Muminova Nargiza Maxsudjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Marketing strategiyalari asosida tikuv-trikotaj mahsulotlariga talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish», 08.00.11 – “Marketing” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Iqt295
Ilmiy maslahatchi: Otajonov Shuxrat Ibrayimjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Soliev Axmadjon Solievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi marketing strategiyalari asosida tikuv-trikotaj mahsulotlariga talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan ilmiy, uslubiy va amaliy  takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko’ra milliy va xorijiy iqtisodchi olimlarning yondashuvlarini qiyoslash asosida «talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish tizimi» tushunchasi mazmuni mahsulot, xaridor va raqobatchilarni bilish orqali qoidalarga amal qilish va biznesni maqsadli bozorlarga samarali yo’naltirishning chora-tadbirlar majmui sifatida takomillashtirilgan;
yirik to’qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan maqsadli xalqaro bozorlarda marketing strategiyalarini qo’llashning mahsulot va bozor matrisasini o’rta va kichik korxonalar faoliyatiga muvofiqlashtirish asosida yangi bozorlarga chiqish orqali talab hajmini kengaytirish taklifi asoslangan;
milliy va xalqaro bozorlarda tikuv-trikotaj mahsulotlariga talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish marketing strategiyasining amal qilish mexanizmi innovatsiyalar asosida qo’shilgan qiymat yaratishda subektlarning o’zaro hamkorligini maxsus integratorlar faoliyati yordamida kuchaytirish orqali takomillashtirilgan;
tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini baholashning tavsiya etilgan mezonlariga ko’ra iste’mol darajasi indikatorlarining «past» (0 – 15 ball), «o’rta» (16 – 30 ball) va «yuqori» (31 – 45 ball) toifalari diapazonlarida har bir mahsulotning haqiqiy iste’mol darajasini aniqlash orqali sotishni rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
O’zbekiston to’qimachilik va tikuv-trikotaj tarmog‘iga ta’sir etuvchi omillar asosida 2030 yilga qadar mo’ljallangan ko’p omilli prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Marketing strategiyalari asosida tikuv-trikotaj mahsulotlariga talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko’ra milliy va xorijiy iqtisodchi olimlarning yondashuvlarini qiyoslash asosida mahsulot, xaridor va raqobatchilarni bilish orqali qoidalarga amal qilish va biznesni maqsadli bozorlarga samarali yo’naltirishning chora-tadbirlar majmui sifatida takomillashtirilgan «talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish tizimi» tushunchasining mazmuni oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo’ljallangan “Marketing” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-sonli buyrug‘i). Mazkur tushunchaning yangi mazmunda kiritilishi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda bo’lg‘usi mutaxassislarning talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish tizimi borasidagi bilim va ko’nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
yirik to’qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan maqsadli xalqaro bozorlarda marketing strategiyalarini qo’llashning mahsulot va bozor matrisasini o’rta va kichik korxonalar faoliyatiga muvofiqlashtirish asosida yangi bozorlarga chiqish orqali talab hajmini kengaytirish taklifi O’zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi ning 2-bandi 2.2.1.-To’qimachilik sanoatining “Istiqbolli yangi mahsulot bozorlarini segmentlash, mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish va diversifikatsiya qilish (Osiyo, Afrika va Amerikadagi mamlakatlar), mahsulotlar marketingi va reklamasini rivojlantirish, imidjli reklama va PR-tadbirlar” asosiy strategik tashabbuslarida foydalanilgan, “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iktisodiy isloxotlar qo’mitasining 2023yil 6 apreldagi 05-10/769-sonli hamda “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 15 iyundagi 04/14-1863-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to’qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining so’nggi besh oydagi eksport hajmi qariyb 640 mln. so’mni tashkil etgan, eksportyor tikuv-trikotaj korxonalari uchun maqsadli xalqaro bozorlarda mustahkam sotish segmentini egallash va uni kengaytirib borish tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq asoslangan marketing strategiyalarini ishlab chiqishga asos bo’lgan;
milliy va xalqaro bozorlarda tikuv-trikotaj mahsulotlariga talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish marketing strategiyasining amal qilish mexanizmini innovatsiyalar asosida qo’shilgan qiymat yaratishda subektlarning o’zaro hamkorligini maxsus integratorlar faoliyati yordamida kuchaytirish orqali takomillashtirish taklifi “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil                         15 iyundagi 04/14-1863-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to’qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining so’nggi besh oydagi mahsulot assortimentining 8 ta turga ko’payishi orqali sotuv hajmi qariyb 1140 mln. so’mni tashkil etgan;
tikuv-trikotaj mahsulotlari tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini baholashning tavsiya etilgan mezonlariga ko’ra iste’mol darajasi indikatorlarining «past» (0 – 15 ball), «o’rta» (16 – 30 ball) va «yuqori» (31 – 45 ball) toifalari diapazonlarida har bir mahsulotning haqiqiy iste’mol darajasini aniqlash orqali sotishni rag‘batlantirish taklifi 2021 yil 28 yanvarda 1-sonli majlisida “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan ma’qullangan va O’zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti  tomonidan  tasdiqlangan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 15 iyundagi 04/14-1863-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoqdagi to’qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining so’nggi bir oydagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini qariyb 400 mln.so’mga oshirish imkonini yaratgan;
O’zbekiston to’qimachilik va tikuv-trikotaj tarmog‘iga ta’sir etuvchi omillar asosida ishlab chiqilgan 2030 yilga qadar mo’ljallangan ko’p omilli prognoz ko’rsatkichlaridan “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-2030 yillar uchun chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 15 iyundagi 04/14-1863-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoqdagi to’qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan faoliyati asosiy parametrlarini o’zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish