Matyaqubov Kamaladin Kuranbaevichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarida texnologik ta’limni tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1PhD/Ped4507.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedov Raxmatulla Sadikovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Boymetov Botir Boltaboevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Maxamatrasul Ergashov, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida texnologik ta’limni tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida texnologik ta’limni tashkil etish va boshqarishning qiymat qo‘shish, sifat, barqarorlik, masshtablilik kabi pedagogik tamoyillari innovatsion ta’lim muhiti sharoitida o‘quvchilarning nazariy va empirik, mantiqiy va intuitiv bilish ko‘nikmalarini integrativ asosda metodik jihatdan qaror toptirish orqali takomillashtirilgan;
texnologik ta’limni tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini rivojlantirishning funksional modeli zamonaviy pedagogik paradigmalarning universallik va izchillik tamoyillarini o‘quvchilarning rivojlanish vektoriga ijodiy fikrlash evolyusiyasi orqali integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan;
texnologik ta’limni o‘qitish metodikasi raqamli texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning kontent domenlarini ta’lim determenantlariga vitagen ta’lim integratsiyasini inobatga olgan holda siklli va xronologik qo‘llash hamda o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasini texnologik jihatdan aniqlash asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida texnologik ta’limning zamonaviy pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini oshirishning kreativlik mezonlarini aniqlashtirish va ta’limga dual yondashuv imkoniyatlarini tadbiq etishga doir metodik taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida texnologik ta’limni tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
innovatsion ta’lim muhiti sharoitida o‘quvchilarning nazariy va empirik, mantiqiy va intuitiv bilish ko‘nikmalarini integrativ asosda metodik jihatdan qaror toptirish orqali takomillashtirilgan umumta’lim maktablarida texnologik ta’limni tashkil etish va boshqarishning qiymat qo‘shish, sifat, barqarorlik, masshtablilik kabi pedagogik tamoyillari, texnologik ta’limni tashkil qilish va metodologik asosini takomillashtirish, o‘quvchilarda ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirishda texnologik ta’limning o‘rni va ahamiyatini asoslash bilan bog‘liq ilmiy xulosa va takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 12 martdagi №116-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni  tarbiyalashda ijtimoiy foydali mehnatning roli va ahamiyatini texnologik ta’lim fani misolida yoritilishiga xizmat qilgan;  
 zamonaviy pedagogik paradigmalarning universallik va izchillik tamoyillarini o‘quvchilarning rivojlanish vektoriga ijodiy fikrlash evolyusiyasi orqali integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan texnologik ta’limni tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini rivojlantirishning funksional modeli, umumta’lim maktablarida texnologik ta’limning zamonaviy pedagogik imkoniyatlari, o‘quvchilarning ijtimoiylashuvida texnologik ta’limning ahamiyati borasidagi taklif va tavsiyalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyiha mazmuniga singdirilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 12 martdagi №116-sonli dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda texnologik omilning imkoniyatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
raqamli texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning kontent domenlarini ta’lim determenantlariga vitagen ta’lim integratsiyasini inobatga olgan holda siklli va xronologik qo‘llash hamda o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasini texnologik jihatdan aniqlash asosida takomillashtirilgan texnologik ta’limni o‘qitish metodikasi, umumta’lim maktablarida texnologik ta’limning zamonaviy pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini oshirishning kreativlik mezonlarini aniqlashtirish va ta’limga dual yondashuv imkoniyatlarini tadbiq etishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi huzuridagi respublika ta’lim markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi huzuridagi respublika ta’lim markazi 2023 yil 22 fevraldagi 01/11-01/1-112-son raqam bilan ro‘yxatga olingan ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ijodiy tafakkur imkoniyatlarini oshirishda texnologik ta’lim va tasviriy faoliyat uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish