Sharafova Inobat Axmedjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda yuz nervi nevropatiyasi kasalligida reabilitatsion tadbirlarni optimallashtirish», 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1424.
Ilmiy rahbar: Mavlyanova Zilola Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Phd.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Sadikova Gulchehra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Butko Dmitriy Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: RF SSV FDBO TM “Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti”.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuz nervi nevropatiyasi bilan og‘rigan bolalarda neyrofiziologik va neyrovizualizatsion buzulishlarni hisobga olgan holda reabilitatsion chora-tadbirlar va ularni prognozlashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prozoparezning og‘irlik darajasini va reabilitatsiya jarayonining dinamik ko‘rsatkichlarini aniqroq baholash uchun House-Brackmann sifat shkalasi bilan bir qatorda, yuz harakati simmetriyasini baholash uchun o‘zgartirilgan Nottingem tizimidan foydalanish, hamda elektroneyromiografik va neyrosonografik tekshirish usullari o‘tkazish zarurligi asoslangan;
yuz nervi nevropatiyasi mavjud bolalarda elektroneyromiostimulyasiya kinezioteyplash bilan birgalikda qo‘llanilganda patologik markazda dekompressiyani kuchayishi natijasida to‘qimalarda mikrotsikulyasiyani yaxshilanishi, yallig‘lanish mediatorlarini kamayishi yuzning mimik mushaklarida kontraktura va sinkineziyalarni rivojlanishini oldini olishga olib kelishi aniqlangan;
yuz nervi nevropatiyasi bilan og‘rigan bolalarga an’anaviy davolash usuliga qo‘shimcha elektroneyromiostimulyasiya va kinezioteyplashni birgalikda qo‘llash orqali reabilitatsiya chora-tadbirlari taktikasi optimallashtirilgan;
yuz nervi nevropatiyali bolalarda reabilitatsiya bosqichlarida takomillashtirilgan davolash kompleks dasturini qo‘llash natijasida o‘tkazilgan tiklanish jarayonining davomiyligini 1,5 baravarga qisqarishi aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 2 iyundagi 18-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand tibbiyot universitetidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2021 yil 11 dekabrda 3853-sonli xati yuborildi):
birinchi ilmiy yangilik: 6 balli House-Brackmann shkalasi va reabilitatsiya bosqichlarida ishlatiladigan yuz harakati simmetriyasini baholash uchun Nottingem tizimi yuz simmetriyasini sifatli va miqdoriy baholash va prozoparezning og‘irligini baholash imkonini berdi. Reabilitatsiya jarayonining bosqichlarida yuz nervi nevropatiyasining namoyon bo‘lishini dinamik baholash davomida yuz mushaklari tomonidan fiziologik holatni yo‘qotilishi (osilib turishi) va kontrakturalarning rivojlanishi ko‘rinishidagi asoratlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun zarurdir. Bolalarda yuz nervi nevropatiyasini (YuNN) tashxislash algoritmi va yuz nervi nevropatiyasi bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish usuli bo‘yicha tadqiqotlarning ilmiy natijalari Samarqand viloyat reabilitatsiya davolash shifoxonasi va Navoiy viloyat reabilitatsiya va nogironlarni protezlash markazi klinik amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 18 yil 2022 maydagi 8 raqamli/73 xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda YuNN tufayli yuz mushaklarining shikastlanishi diagnostikasini optimallashtirishning ishlab chiqilgan usuli va kontrakturalar ko‘rinishidagi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish uchun etarli reabilitatsiya dasturini tanlash klinik va nevrologik ko‘rinishlarni tenglashtirishga, kasallikning natijasini aniqlaydigan va iqtisodiy samaradorlikni oshiradigan neyrofiziologik va neyrovizual ko‘rsatkichlarni tiklashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: mushak – fassial segmentini modellashtirish uchun ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan refleks usulining samaradorligi- neyroviziul va neyrofiziologik tadqiqotlar ma’lumotlariga asoslangan, bolalarda yuz nerv nevropatiyasida yuz mushaklarining fiziologik holatini yo‘qotishining oldini olish uchun kinezioteyplashda umumiy iqtisodiy samaradorlik har bir bemor uchun yiliga 3 532 500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: YuNN bilan og‘rigan bemorlarni reabilitatsiya qilishda ishlab chiqilgan usullari uchta bemor uchun yiliga 10 597 500 so‘mgacha bo‘lgan iqtisodiy samaradorlikni hisoblash imkonini beradi, bu esa uyda kinezioteyplashdan foydalanish imkoniyati tufayli yiliga kasalxonaga yotqizish soniga ta’sir qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yo‘qotilgan funksiyalarni erta tiklash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va residivlarning oldini olish uchun neyroid shakldagi bipolyar impuls oqimini kiritish va mushak-fassial segmentini modellashtirish bilan YuNN bo‘lgan bolalar uchun keng qamrovli reabilitatsiya dasturi amalga oshirildi; neyrofiziologik va neyrofunksional tadqiqot usullaridan foydalangan holda taklif qilingan keng qamrovli diagnostika dasturi neyroid shakldagi bipolyar impuls oqimini kiritish reabilitatsiya samaradorlik imkonini beradi. Bolalarda yuz nervi nevropatiyasini (YuNN) tashxislash algoritmi va yuz nervi nevropatiyasi bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish usuli bo‘yicha tadqiqotlarning ilmiy natijalari Samarqand viloyat reabilitatsiya davolash shifoxonasi va Navoiy viloyat reabilitatsiya va nogironlarni protezlash markazi klinik amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 18 yil 2022 maydagi 8 raqamli/73 xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: olingan natijalar YuNN bo‘lgan bolalarda taqdim etilgan biomarkerlar natija va mumkin bo‘lgan asorat shakllarini prognozlash qilish uchun foydalanish imkoniyatini beradi. YuNN bilan og‘rigan bemorlarni reabilitatsiya qilishning ishlab chiqilgan usullari kasallikning kechishiga qarab klinik va nevrologik ko‘rinishlarni yaxshilashga, neyrofiziologik va neyroviziual ko‘rsatkichlarini tiklashga yordam beradi. Joriy etilgan diagnostika usullari radiatsion zo‘riqish yo‘qligi, odatda hammabopligi, katta moddiy xarajatlarni talab qilmasligi va bolalar salomatligi uchun zararsizligi, reabilitatsiya samaradorligini aniqlash uchun bir necha foydalanish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: patologik jarayonning regressiyasi va motor funksiyalarini tiklash, xavf omillarini hisobga olgan holda yuz nervi nevropatiyasi bo‘lgan bolalarda yuz mushaklarining kontrakturasi va sinkineziyasi kabi motor buzilishlarining oldini olish quyidagilarni aniqladi: kasalxonada yotish kunlarini 9,5 kundan 7 kungacha qisqartirishi, yiliga bolalarni kasalxonaga yotqizish sonini kamaytirishi; yotoq kunlari sonining kamayishi tufayli ishlatiladigan dorilar soni kamayishiga (kuniga dori-darmonlarga o‘rtacha harajatlar 78000) erishiladi. Xulosa: mazkur vaziyatda 9,5 kun (741 000 so‘m) dan 7 (546 000 so‘m) kungacha dori-darmon harajatlarini 78 000 so‘mga qisqartirilishi bilan bir kunda 195 000 so‘m iqtisodiy samara beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: kasallikning kechishi boshqarish va prognozlash ENMGkf ma’lumotlarini kiritish va neyrosonografik texnikadan foydalangan holda yuz nervini vizualizatsiya qilish bilan yuz nervi nevropatiyasi bo‘lgan bolalarda ta’sirlangan periferik yuz mushaklarini ENMG tadqiq qilish usullari dinamik kuzatish bilan reabilitatsiya jarayonini korreksiyalash imkon beradi. Bolalarda yuz nervi nevropatiyasini (YuNN) tashxislash algoritmi va yuz nervi nevropatiyasi bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish usuli bo‘yicha tadqiqotlarning ilmiy natijalari Samarqand viloyat reabilitatsiya davolash shifoxonasi va Navoiy viloyat reabilitatsiya va nogironlarni protezlash markazi klinik amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 18 yil 2022 