Azimov Zikrjon Muhammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Elementar geokimyoviy landshaft sho‘rxoklarining kimyoviy, biogeokimyoviy xossalari va ularni yaxshilash yo‘llari», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/B902.
Ilmiy rahbar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor; Uraimov Tojiddin, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Farg‘onaning elementar geokimyoviy landshaft bloklarida shakllangan tabiiy va antropogen sho‘rxoklarni tuproq-meliorativ, pedogeokimyoviy xossalari va biogeokimyoviy xususiyatlarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elementar geokimyoviy landshaftlarning tabiiy va antropogen sho‘rxoklarining morfologik belgilari, agrokimyoviy xossalaridagi, energetik holatlardagi, sho‘rtoblanish jarayonidagi hamda suvda eruvchi tuzlarning akkumulyatsiyasi va differensiyatsiyasidagi farqlar, sho‘rlanish jarayonida kuchsiz minerallashgan sizot suvlarining jadal ishtiroki natijasida tabiiy sho‘rxoklarning 0-100 sm qatlamida 358 t/ga, yangi o‘zlashtirilgan guruhida 172 t/ga, yangidan sug‘oriladigan sho‘rxoklarda 196 t/ga zararli tuzlarni ishtiroki aniqlangan;
tabiiy sho‘rxoklarda, sizot suvlarida suvda eruvchi tuzlar eritmalarini geokimyoviy oqimi saqlanganligi, akkumulyativ xarakterga ega ekanligi, lekin cho‘llanish jarayonlari davom etayotgan bir paytda tuzlarning tuproq profilidagi akkumulyatsiya jarayoni maksimal holatini 3,5-4 % holatda saqlanib qolishi va bu kattalik ular uchun bu sohada turg‘unlik darajasi ekanligi isbotlangan;
tabiiy va antropogen sho‘rxoklar profilida, o‘simliklarida siklik elementlar miqdori, sifati, konsentratsiya klarki va taqsimoti, migratsiyasi hamda akkumulyatsiyasi bilan birga pedogeokimyoviy va biogeokimyoviy barerlari, ularda pH 7,5-7,8 bo‘lishi, bu chegarada Mn, Ni, Sr va boshqalarning akkumulyatsiyasi, geokimyoviy va biogeokimyoviy spektrlari, fon miqdorlari, bug‘lanuvchi, oksidlovchi barerlarda sodaning kam miqdorda oksidlanish-qaytarilish jarayonida hosil bo‘lishi, bu jarayonni tabiiy sho‘rxoklardan antropogen sho‘rxoklar tomon susayib borishi aniqlangan;
cho‘l mintaqasining tabiiy va antropogen sho‘rxok o‘simliklari formatsiyasiga tegishli filogenetik moslashuvi tufayli ularda birinchi navbatda kationogen elementlarni ko‘proq, keyinchalik anionogen elementlarni nisbatan kamroq singdirishi va mos ravishda biologik singdirish koeffitsientlarini shakllantirish xususiyatlari hamda eng yuqori BSK oqbosh, ituzum, sho‘ra o‘simliklariga to‘g‘ri kelishi, kuchli biologik akkumulyatsiyalanuvchi Na, Sr, K, Ce, Mo larga, kuchsiz Fe, Ba, Mn, Co, Ni, As, Sb elementlariga to‘g‘ri kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekologiya va atrof muhitni toza holda saqlash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirish maqsadida, tabiiy va antropogen sho‘rxoklar, ularda o‘suvchi galofit o‘simliklarning pedogeokimyoviy xossalarining o‘zgarishi, muhofazasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy va antropogen sho‘rxoklarning morfologik belgilari, kimyoviy, biogeokimyoviy xossalari va ularni yaxshilash yo‘llari «Sho‘rlangan tuproqlar melioratsiyasi» nomli o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan hamda 60530700-tuproqshunoslik yo‘nalishi va 7053701-tuproqshunoslik mutaxassisligi talabalarining o‘quv jarayoniga joriy qilingan (Guvohnoma, № 106-610). Natijada, Markaziy Farg‘ona tuproq-iqlim sharoitida shakllangan tabiiy va antropogen sho‘rxoklarning morfologik belgilari, kimyoviy va biogeokimyoviy xossa-xususiyatlari, ekologik holatini yaxshilash, sho‘rxok tuproqlar unumdorligini oshirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Sho‘rxoklarning genezisi, sho‘rlanish ximizmi, tuproq-meliorativ monitoringgi, tuproq-o‘simlik zanjirida og‘ir metallar bilan ifloslanishi, sho‘rxoklar va sho‘rlangan tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirishda galofit o‘simliklardan foydalanish «Sho‘rlangan tuproqlar melioratsiyasi» nomli o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan va amaliyotga joriy qilingan (Guvohnoma, №106-610). Natijada, Markaziy Farg‘onaning sho‘rlangan tuproqlarining tuproq-meliorativ holatini yaxshilashda fitomelioratsiyalash, shu asosda unumdorligini oshirish, ikkilamchi sho‘rlanishni oldini olish va ulardan samarali foydalanishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.