Abdisattarova Elmira Abdijamilovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qoraqalpog‘iston Respublikasida didaktik qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi (kimyo fani misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped1230.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: [Aleuov Userbay], pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilxamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida didaktik qarashlarning shakllanish va rivojlanish tendensiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida didaktik qarashlar shakllanishining tadrijiy bosqichlari ta’limga tizimli, integrativ, pragmatik yondashuvlarning o‘quv materiallarini tanlashda yetakchi dominantlikka ega ekanligini aniqlashtirishni ilmiy-metodologik jihatdan asoslash orqali aniqlashtirilgan;
Qoraqalpoq maktablari va oliy ta’lim tizimida kimyo fanini o‘qitishning metodologik xususiyatlari tabiiy fanlar yutuqlarini metodik tizimga transformatsiyalash jarayonlariga integratsion jihatdan bevosita va bilvosita bog‘liqligini empirik baholash orqali aniqlashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida didaktik qarashlarning shakllanishi va rivojlanishini tadqiq etish prognostik modelining amaliy komponentlari kompetensiyaviy yondashuvni tabiiy fanlarni o‘qitishning interfaol texnologiyalar bilan integrativlik darajasini kengaytirib borishga metodik jihatdan ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida didaktik qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi zamonaviy sharoitda nazariya va amaliyot birligiga erishish, virtual o‘qitish texnologiyalarini joriy etishning metodik talablarini jarayonli takomillashtirish, bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish bilan vitagen ta’limning uyg‘unligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida didaktik qarashlarning shakllanishi va rivojlanishini tadqiq etishga doir erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ta’limga tizimli, integrativ, pragmatik yondashuvlarning o‘quv materiallarini tanlashda yetakchi dominantlikka ega ekanligini aniqlashtirishni ilmiy-metodologik jihatdan asoslash orqali aniqlashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida didaktik qarashlar shakllanishining tadrijiy bosqichlari, Qoraqalpoq maktablari va oliy ta’lim tizimida kimyo fanini o‘qitishning metodologik xususiyatlarini tabiiy fanlar yutuqlarini metodik tizimga transformatsiyalash jarayonlariga bevosita va bilvosita bog‘liqligini emprik baholash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 7-, 10-sinflar uchun “Kimyo” hamda “Qoraqalpog‘iston geografiyasi” darsligini yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 21 noyabrdagi 01/11-02/02-1760-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy fanlarni o‘qitish mazmunini ilg‘or tajribalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
kompetensiyaviy yondashuvni tabiiy fanlarni o‘qitishning interfaol texnologiyalar bilan integrativlik darajasini kengaytirib borishga metodik jihatdan ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida didaktik qarashlarning shakllanishi va rivojlanishini tadqiq etish prognostik modelining amaliy komponentlariga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YoA-1-22. “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasining tabiiy fanlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 26 avgustdagi 02-03-2304/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy fanlarni o‘qitishda innovatsion didaktik g‘oyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida didaktik qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi zamonaviy sharoitda nazariya va amaliyot birligiga erishish, virtual o‘qitish texnologiyalarini joriy etishning metodik talablarini jarayonli takomillashtirish, bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish bilan vitagen ta’limning uyg‘unligini asoslashga doir ishlab chiqilgan metodik taklif va tavsiyalardan 3-,6-sinf “Tabiiy fanlar” bo‘yicha o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 21 noyabrdagi 01/11-02/02-1760-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy fanlarni o‘qitishda vitagen ta’limdan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.