Ko‘baev Akmal Sirlievichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rahbar kommunikativ faoliyatini takomillashtirish (texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari misolida), 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1909.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xojinazarov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari rahbarlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari rahbarlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirishning innovatsion ta’limga xos pedagogik shart-sharoitlari hamda didaktik imkoniyatlari pedagogikaga zamonaviy paradigmalarni tatbiq etish hamda vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari rahbarlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy-texnologik elementlari andragogik ta’lim imkoniyatlarini pedagogikaning kontent domenlariga nisbatan invariant qo‘llash hamda ta’lim menejmenti imkoniyatlarini kommunikativ faoliyat aspektida tadqiq etish asosida ishlab chiqilgan;
texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari rahbarlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirish jarayonining andozasi hamda rahbarning kommunikativ sifatlarga egalik darajasini baholovchi mezon va ko‘rsatkichlar kommunikativ faoliyatini baholashning kvalimetrik o‘lchovlarini ta’lim amaliyotiga tizimli tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari rahbarlari kommunikativ faoliyatini metodik jihatdan takomillashtirish, innovatsion ta’limga xos pedagogik shart-sharoitlar hamda rahbarning kommunikativ sifatlarini boshqaruv rakursida takomillashtirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari rahbarlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogikaga zamonaviy paradigmalarni tatbiq etish hamda vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari rahbarlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirishning innovatsion ta’limga xos pedagogik shart-sharoitlari hamda didaktik imkoniyatlariga doir taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining PZ-2017-0927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 oktyabrdagi 02-07-3585/04 – son dalolatnomasi). Natijada, texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari rahbarlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
andragogik ta’lim imkoniyatlarini pedagogikaning kontent domenlariga nisbatan invariant qo‘llash hamda ta’lim menejmenti imkoniyatlarini kommunikativ faoliyat aspektida tadqiq etish asosida ishlab chiqilgan texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari rahbarlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy-texnologik elementlariga hamda kommunikativ faoliyatini baholashning kvalimetrik o‘lchovlarini ta’lim amaliyotiga tizimli tatbiq etish asosida takomillashtirilgan texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari rahbarlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirish jarayonining andozasi hamda rahbarning kommunikativ sifatlarga egalik darajasini baholovchi mezon va ko‘rsatkichlar, texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari rahbarlari kommunikativ faoliyatini metodik jihatdan takomillashtirish, innovatsion ta’limga xos pedagogik shart-sharoitlar hamda rahbarning kommunikativ sifatlarini boshqaruv rakursida takomillashtirish bo‘yicha takliflardan Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazida amalga oshirilayotgan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida A-1-116 «Ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari pedagoglari kreativ salohiyatini rivojlantirishning metodik tizimini ishlab chiqish» mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 oktyabrdagi 02-07-3585/04 – son dalolatnomasi). Natijada, texnikum, kollejlar va kasb-hunar maktablari rahbarlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy-texnologik elementlarini asoslashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish