tashlanadigan tabiiy gaz sizib chiqishini kamaytirishda hudud gaz tizimidagi gaz taqsimlash punktlarini optimallashtirish usuli takomillashtirilgan;
plastik quvurlar yordamida yangi taklif etilayotgan gaz ta’minoti tizimida emissiya manbalari bilan avariya xavfini aniqlash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gaz quvurlari tizimini yangilash hamda atrof -muhitga ta’sirini kamaytirish bundan tashqari tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
"Hududgaz Farg‘ona" gaz ta’minoti hududiy bo‘limi tomonidan iqlim sharoitida plastik quvurlardan foydalanishning ilmiy asoslangan kompleks tartibi asosida rekonstruksiya va modernizasiya qilishning maqbul usuli joriy etilgan ("Hududgazta’minot" AJning 2022-yil 24-martdagi 03-10-82/1810-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhitga salbir ta’siri ya’ni issiqxona gazlar kamaytirilgan va ekologik qoidabuzarliklarni oldi olingan. Kompensatsiya to‘lovlari 10 baravarga kamaytirilgan.
ikki bosqichli gaz ta’minot tizimi "Hududgaz Farg‘ona" gaz ta’minoti hududiy joriy etilgan ("Hududgazta’minot" AJning 2022-yil 24-martdagi  
03-10-82/1810-son ma’lumotnomasi). Natijada, gaz ta’minoti tizimidagi gaz taqsimlash punktlaridan normativ bo‘yicha o‘rtacha 300 metr kub gaz atmosferga tashlanmasi kamaytirilgan. Ushbu texnologiya orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga erishilgan.
ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimini zamonaviy geoaxborot tizimlaridan foydalanib,"Hududgaz Farg‘ona" gaz ta’minoti hududiy bo‘limini nazorat qilish imkoni yaratilib, ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan. Ushbu ishlab chiqilgan hisoblash usuli va ma’lumotlar bazasi uchun Intellektual mulk agentligidan guvohnoma olingan (DGU 16840, DGU 16889). Natijada gaz ta’minoti tizimidagi atmosferaga tashlanmalarini, gaz ta’minoti tizimidagi uzilishlarni qisqa vaqtda hisoblab hamda bartaraf etilishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish