Allayorov Ruslan Xaykal o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ va tog‘oldi landshaftlaridan foydalanish va geoekologik vaziyatni optimallashtirish», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Gr153.
Ilmiy rahbar: Alimkulov Nusratulla Raxmonkulovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Nazarov Maqsudjon Geldiyorovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori..
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ va tog‘oldi landshaftlaridan foydalanish va geoekologik vaziyatni optimallashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ va tog‘oldi landshaftlari geoekologik obekt sifatida qaralib, tog‘li hududlar landshaftlarining geoekologik vaziyatini aniqlash metodologiyasi takomillashtirilgan;
Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ va tog‘oldi landshaftlarning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar roli aniqlangan;
Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ va tog‘oldi landshaftlari va ularni dala sharoitida aniqlangan, tasniflangan va o‘rta masshtabli xaritasi yaratilgan;
Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ va tog‘oldi landshaftlariga antropogen ta’sir omillari aniqlangan, landshaftlarning geoekologik vaziyati baholangan va geoekologik xaritasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ va tog‘oldi landshaftlaridagi geoekologik vaziyatlarni aniqlash va optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tog‘ va tog‘oldi hududlar landshaftlari geoekologik vaziyatini tadqiq etish metodologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 04-02/7-1786-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ va tog‘oldi hududlarda geoekologik vaziyatni barqarorlashtirish, tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish imkonini bergan;
Janubi-g‘arbiy Hisorning tog‘ va tog‘oldi hududlarining o‘rta masshtabli landshaft xaritasidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 04-02/7-1786-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududlar landshaftlaridan foydalanishni tartibga solish va me’yorlashtirish imkonini bergan;
Janubi-g‘arbiy Hisorning tog‘ va tog‘oldi hududlarining o‘rta masshtabli geoekologik xaritasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 04-02/7-1786-son ma’lumotnomasi). Natijada, geotizimlardagi geoekologik vaziyatni yaxshilashning zamonaviy yo‘nalishlarini yanada aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ va tog‘oldi landshaftlaridagi geoekologik vaziyatni optimallashtirish chora-tadbirlarini takomillashtirish va atrof muhitni muhofaza qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 04-02/7-1786-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlari tabiatini kelajakda muhofaza qilish choralarini kuchaytirish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish va yangilarini barpo qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini takomillashtirish imkonini bergan.