maydagi 8 raqamli/73 xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: yuz nervi NSG va ENMG ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi va korrelyasion tahlilini ROC tahlili orqali YuNN natijalari bilan taqqoslaganda o‘rganish BSO‘ (yuzning diametri BSO‘ chiqishidagi eng qalin qismida 1,1 mm dan ortiq) nerv diametri parametrlarida me’yordan chetga chiqish gipotezasini tasdiqladi va MR javoblari bilan ENMGkf kasallikning noqulay natijasi markerlari bo‘lishi mumkin. Kasallikning ijobiy natijasi bilan nervning diametri BSO‘ ning eng qalin qismida 1,0 mm dan oshmasligi kerak, bu sohada 1,7 mm dan yuqori qalinlashuvni aniqlash kasallikning noqulay natijasini ko‘rsatishi mumkin, bu yallig‘lanish shishining rivojlanishi va keyinchalik nervda shish paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: bir bemor uchun reabilitatsiya jarayonini tashxislashning ushbu usuli quyidagicha bo‘ldi: mushak-fassial segmentini modellashtirishda qo‘llaniladigan usul kinezioteyplash kiyishni o‘z ichiga olganligi sababli umumiy reabilitatsiya xarajatlarini kamaytiradi (haftada bir marta mutaxassis reabilitologga tashrif buyuradi). Shu bilan birga, reabilitologning dastlabki maslahati 65 000 so‘mni tashkil etadi, ikkinchi konsultatsiya bepul bo‘lib, bu kasalxonaga yotqizish uchun 65 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Yiliga 3 marta kasalxonaga yotqizish bilan iqtisodiy samaradorlik yiliga 195 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: ushbu tadqiqotning joriy qilinishi davlat byudjetiga yiliga 195 000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yo‘qolgan funksiyalarni erta tiklash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish maqsadida neyroid shakldagi bipolyar impuls oqimini kiritish va mushak-fassial segmentini modellashtirish bilan YuNN bo‘lgan bolalar uchun keng qamrovli reabilitatsiya dasturi amalga oshirildi; hisoblash natijalari bizga yuz nervini NSG tadqiqotida BSO‘ va SO‘ sohasidagi nerv diametrini o‘lchash sezgirligi, shuningdek ENMGkf ma’lumotlari 85,9% va o‘ziga xoslik 77,3% ni tashkil qiladi. Olingan ma’lumotlar yuz nervi vizualizatsiyasida invaziv bo‘lmagan va qulay usul sifatida ko‘rib chiqish, bolalarda YuNN prognozi va kursini aniqlash va ENMGkoeffisientni ta’sirlangan asabning o‘tkazuvchanlik indeksining qo‘shimcha miqdoriy determinanti sifatida ko‘rib chiqish huquqini beradi. Bolalarda yuz nervi nevropatiyasini (YuNN) tashxislash algoritmi va yuz nervi nevropatiyasi bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish usuli bo‘yicha tadqiqotlarning ilmiy natijalari Samarqand viloyat reabilitatsiya davolash shifoxonasi va Navoiy viloyat reabilitatsiya va nogironlarni protezlash markazi klinik amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 18 yil 2022 maydagi 8 raqamli/73 xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: tavsiya etilgan ball gradatsiyali yuz nervlari parezlari darajasini baholash uchun EHM dastur YuNN bo‘lgan bolalarni kompleksli reabilitatsiya qilishga differensiallashgan yondashuv imkonini beradi, bu tor mutaxassisga tashrif buyurish chastotasini va diagnostika vaqtini tejaydi hamda ushbu kasallik uchun reabilitatsiya jarayonini optimallashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yotoq kunlarini 2,5 kunga qisqartirish dori vositalari miqdorini kamaytirishni nazarda tutadi, bu esa har bir marta kasalxonaga yotqizishda 195 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Yiliga 3 marta kasalxonaga yotqizish soni bilan ushbu reabilitatsiya usulining iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun yiliga 585 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: ushbu usulining joriy etilishi natijasida bir kunda kasalxonaga yotqizilgan uchta bemorni reabilitatsiya qilishdagi iqtisodiy samaradorlik 585 000 so‘mni, yiliga 3 marta kasalxonaga yotqizilgan uchta bemorda iqtisodiy samaradorlik 1 755 000 so‘mni tashkil etadi.