Kambarov Jamoliddin Xikmatillaevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalarida riskni boshqarish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” hamda 08.00.13 – “Menejment” tutash ixtisosliklari bo‘yicha (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Iqt332.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyot sharotidia qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari faoliyatiga ta’sir qilayotgan risklarni baholash va ularni barataraf etish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra qurilish materiallar sanoati korxonalarida biznes modellarning o‘zaro o‘xshashligi hisobiga shakllangan risklarning iqtisodiy natijasini sanoat rivojlanishiga ta’siri asosida ishlab chiqarish risklarini boshqarishning biznes modeli takomillashtirilgan;
qurilish materiallar sanoati korxonalariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi risklarning ekspert baholashning reyting tizimi [834-1000 - “fojeali risk hududi”], [664-833 - “xavfli risk hududi”], [500-663 - “yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan risk hududi”], [0-499 - “yutuq hududi”] risk guruhlari vazniga ko‘ra takomillashtirilgan;
qurilish materiallar sanoati korxonalarida innovatsion echimlarga qaratilgan riskni boshqarish mexanizmi “Riskni boshqarish” bo‘limini kiritish asosida takomillashtirilgan;
qurilish materiallar sanoati korxonalarining xususiyatlari va riskning muvofiqlik darajasiga ko‘ra axborotlar aniqligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari korxona hajmi va mulkchilik shaklidan kelib chiqib risk boshqaruvini “shtabli” va “ausorsing” usullarida joriy etish takliflari asoslangan;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi Kvars AJning ko‘p omilli reytingli moliyaviy parametrlarini eksponensional modellashtirish asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. uslubiy yondashuvga ko‘ra qurilish materiallari sanoat korxonalarida biznes modellarning o‘zaro o‘xshashligi hisobiga shakllangan risklarning iqtisodiy natijasini sanoat rivojlanishiga ta’siri asosida ishlab chiqarish risklarini boshqarishning biznes modeli bo‘yicha berilgan taklifi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Sifat menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i) hamda “O‘zsanoat-qurilishmateriallari” uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2023-yil 15-iyundagi 05/15-1231-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Kvars” AJ va “Building materials production and trading group” QKlarida ishlab chiarishdagi yaroqsiz (brak va defekt) mahsulotlar hamda uzilishlarni kamayishi hisobiga material ko‘rinishidagi yo‘qotishlar 9-10 %ga kamayishiga erishilgan;
qurilish materiallar sanoati korxonalariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi risklarning ekspert baholashning reyting tizimi [834-1000 - “fojeali risk hududi”], [664-833 - “xavfli risk hududi”], [500-663 - “yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan risk hududi”], [0-499 - “yutuq hududi”] risk guruhlari vazniga ko‘ra takomillashtirish taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2023-yil 15-iyundagi 05/15-1231-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Kvars” AJ va “Building materials production and trading group” QKlariga ta’sir qilayotgan ichki va tashqi risk omillarini 15-20 %ga kamayishiga olib kelgan;
qurilish materiallar sanoati korxonalarida innovatsion echimlarga qaratilgan riskni boshqarish mexanizmi “Riskni boshqarish” bo‘limini kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2023-yil 15-iyundagi 05/15-1231-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Kvars” AJ va “Building materials production and trading group” QKlarida riskni moliyalashtirish uchun sarflanadigan xarajatlar 5,5 %ga kamayishiga erishilgan;
qurilish materiallar sanoati korxonalarining xususiyatlari va riskning muvofiqlik darajasiga ko‘ra axborotlar aniqligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari korxona hajmi va mulkchilik shaklidan kelib chiqib risk boshqaruvini “shtabli” va “ausorsing” usullarida joriy etish taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoat-qurilishmateriallari” uyushmasining 2023-yil 15-iyundagi 05/15-1231-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Kvars” AJ va “Building materials production and trading group” QKlarida rentabellik ko‘rsatkichini 1,2 %ga oshirishga erishilgan;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi “Kvars” AJning ko‘p omilli reytingli moliyaviy parametrlarini eksponensional modellashtirish asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari “Kvars” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushma-sining 2023-yil 15-iyundagi 05/15-1231-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Kvars” AJning 2023-2030-yillarda rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish hamda korxonaning istiqboldagi parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan.